Maktab jamoalari uchun tuzilgan mantiqiy “Zakovat” savollari
Download 15.91 Kb.
|
Zakovat 1-tur savollari
Maktab jamoalari uchun tuzilgan mantiqiy “Zakovat” savollari. 10.03.2022. 1. Ulug‘ Vatan urushi yillarida okop va yerto‘lalarda bu hayvonlar boqilgan. Chunki bu hayvonlar askarlarni jiddiy xavfdan saqlagan. O’sha okoplarda qaysi hayvonlar boqilgan? Javob: Mushuklar. Izoh: Harobaga aylangan dalalarda yemish topa olmagan kemiruvchilar jangchilar yaqiniga joylashib olardi. Ular tulyaremiya degan juda ham xavfli, og‘ir yuqumli kasalliklarni tarqatardilar. 2. Tabiblar uni qanday ichish kerakligini yozishgan: «Bu ajoyib ichimlikni osoyishta ich, shundagina sen tanangga ozor beruvchi tashvishlarni yenga oladigan darajada o‘zingni tetik his etasan». Bu qaysi ichimlik? Javob: Choy. 3. U qadimgi Rimda ixtiro qilingan. Arxeologik materiallarga qaraganda, dastlab paypoq yoki boshmoq shaklida qamishdan to‘qib tayyorlangan, keyinchalik ilmoqli temir plastinkachalarni arqon yoki qayish bilan bog‘lab qo‘yilgan. U nima? Javob: Taqa. 4. O’tmishda Yevropaning ayrim mamlakatlarida chopar orqali yetkazilgan xat-xabar shunday atalgan, hozirgi kunda esa bu so‘z bilan bir sport musobaqasi ataladi. Bu qaysi so‘z? Javob: Estafeta. 5. Bozorda ko’rmaysiz, ko’rsangiz ham olmaysiz, olsangiz ham kiymaysiz, kiysangiz ham ko’rmaysiz. U nima – ? Javob: Kafan 6. U narsani biz deyarli har kuni ko‘ramiz. U haqidagi birinchi ma’lumotlar 1254 yilda ma’lum bo‘la boshladi. Lekin uning ilk ko‘rinishlari metalli bo‘lib, u bronzaga sayqal berish yo‘li bilan tayyorlangan. U nima? Javob: Ko‘zgu. 7. Latifa. Er turistik sayoxatdan uyga kelib xotiniga rasmlarni ko‘rsatibdi. “Bu Venetsiya, bu Neapol, bu Rim”. Xotini rasmlar ichidan birini olib: “Juda yaxshi mast bo‘lgan ekansan” – deb rasmni ko‘rsatibdi. Savol rasmda nima tushirilgan edi. Javob: Piza minorasi. 8. Amerikalik olimlar aholining televizor ko’rish jarayonini tadqiqi qilish vaqtida qiziq bir bog’liqlikni aniqlashdi. Reklama qo’yilishi vaqtida shahar kommunal xizmatining birida yuklanish keskin oshib ketadi. Bu qaysi kommunal xizmat? Javob: Kanalizatsiya. 9. Hindistonda sigirni muqaddas jonzot deb ehtirom ko’rsatishadi. Ular masofani o’lchashda ham sigirdan foydalanishar ekan. Savol: hindlar masofani o’lchashda sigirdan qanday qilib foydalanishi mumkin? Javob: Hindlar uchun Sigirni ovozi yetadigan joy 1 “Mu” ga teng ekan. 10. Geografiya fanidan savol: Uganda, Ekvador, Kolumbiya, Indoneziya, Somali, Kenya, Braziliya, Kongo. Bu davlatlarni bir narsa birlashtirib turadi. U nima? Javob: Bu mamlakatlar ekvatorda joylashgan. 11. Bu mutaxassislikdagi vrachlarga olimlar ish vaqtida maxsus tovush kamaytiruvchi vositalardan foydalanishni maslahat qilishar ekan. Bu vrachlar nimani davolashadi? Javob: Tishlarni. 12. Savolga javob toping: Nega AQSHda yolg’onchi odamlar haqida U xuddi uch dollarlik banknota kabi qalbaki deb aytishadi? Javob: Chunki bunday banknotaning o’zi mavjud emas. 13. Nimani qadimda loyli kumush deb nomlashgan? Yordam uchun u bir joyda 13-tartib raqamida keladi. Javob: Alyuminiy. Izoh: U joy - Mendeleyev davriy jadvali. 14. Koʻplab vrachlarning hisoblashicha, bu hech qanaqasiga yomon odat emas. Bu ishbilarmon-amerikalik insonlarning koʻp vaqtini tik oyoqda oʻtkazishi va bu harakat ularning hordiq chiqarishi uchun kerak ekanligi bilan izohlanadi. Bu qanday harakat? Javob: Oyoqlarni stol ustiga qoʻyish. 15. U odatda kvadrat holatda boʻladi, biroq biz uni aylana deb nomlaymiz. Uni toping? Javob: Ring (boksdagi, ring - inglizcha - aylana, halqa). 16. Bir adabiy asarda Undan nafaqat boʻtqa qilishadi, balki Undan harakatlanish vositasi sifatida ham foydalaniladi. U nima? Javob: Qovoq. Izoh: Asar - "Zolushka". 17. AQSH shaharlaridan biridagi bitta binoga kirish oldidan tashrif buyuruvchilarga reklama maqsadida 1 mln dollar pulni ushlab turish uchun berishadi. Bu qanday bino? Javob: Kazino (qimorxona) 18. Fransuz yozuvchisi Aleksandr Dyuma-oʻgʻil nimani yaxshi xizmatkor va yomon xoʻjayin deb atagan? Javob: Pul. 19. Afrikadagi bu davlat poytaxti nomini tarjima qilsak, tarjimada "uch shahar" degan maʼno kelib chiqadi. Bu qaysi davlat poytaxti? Javob: Liviya (Tripoli). 20. 1905-yilda ishlab chiqarilgan "Rolls-Roys" avtomobilining yangi markasi tashqi koʻrinishi va bir xususiyati tufayli "Kumush arvoh" degan laqab bilan atalgan. Qanday xususiyat tufayli unga shunday laqab berilgan deb oʻylaysiz? Javob: U tovushsiz harakatlangan. 21. Finlyandiya, Nоrvegiya, Shvetsiyada yangi yil kuni uni sоvg’a qilishsa bilingki, sizga baxt va iliqlik istashayоtgan bõladi. Yunоnistоn va Ispaniyada u havf-xatar belgisi bõlgan. Haqiqatdan ham undan katta xavf bõlishi mumkin. Savоl u nima? Javob: Gugurt. 22. Amir Temur jang payti ularning o’rni beqiyos, 100 ta mohir jangchi ham ularning o’rnini bosa olmaydi deb aytganlar. Savol: Sohibqiron kimga ta’rif berganlar? Javob: Tabiblarga 23. Dehqonlar ekinlarni biroz kechroq ekishganda ustiga qora ko’mir sepib qo’yishar ekan. Savol: nega qora ko’mir sepishlari kerak? Javob: Qora yer quyosh nurini ko’proq oladi, ekinlar yetib olishi uchun shunday qilishadi. 24. Eng xotirasi past bo’lgan kulrang olmaxonlar o’rmondagi daraxtlar ko’payishiga xissa qo’shar ekan. Savol: Ular qanday qilib daraxtlar ko’payishiga yordam beradi? Javob: Ular daraxt mevalarini yer tagiga ko’mib qo’yishadi va qayerga ko’mganliklarini eslay olishmaydi. Mevalar urug’lab ulardan nihollar o’sib chiqa boshlaydi. Savollar muallifi: Behzod Jumanov Download 15.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling