Makroiqtisodiyot
Investitsiya loyihalarining amal qilish muddatlaridagi farqlar
Download 462.48 Kb.
|
Makroiqtisodiyot
3. Investitsiya loyihalarining amal qilish muddatlaridagi farqlar
Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashda diskontlash stavkasini tanlashdan tashkari Loyihalarni amal qilish muddati xam ta‟sir ko„rsatadi. Masalan: transport firmasi ishlatilgan va yana uch-turt yil xizmat qilishi mumkin bo„lgan yoki 8-10 yil xizmat qiladigan yangi avtomobillarni sotib olishi mumkin. Investitsiya resurslari cheksiz qayta investitsiyalangan sharoitda Loyihalarini NPVga ko„ra tafsiflash sharoitida bunday zarurat yuzaga keladi. Buni tushunish uchun transport firmasi bo„yicha misolga qaytamiz. Ma‟lumki, firma to„rt yil xizmat qiladigan yoki to„qqiz yil xizmat qiladigan yangi avtomobillarni sotib olishi mumkin. NPVga ko„ra Loyihalarni oddiy tanlab olish maqsadga muvofiq emas. Chunki, Loyihalarning amal qilish muddati turlicha (to„rt yildan so„ng firma eski mashinalarni hisobdan chiqarib, boshqalarini sotib oladi deb ko„zda tutilgan). Buning ustiga bu muddatlar karrali emas. Shu sabab hisob-kitoblarni taqqoslashni ta‟minlash uchun bu ikki Loyihani bir xil xizmat davrga keltirib olishimiz kerak. Chunki, aynan shu muddat ~ 96 ~
investitsiyalangan aktivlar ikki Loyiha bo„yicha teng xizmat muddatini o„tab bo„ladi. Ko„rinib turibdiki, bu hisob-kitoblar uzoqqa cho„ziladi. Shu sabab, bu muammoni echish uchun soddalashtirishning qulay vositasi ekvivalentli annuitetdan foydalanish kerak. Bu usul ba‟zida NPVni yillik hisoblash deb ham aytiladi.(21-formula): EA=ANPV ANPV( inglizcha- annualized net present value) Bunday soddalashtirishda taqqoslanayotgan loyihalarda kaltislik darajasi bir xil bo„lgandagina yo‟l qoyiladi. EA ni topish usuli NPVni hisoblash hisoblash usuliga muvofiq emas. U NPVni maksimallashgan investitsiya loyihasini tanlashni osonlashtiradi xolos. Ekvivalent annuitet – darajali, ya‟ni unifikatsiya qilingan annuitet bo„lib, baholanayotgan loyiha bilan bir xil davomiylikka va bu loyihadagi NPV bilan bir xil joriy qiymatga ega. Bunday annuitetni hisoblash formulasi quyidagi ko„rinishga ega: (22-formula): EA =NPV / PVA1n,k Bu formulada PMT – EA, PVA – NPV , bilan almashtirilgan. Download 462.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling