~ 31 ~
5. Investitsiya loyihalar tahlilining mohiyati va vazifalari
Investitsiya loyihalar tahlili – xarajatlar va daromadlar hamda
Investitsiya loyihasi bilan bog„liq bo„lgan qaltislikni (tavakkalchilikni)
tizimli baholash va ochib berish asosida loyihalarni tayyorlash, baholash
va tanlab olish usulidir. Loyiha tahlilining katta qismi loyiha davrining
dastlabki bosqichida, ya‟ni uni qabul qilish yoki qilmaslik to„risida qaror
qabul qilingungacha amalga oshiriladi.
O„zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
o„zgarishlar iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalarida ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish orqali uzoq muddatli barqaror iqtisodiy
o„sishni ta‟minlash va shu asosda mamlakatimiz hududida istiqomat
qilayotgan kishilar turmush farovonligini muttasil yaxshilab borishga
qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: