Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot


Soliqlarning turlari va funksiyalari


Download 357.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana04.04.2023
Hajmi357.79 Kb.
#1326741
1   2   3
Bog'liq
5-MAVZU seminar ishlanma

Soliqlarning turlari va funksiyalari. Soliqlar majburiy to`lovni ifoda 
etuvchi pul munosabatlarini bildirib, bu munosabatlar soliq to`lovchilar (huquqiy 
va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o`z mulkiga aylantiruvchi davlat o`rtasida 
yuzaga keladi.
O`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga binoan soliqlar tizimi
umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig`imlarni o`z ichiga oladi 
(9.1-jadval). 


1-jadvalda ko`rinib turibdiki, xozirgi kunda soliqlar kodeksida 7 ta 
umumdavlat (respublika) soliqlari va 5 ta mahalliy soliqlar kiradi. Soliqlarni 
obyekti va iqtisodiy mohiyati bo`yicha guruhlanadi.
Budjet–soliq siyosatining mohiyati, usullari va budjet multiplikatorlari. 
Davlatning asosiy vazifasi - iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya'ni ishlab chiqarish 
hajmlarining o`sishini ta'minlash, aholini ish bilan ta'minlash, narxlar darajasini 
pasaytirish va ularning barqarorligi, aholi farovonligi darajasini oshirish.
Ushbu vazifalarning barchasi moliyaviy siyosat orqali amalga oshiriladi.
Davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan budjet multiplikatorlari.
Qisqa muddatli davrda budjet-soliq siyosati davlat xarajatlari, soliq va 
balanslashgan budjet multiplikatorlari samarasi ta‘siri ostida bo`ladi. 
Davlat xarajatlarining ΔG miqdorga o`sishi rejalashtirgan xarajatlarining ΔE 
miqdorda o`sishiga va umumiy xarajatlarning egri chiziq bo`yicha yuqoriga 
surilishiga olib keladi. Bu vaziyatda yalpi ishlab chiqarish hajmi (ΔY) miqdorida 
o`sadi.
Xarajatlardagi ozroq o`zgarish daromadlardagi undan ancha katta bo`lgan, 
o`zgarishni keltirib chiqaradi va ΔY/ ΔE=1/(1-b) bo`ladi (9.1-chizma). 
Soliqqa tortish hisobga olinmaganda yopiq iqtisodiyot uchun davlat xarajatlari 
multiplikatori va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmini quyidagi tenglamalar 
sistemasini yechish orqali topish mumkin: 


Bu yerda: Y=C+I+G – yopiq iqtisodiyot uchun asosiy makroiqtisodiy ayniyat; 
Tenlamalar sistemasini Y uchun yechib quyidagi natijani olamiz: 
Bu yerda: 1 / (1-b(1-t) – yopiq iqtisodiyotda xarajatlar multiplikatori; t – 
chegaraviy soliq stavkasi.
t =ΔY/ΔT
Bu yerda: ΔT – to`lanadigan soliqlar miqdorining o`sishi; ΔY – 
daromadlarning o`sishi.
Progressiv soliq tizimi multiplikator samarasini yumshatadi va ishlab 
chiqarish hamda bandlilik darajalarini barqarorlashtiradi.
Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikator va muvozanatli ishlab 
chiqarish hajmi quyidagi tenglamalar sistemasini yechib topiladi: 
Agarda (2) va (3) tenglamalarni asosiy makroiqtisodiy ayniyatga qo`yib, 
yechsak quyidagi yechimga ega bo`lamiz: 
Bu yerda: 1/ 1(1-b(1-t)+m‘) ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlar 
multiplikatori. 
Muvozanatli daromadlar darajasiga soliqlarni kamaytinish ham multiplikativ 
ta‘sir ko`rsatadi. Soliqlar miqdorini ΔT ga kamaytirsak, tasarrufdagi daromad 
darajasi ΔT ga oshadi. Iste‘mol xarajatlari mos tarzda ΔTx b (bu yerda b-


iste‘molga chegaraviy moyillik) miqdorga oshadi va u rejalashtirilgan xarajatlar 
egri chizig`ini yuqoriga siljitadi, milliy ishlab chiqarish hajmini esa ΔU ga 
oshiradi. 
Soliq multiplikasiya samarasi davlat xarajatlari singari soliqlarning bir marta 
o`zgarishi oqibatida iste‘molning bir necha bor o`zgarishiga boqliq. 

Download 357.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling