Investitsiya loyiha qaltisligi qanchalik yuqori bo„lsa, uning daromadli
bo„lish darajasiga talab ham shunchalik yuqori bo„ladi. Chunki katta
qaltislikni olishga faqat katta foyda sabab bo„lishi mumkin. Shuning uchun
qaltislik loyihalarni baholashda diskontlash darajasi oshiriladi, ya‟ni
~ 175 ~
haqiqiy foiz stavkasiga «qaltis uchun mukofot» ham qo„shiladi. NPV, IRR
(NPV, IRR) va boshqa ko„rsatkichlar yangi diskontlash darajasi bo„yicha
hisoblanadi va solishtiriladi. Bu esa investitsiya loyihalarini baholashda
qaltislikni ham hisobga olishga ko„maklashadi.