~ 129 ~
Ijtimoiy tahlilda ijtimoiy-madaniy va demografik xususiyatlarni to„la
xisobga olmaslik jahon mamlakatlari va xaqaro-moliya institutlarining
tajribasida loyihalarning samarasiz bo„lishiga sabab bo„lgan. Misol uchun
Misrda Nil daryosiga qurilgan Asuan to„g„onini eslab o„tish kifoyadir.
Ijtimoiy tahlilning birinchi bosqichi loyiha yo„naltirilgan aholi guruhi,
uning miqdori va tarkibini aniqlashdan iborat.
Loyiha yo„naltirilgan aholining turmush tarzi ko„pincha uni ishlab
chiquvchi kishilarning turmush tarzidan farq qiladi. Shu tufayli
rejalashtirish jarayonlariga mahalliy aholi jalb etilmasa, loyiha mahalliy
sharoitga mos kelmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: