Maktab hujjatlarini o‘rganish va tahlil qilish reja
Download 54 Kb.
|
1 2
Bog'liqMAKTAB HUJJATLARINI O‘RGANISH VA TAHLIL QILISH
MAKTAB HUJJATLARINI O‘RGANISH VA TAHLIL QILISH REJA: Maktab hujjatlarini o‘rganish va tahlil qilish Maktab hujjatlarini rejalashtirish Maktab hujjatlarini yuritish holati. Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi. Maktab hujjatlarini tahlil qilishda o`quvchilarning umumiy miqdori, uning o`sish yoki kamayish sabablari, tavsifi, o`quvchilarning fanlar bo`yicha o`zlashtirish darajasiga, sinfdan qolishning oldini olish, rag`batlantirish va jazolash choralari turlariga, maktabning moddiy bazasiga e`tabor beriladi. Bu tadbir hisobotlarni ko`zdan kechirish to`g`ri yoki noto`g`riligini aniqlash, o`quvchilarning faolliklarini o`sishi bilan taqqoslash, ilg`or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi, joriy etilishini va nihoyat o`quvchi tarbiyachilarning ilmiy pedagogik faoliyatlarni tekshirish, tegishli chora-tadbirlar belgilash maqsadida o`tkazildi. Butun maktab hayotini samarali, oqilona tashkil etish maktabning har bir rahbari va o’qituvchilari tomonidan o’z burchlarining sifatli bajarilishi;o’quv-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati kelajakda qilinadigan ishlarning aniq-ravshanligiga, vazifalarning to’g’ri taqsimlanganligiga va ishni mohirlik bilan olib borilishiga bog’liq.Bunga esa puxta o’ylab tuzilgan ish rejalarini amalgam oshirish orqali erishish mumkin. Maktablarda ishlarni rejalashtirishning quyidagi tizimi tarkib topgan, ular: maktab rivojlanishining istiqbol (besh yillik) rejasi; maktab o’quv-tarbiya ishining yillik ish rejasi; chorak uchun tuzilgan tashkiliy, metodik va sinfdan tashqari ishlarning kundalik taqvim-mavzui sh rejasi;maktab direktori va muovinlarining haftalik va kundalik ish rejalari; boshlang’ich sinf va fan o’qituvchilarining taqvim-mavzu ish rejalari;o’qituvchilarning har bir dars uchun tuzilgan reja va ishlanmalari; sinf rahbarlarining tarbiyaviy ish rejalari;fan metod birlashmalarining ish rejalari;fan to’garaklari va KUG tarbiyachilariva maktab yetakchisining ish rejalari; maktab kutubxonasi, o’quv xonalari mudirlari ish rejasi; kasaba qo’mitasi, o’z-o’zini boshqarish organlari; maktab ota-onalar qo’mitasi` ish rejalari mavjud. Ta’limni takomillashtirish va samarali bo’lishida, o’quvchilar bilimlari, ko’nikma va malakalari sifatini oshirishda, ishni reja asosida tizimli tashkil etishda belgilangan ishlarni nazorat qilish katta rol o’ynaydi. Maktab ichki nazorati maktab rahbarlari o’qituvchilari, o’quvchilarini ham tartibga soladi. Nazorat ayni bir vaqtda maktab rahbarlari uchun axborot manbai hisoblanadi. Umumiy ta’lim maktabi rivojlanishining hozirgi bosqichida unga rahbarlik qilish darajasi va sifati ko’p jihatdan ishlarning ahvoli haqida, har bir o’qituvchi va sinf rahbarlarining faoliyati haqida, o’quvchilar bilimlarining sifati va tarbiyalanganlik darajasi haqida maktab rahbari qanchalik ob’yektiv, ishonchli, har tomonlama va o’z vaqtida berilgan axborotga ega bo’lishiga bog’liqdir. Nazorat ishning sifati va samaradorligini oshirish omili bo’lishi kerak. Maktab ichki nazorati bo’yicha ishlangan rejani bir chorakka, yarim yillik va bir o’quv yiliga mo’ljallab tuzish mumkin. Lekin rejani bir o’quv yiliga mo’ljallab tuzish maqsadga muvofiqdir. Maktab rahbarlari tomonidan amalga oshiriladigan maktab ichki nazoratining rejasi quyidagi masalalarni o’z ichiga olishi mumkin: Maktabning hamma ko’rsatkichlari bo’yicha rejaning bajarilishi. O’quv tarbiya ishlarining ahvoli . Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan tarbbiyaviy ishlar. Maktabdagi jamoatchilik hamda otalik tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar. Maktabda pedagog xodimlar bilan ishlash massalasi. Maktab hujjatlarini yuritish holati. Maktab o’quvchi yoshlar tashkilotining ishlari. Maktabning moliya xo’jalik ishlari. Maktab, oila va jamoatchilik xamkorligi. Sinf rahbarlarining ishlari va hokazolar masalasi. Bir o’quv yiuliga mo’ljallab tuzilgan maktab ichki nazoratining mavzu rejasini o’quv yilidagi pedagoglarining birinchi yig’ilishidagi tasdiqlash va uni maktab o’qituvchilar jamoasiga ma’lum qilish maqsadga muvofiqdir. Lekin nazorat qilishda ma’lum tizim va aniq, rejaning bo’lmasligi, maqsadning noaniqligi, hujjatlarni tartibga solishga va ma’lum bir fikrga kelish uchun tegishli materiallar to’plashga e’tibor bermaslik, nazorat ishlariga yetarlicha faol jalb etmaslik ayrim maktab rahbarlarining o’qituvchilar jamoasi tavsiyasini yaxshi bila olmasligiga sabab bo’ladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, maktab ichki nazoratinin shakl va usullari turlichadir. Buni qay darajada, qanday qilib amalgam oshirish maktab rahbarlarining ilmiy-metodik, pedagogic tavsiyalariga hamda mazkur masalaga nisbatan qunt bilan izlanishlariga bog’liqdir. Maktab ichki nazoratini o’rganiladigan masalaga qarab, asosan iki guruhga bo’lish mumkin: a) maktab ishlarini tematik nazorat qilish; b) maktab ishlarini kompleks (frontal) nazorat qilish. Mavzu bo`yicha nazorat qilish, quyidagi masalalarni o’z ichiga olishi mumkin: Maktabda gumanitar fanlar bo’yicha davlat o’quv dasrutining bajarilish ahvoli. Fan asoslarini o’qitish jarayonida o’quvchilarning qobiliyatlarini o’stirish. Maktabda fizika darslarida ta’limni tarbiyaga bog’lash tajribasidan amaliy foydalanish. Ona tili, adabiyot fanlari o’qitishda o’quvchilarning nutq madaniyatini o’stirish. Tarix, geografiya darslarida amaliy ishlarni qo’yilish xolati. Tabiatshunoslik fanlarini o’qitishda o’quvchilarni ilmiy dunyoqarash ruxida tarbiyalash kabilar. Bundan tashqari, har xil mutaxassislikdagi ikki-uch o’qituvchining ishini o’rganish, sinf rahbari, tarix-geografiya, til-adabiyot o’qituvchilatining metod-birlashma ishlarini o’rganish mavzu bo’yicha tekshirishga kiradi. Maktab ishlarini kompleks usulda tekshirish, nazorat qilish, ta’lim-tarbiya va xo’jalik ishlarini keng qamrab olgan holda pedagogic masalalarni o’rganishni maqsad qilib qo’yadi. Masalan: 1.Maktab faoliyatida aniq,fanlarni o’qitish holati va uni yanada yaxshilash choralari. 2. Maktabda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni ishlarning amalgam oshirilishi holati va uni yanada takomillashtirish, yaxshilash choralari. 3.Maktabda faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilar malakasini oshirishning holati va uning samaradorligi.Bunday masalalarni tekshirish yakunini maktab pedagoglar kengashida yoki ochiq majlisda muhokama qilish maqsadga muvofiqdir. Ichki nazorat tizimida imtihonlar davri maktab hayotida mas’uliyatli davrlardan biridir. Imtihonlarni o’tkazish natijasida o’quvchilarning bilim,ko’nikma,malakalariga umumiy baho berish mumkin. Ta’lim-tarbiya ishining samaradorligi tuzilgan reja asosida tizimli ishni yo’lga qo’yishga bog’liq.maktab ish rejasini amalga oshirishda quyidagilar muhim ahamiyat kasb etadi: -boshqarish va rahbarlik ishini mohirlik bilan tashkil etish; -kadrlar o’rtasida ish taqsimotining to’g’ri tashkil etilganligi; -maktab ish rejalari bajarilishi yuzasidan uzluksiz nazorat-ning yo’lga qo’yilganligi; - o’qituvchi-xodimlarning samarali mehnati, o’quvchilarning faol ishtiroki maktab direktori tomonidan rag’batlantirilishi. Maktab pedagogik jamoasining o’quv-tarbiya ishlarini uyishtirishdagi roli. Maktabning pedagogik kengashi maktab direktori huzuridagi maslahat kengashi bo’lib, uning qarorlari o’qituvchilar jamoasining yagona va umumiy fikrini aks ettiradi. Shuning uchun uning ta’sir kuchi katta. Pedagogik kengash qabul qilgan ayrim qarorlar maktab uchun ham, direktor uchun ham majburiy hisoblanadi. Chunonchi, o’quvchilarni sinfdan – sinfga ko’chirish masalasi, shuningdek, maktab hayotida ro’y berayotgan muhim vazifalar pedagogic kengasahda respublikamizning maktab haqida qabul qilingan qarorlari va ko’rsatmalarini amalga oshirishga doir tadbirlarni belgilash, maktab ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilash, ilg’or o’qituvchi va tarbiyachilarning ish tajribalarini o’rganish va ommalashtirish ota-onalar jamoatchiligi bilan aloqani mustahkamlash va boshqa masalalar ko’riladi. Pedagogik kengashda muhokama qilinadigan ayrim masalalar yildan-yilga takrorlanaveradi, chunonchi, bir yillik ish rejasini muhokama qilish va tasdiqlash, chorak va yarim natijalarni muhokama qilish, imtihonlarga tayyorgarlik, tozgi ta’tilni o’tkazish va boshqalar. Pedagogik kengashda qo’yiladigan masalalarni tanlash juda muhimdir. Ko’pgina maktablarda kengashda muhokama qilinadigan masala oldindan o’rganib chiqilai. Kengash har qaysi madsala bo’ticha tegishli qaror qabul qilib, ma’lum shaxslar va bajarilish muddatlarini belgilaydi. Pedagogik kengahning qarorlari maktabning ish tajribasiga, rahbar tashkilotlarining ko’rsatmalariga va pedagogika fanining yutuqlariga asoslangan bo’lishi kerak. Pedagogik kengashning qarorlari maxsus daftarga yozib boriladi, rasmiylashtiriladi, bajaril;ishi kuzatiladi va nazorat qilinadi, natijasi navbatdagi yig’ilishda kengash a’zolariga bayon qilinadi. Qarorlar daftari maktabning muhim hujjati bo’lganligi uchun uni yuritishga alohida e’tibor beriladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining metod birlashmasi va uning ish mazmuni. Yosh avlodni tarbiyalash o’qituvchidan chuqur bilim, doimo izlanish va fikr yuritishni talab etadi, shuning uchun maktabda metodik ishni yo’lga qo’yish katta ahamiyatga ega. Maxsus masalalarni chuqur muhokama qilish, doimiy ravishda ularning ish faoliyatini takomillasshtirish va malakalarini oshirish, o’z ustida ijodiy ishlash jarayonini yo’lga qo’yish uchun fan o’qiyuvchilarining, shuningdek, boshlang’ich sinf o’qiyuvchilarining metod birlashmalari tuziladi. Boshlang’ich sinf o’qiyuvchilarining metod birlashmalari zarurat bo’lgan vaqtda, dasturlarni, yozma ish materiallarini, ayrim mavzular bilan bo’lgan aniq bo’lgan masalalarni muhokama qilish, ayrim o’qituvchilarni ish tajribalari bilan tanishish va ommalashtirish uchun to’planadi. Ta’lim sohasida qo’llanilayotgan yangiliklar, hukumat qarorlari o’rganiladi. Har bir metod birlashma o’z sohasi bo’yicha o’quvchilarning bilimlarini oshirishga, ta’lim sifatini samaradorligiga erishishga harakat qiladi. Bu borada turli chora-tadbirlar belgilanadi. Masalan: ona tili fani bo’yicha o’quvchilarning savodxonligini aniqlash, fan olimpiadalarni tashkil qilish, ulgurmovchi o’quvcilar bilan ishlash, ota-onalarga pedagogic-psixologik maslahat, tavsiyalar berish va boshqalar, ochiq darslar va sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish. Yosh, ishni endigina tashkil boshlayotgan o’qituvchiga yordam ko’rsatish muhimdir, chunki yosh mutaxassismaxsus bilimga ega bo’lganiga qaramay, kundalik hayot, amaliyot dastlabki kunlardanoq uning oldiga hal etilishi lozim bo’lgan turli masalarniqo’yadi. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etish maqsadida ko’pgina metod birlashmasi qoshida “Ustoz - shogird” munosabatlari o’rnatilgan. Tajribali o’qituvchiga yosh mutaxassis biriktirilib qo’yiladi, shu yo’l bilan unga ilmiy-metodik yordam ko’rsatiladi. Yosh mutaxassislar malakali o’qituvchilarning darslarida qatnashib, ularni tahlil qiladilar, ish usullarini o’zlashtirib oladilar. Download 54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling