O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish
bosh ilmiy - metodik markazi
“Maktab hujjatlarini tadqiq qilish metodikasi”
moduli bo’yicha o’quv-uslubiy majmui tahlili
Mazkur o’quv-uslubiy majmua Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 – yil 6- aprelidagi 137-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan o’quv reja va dastur asosida tayyorlangan.
Tuzuvchilar: TDPU huzuridagi PKQT va MO tarmoq markazi,, p.f.d., prof. N.A. Muslimov, p.f.n. M.Usmonboyeva, p.f.n. M.Mirsoliyeva
Taqrizchilar: p.f.d., prof. O’.Q.Tolipov, p.f.n., dots. D.Fayzullayeva
Modul o’z ichiga quyidagilarni olgan:
Ishchi dastur
Modulni o’qitishda foydalaniladigan intrefaol ta’lim metodlari
Nazariy materiallar
Amaliy mashg’ulot materiallari
Mustaqil ta’lim mavzulari
Glossariy
Adabiyotlar ro’yxati
“Maktab hujjatlarini tadqiq qilish metodikasi” modulining maqsadi: kelajakdagi boshlang'ich sinf o'qituvchisini maktab hujjatlarini tuzish va joriy etishga tayyorlashdir.
O’quvchilarning shaxsiy delolari, metodistlarninng xabarlari, sinf jurnallari, kundaliklari, yig’ilishi va majlislar bayonnomalari tadqiqoti uchun olib borilayotgan ta‘lim-tarbiya ahvoli, darajasi haqida ob‘ektiv axborot manbai hisoblanadi. Maktab hujjatlarini tekshirish orqali o’qituvchilar va o’quvchilar jamoasi, ularning pedagogik faoliyati haqida aniq ma‘lumotlar olinadi.
“Maktab hujjatlarini tadqiq qilish metodikasi” modulining vazifalari:
-talabalarning rivojlanishini rag'batlantirish;
- maktab hujjatlari haqidagi nazariy bilimlarni chuqurlashtirish;
- muayyan pedagogik vaziyatni tahlil qilish, uning rivojlanishini taxmin qilish, dars yozuvlarini ishlab chiqish ko'nikmalarini takomillashtirish;
- talabalar tomonidan yangi axborot texnologiyalarini o'zlashtirish;
- pedagogik ishni rejalashtirish va uning samaradorligini baholash ko'nikmalarini shakllantirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |