«Labirintdan chiqish, yo’lini top» metodikasi.
Ushbu topshiriqda bolalarga rasm ko’rsatilib, topshiriqda labirintning
tasvirlanganligi, unda strelka bilan labirintga kirish nuqtasi va chiqish joylari
ko’rsatilganligi tushuntirib o’tiladi. Bunda bola uchli tayoqchani olib, rasm ichidan
yurgizib, labirintdan imkoni boricha tez chiqib ketishi hamda tayoqchani imkoni
boricha aniq yurgizib, labirint devoriga tegib ketmasligi kerak.
Natijalarni baholash.
10 ball -topshiriq bola tomonidan 45 soniyadan kam vaqt mobaynida
bajarilsa, ammo bola tayoqcha bilan labirint devoriga biror marta ham tegib
ketmasa;
8 -9 ball -topshiriq bola tomonidan 45 soniyadan 60 soniyagacha vaqt
mobaynida bajarilsa, o’tish jarayonida 1—2 marta labirint devoriga tegib ketsa;
6 -7 ball-topshiriq 60 soniyadan 80 soniyagacha vaqt mobaynida bajarilsa va
labirintdan o’tish jarayonida 3 -4 marta labirint devoriga tegib ketsa;
4 -5 ball-topshiriq 80 soniyadan 100 soniyagacha bajarilsa, bola labirintdan
o’tish jarayonida, labirint devoriga 5 -6 marta tegib ketsa;
2 -3 ball togshgariq 100 soniyadan 120 soniyagacha bajarilsa, bola
labirintdan o’tish jarayonida, labirint devoriga 7 -9 marta tegib ketsa;
0—1 ball-topshiriqni bajarishda 120 soniyadan ko’p vaqt sarflasa yoki
umuman bajara olmasa;
66
Taraqqiyot haqidagi xulosa:
10 ball -juda yuqori
8 -9 ball -yuqori
4 -7 ball -o’rtacha
2 -3 ball -past
67
0—1 ball -juda past
Do'stlaringiz bilan baham: |