SHaxs xususiyatlarini aniqlash metodikasi:
1. a) yolg’on gapirishingiz mumkinmi?
b) o’z nuqsonlaringizga ko’nikasizmi?
s) fikringizni oson o’zgartirasizmi?
2. a) sizni maqtaganlarni yoqtirasizmi?
b) o’zingizdan ko’nglingiz to’qmi?
s) boshqalarning kamchiligi to’g’risida tez-tez gapirib turasizmi?
3. a) boshlagan ishingizni oxiriga yetkazasizmi?
b) maqsadga erishishda kat’iyatlimisiz?
s) ishda jonbozlik ko’rsatasizmi?
4. a) o’zingiz haqingizda gapirishni yoqtirasizmi?
b) notanish davrada o’zingizni erkin his qilasizmi?
s) odamlarga ishonchingiz bormi?
Javoblar quyidagicha belgilanadi:
a
b
s
1.
2.
3.
4.
Savollarga “ha” yoki “yo’q” deb javob beriladi. Agar ijobiy javob ko’p bo’lsa, 1
ball, salbiy javob ko’p bo’lsa 0 ball beriladi.
Natijasi:
1111 - serharakat, muloqotga kirishuvchan, o’zini yaxshi ko’radigan,
o’zgaruvchan.
1000 - e’tiqodsiz, ko’ngli ochiq emas, sust.
1001 - dangasa, odamovi, yengiltak, o’ziga bino qo’ygan.
1011 - kamgap, faol, e’tiqodi kuchli.
91
0111 - ishchan, tez kirishadigan, ammo dimog’dor.
0110 - rostgo’y, qat’iyatli, mexribon.
0100 - tarbiyali, ayyor emas, faol emas.
0000 - indamas, maqsadga erishmaydi.
1010 - faollikka moyil, kamsuqum, tortinchoq.
1110 - mehnatkash, ayyor emas, bellashuvda boshqalarga o’rnini oson berib
qo’yadi.
1100 - to’g’ri so’z, kamsuqum, haqqoniy.
0001 - rostgo’y, ammo indamas.
0011 - ayyor, yolg’onchi, irodali, tolmas.
0101 - kirishuvchan, ochiq ko’ngil.
1101 - yengil tabiat, sodda, dangasa, o’zini yaxshi ko’radigan.
0010 - qat’iyatli, mehnatkash, indamas.
Do'stlaringiz bilan baham: |