Maktab kutubxonasiga chorshanba kuni 23 nafar, payshanba
Download 34.63 Kb.
|
MASALA
N1 Birinchi qopda 86 kg kartoshka bor. Ikkinchi qopda esa birinchi qopga qaraganda 7 kg ko‘p. Ikkinchi qopda necha kilogramm kartoshka bor? № 2 Birinchi to‘plamda 30 ta varaq bor. Ikkinchi to‘plamda bi-rinchi to‘plamga qaraganda 70 ta ortiq varaq bor. Ikkinchi to‘plamda necha varaq qog‘oz bor? № 3 Rassomning 100 so‘m puli bor edi. U 60 so‘mga qalamlar va qolgan pulga qog‘oz sotib oldi. Rassom qog‘ozga necha pul sarfladi? № 4 Maktab kutubxonasiga chorshanba kuni 23 nafar, payshanba kuni esa 20 nafar o‘quvchi kirdi. Ikki kun davomida kutubxonaga necha nafar o‘quvchi kirdi? № 5 Sport musobaqasida 38 nafar o‘quvchi qatnashdi. Ularning 20 nafari yugurish, qolganlari shaxmat bo‘yicha musobaqalashdi. Necha nafar o‘quvchi shaxmat bo‘yicha musobaqada qatnashdi? № 6 O‘quvchilar avtobuslarda sayohatga yo‘lga chiqishdi. Birinchi avtobusga 24 nafar o‘quvchi, ikkinchi avtobusga esa birinchisiga qaraganda 11 nafar ko‘p o‘quvchi chiqdi. Ikkala avtobusga jami necha nafar o‘quvchi chiqdi? № 7 2-“A” sinf o‘quvchilari bo-lalar bog‘chasidagi bolalar uchun 36 ta sovg‘a, 2-“B” sinf o‘quvchilari esa 41 ta sovg‘a tayyorlashdi. Ikkala sinf jami nechta sovg‘a tayyorlashgan? № 8 O‘quvchilar maktab bog‘idan 47 kg olma va 32 kg anor terishdi. Jami necha kilogramm meva terilgan? № 9 Poyezdning birinchi vagonida 23 nafar, ikkinchi vagonida birinchisiga qaraganda 13 nafar ko‘p yo‘lovchi bor. Ikkala vagonda jami necha nafar yo‘lovchi bor? № 10 Sport majmuasida jami 60 ta voleybol koptogi va 36 ta basketbol koptogi bor. Basketbol koptogi voleybol koptogidan nechta kam? № 11 Boqqa 40 ta olma va undan 15 ta kam olcha ko‘chatlari ekildi. Boqqa nechta olcha ko‘chati ekilgan? № 12 Bolalar bog‘chasining katta guruhida jami 26 nafar bola, kichik guruhda esa 19 nafar bola tarbiyalanadi. Katta guruhdagi bolalar soni kichik guruhdagiga qaraganda nechta ko‘p? № 13 Malika bir soatda 44 ta misol, Madina esa undan 27 ta kam misol yecha oladi. Madina bir soatda nechta misol yecha oladi? № 14 Bobo nabiralari uchun do‘kondan jami 35 ta pufak sotib oldi.Pufaklarning 15 tasi qizil rangda, qolganlari ko‘k rangda. Bobo nechta ko‘k pufak sotib olgan? № 15 Bilol “Lego” to‘plamidan 36 dona detal ishlatib uycha va mashinachalar uchun garaj yasadi. Bilol uychani 20 ta detaldan yasagan bo‘lsa, garaj uchun nechta detal ishlatgan? № 16 Tipratikan faol holatida daqiqasiga 51 marta, tinch holatida esa faol holatiga qaraganda 12 marta kam nafas oladi. Tipratikan tinch holatida necha marta nafas oladi? № 17 Bir avtobus o‘z yo‘nalishi bo‘yicha 25 ta bekatda to‘xtab o‘tadi. Ikkinchi avtobus esa undan 10 ta kam bekatda to‘xtab o‘tadi. Ikkinchi avtobus jami nechta bekatda to‘xtab o‘tadi? № 18 Dinora birinchi kuni 43 ta ro‘mol, ikkinchi kuni birinchi kundan 13 ta kam ro‘mol tikdi. Dinora ikkinchi kuni nechta ro‘mol tikdi? № 19 Komila rasm daftarining 62 ta varag‘ida rasmlar chizgan. U yerda yana 36 ta toza varaq qolgan. Komilaning rasm daftari hammasi bo‘lib necha varaqdan iborat? № 20 Tikuvchilar bir kunda oq ip o‘ralgan 28 ta va qora ip o‘ralgan 51 ta g‘altak ishlatishdi. Hammasi bo‘lib ip o‘ralgan nechta g‘altak ishlatilgan? № 21 Do‘konda hammasi bo‘lib 64 dona katak daftar bor edi. Do‘konga qo‘shimcha ravishda yana 28 ta bir chiziqli daftar olib kelindi. Do‘konda hammasi bo‘lib nechta daftar bo‘ldi? perimetrini toping № 22 “Afrosiyob” poyezdining bitta vago-nida 47 ta, ikkinchi vagonida 38 ta yo‘lovchi bor. Ikkala vagonda jami nechta yo‘lovchi bor? № 23 Aminada 63 ta kubik bor edi. U 37 ta kubikdan ayiqchasi uchun uy qurdi. Qolganidan quyonchaga uy qurib bermoqchi. Quyonchaga uy qurish uchun nechta kubik qoldi? № 24 Oshxonada 38 kg guruch bor edi. Bir hafta davomida 26 kg guruch ishlatildi. Oshxonada necha kilogramm guruch qoldi? № 25 Bidonda 46 litr yog‘ bor edi. Undan 24 litr yog‘ ishlatildi. Bidonda necha litr yog‘ qoldi? № 26 Ertalab do‘konda 35 quti pishiriq bor edi. Tushlik paytida yana 40 quti pishiriq olib kelindi. Do‘konda endi hammasi bo‘lib necha quti pishiriq bor? № 27 Maktab kutubxonasida 43 ta kitob bor edi. Bir nechta kitob o‘qish uchun olingandan keyin kutubxonada 26 ta kitob qoldi. Jami nechta kitob o‘qish uchun olingan? № 28 Maktab hovlisida bir necha tup olcha ko‘chati bor edi. Yana 38 tup ko‘chat ekilgandan keyin hovlidagi ko‘chatlarning umumiy soni 54 ta-ga yetdi. Maktab hovlisida necha tup ko‘chat bo‘lgan? № 29 Qutida 48 kg mix bor edi. Bir necha kg mix ishlatilgandan keyin qutida 32 kg qoldi. Necha kilogramm mix ishlatilgan? № 30 Zebo uydan do‘kongacha 67 qadam, dorixonagacha esa 46 qadam bosish kerak. Zebo dorixonadan do‘kongacha borish uchun yana necha qadam yurishi kerak? № 31 Oshxonada 24 kg kartoshka bor edi. Oshpaz tushlikka ovqat pishirish uchun 15 kg kartoshkani ishlatdi. Oshxonada necha kilogramm kartoshka qoldi? № 32 Qurilishga jami 80 m armatura olib kelingan. Poydevor qurishga 30 m ar matura ishlatilgan. Necha metr armatura qolgan? № 33 Birinchi o‘ramda 45 dm, ikkinchisida 25 dm sim bor. Ikkala o‘ramda hammasi bo‘lib qancha sim bor? № 34 Uydan maktabgacha bo‘lgan masofa 64 m. Ziyoda shu masofaning 36 metrini bosib o‘tdi. U yana necha metr yurishi kerak? № 35 Sizning oilangizga sabzavot yetishtirish uchun yer maydoni berildi. Yer maydonining uzunligi 40 m, eni 15 m ga teng. Shu maydonni o‘rash uchun necha metr to‘siq kerak bo‘ladi? № 36 Bog‘bon bir tup anordan 25 kg, ikkinchi tup anordan birinchisiga qaraganda 12 kg ko‘p hosil terdi. Bog‘bon hammasi bo‘lib necha kilogramm anor terdi? № 37 Omborda birinchi qopda 48 kg, ikkinchi qopda 26 kg lavlagi bor. Omborda hammasi bo‘lib necha kilogramm lavlagi bor? № 38 Bitta bidonda 28 litr, ikkinchisida 43 litr paxta yog‘i bor. Ikkala bidonda hammasi bo‘lib necha litr paxta yog‘i bor? № 39 E’zozaning onasi shirin kulcha tayyorlash uchun xamirga 50 ml sut, sutdan 20 ml kam o‘simlik yog‘i qo‘shdi. Onasi xamirga jami qancha suyuqlik ishlatdi? № 40 Maktab bog‘idagi gullarga suv quyish uchun 2-sinf o‘quvchilari 38 litr, 3-sinf o‘quvchilari esa ulardan 21 litr ko‘p suv quydi. Gullarga hammasi bo‘lib necha litr suv quyilgan? № 41 Nodirning akvariumiga 20 litr, Sobirnikiga esa 8 litr kam suv sig‘adi. Ikkala akvariumga jami necha litr suv kerak bo‘ladi? № 42 Nodirning massasi 30 kg, Bobur akasidan 3 kg yengil. Aka-ukaning birgalikdagi massasini toping № 43 Izzat bir tup yong‘oq daraxtidan 2 ta qopcha yong‘oq terdi. Agar bitta qopchaga 100 ta yong‘oq sig‘sa, Izzat jami nechta yong‘oq tergan? № 44 Maktab bog‘idagi gullarga suv quyish uchun 2-sinf o‘quvchilari 38 litr, 3-sinf o‘quvchilari esa ulardan 21 litr ko‘p suv quydi. Gullarga hammasi bo‘lib necha litr suv quyilgan? № 45 4 ta daraxtda 3 tadan qush bor. Daraxtlarda jami nechta qush bor? № 46 O‘quvchilar matematika darsida 3 guruhga bo‘linib, topshiriqni bajardi. Agar har bir guruhda 6 nafardan o‘quvchi bo‘lsa, sinfda jami necha nafar o‘quvchi bor? № 47 2 ta javonning har birida 5 tadan kitob bor. Javonlarda jaminechta kitob bor? № 48 Xaridor 3 ta pitsa sotib oldi. Agar har bir pitsa 8 bo‘lakka bo‘lingan bo‘lsa, xaridorning olgan pitsalarida jami nechta bo‘lak bor? № 49 4 ta qush inining har birida 6 tadan tuxum bor. Inlardagi jami tuxumlar sonini toping. № 50 Ra’no bog‘dan 15 ta atirgul terdi. U bu gullarni 3 kishiga, ya’ni onasi, ustozi va opasiga teng bo‘lib bermoqchi. Ra’no ularning har biriga nechtadan gul beradi? № 51 12 ta yong‘oqni 6 ta bola teng bo‘lib olishdi. Har bir bola nechtadan yong‘oq olgan? № 52 Olimning onasi unga 12 ta daftar berdi. Daftarlarni opasi, ukasi va o‘ziga teng taqsimlashini aytdi. Ularning har biri nechtadan daftar olgan? № 53 12 ta bola 2 ta teng guruhga bo‘linib, o‘yin o‘ynadilar. Har bir guruhda necha nafardan bola bo‘lgan? № 54 Sotuvchi 16 ta qadoqlangan yog‘ni 2 ta qutiga joyladi. U har bir qutiga nechtadan qadoqlangan yog‘ joylagan? № 55 Tikuvchi 21 m atlasdan 7 ta bir xil ko‘ylak tikdi. Har bir ko‘ylak uchun necha metrdan atlas ishlatilgan? № 56 7 nafar o‘quvchi kutubxonaga keldi va har biri 3 tadan kitob oldi. O‘quvchilar jami nechta kitob oldi? № 57 36 litr sut 4 ta bidonga teng bo‘lib quyildi. Har bir bidonga necha litrdan sut quyilgan? № 58 2 ta yashikning har birida 9 kg dan sabzi bor. Yashiklarda hammasi bo‘lib necha kilogramm sabzi bor? № 59 Malika birinchi kuni 100 ta ro‘mol, ikkinchi kuni esa birinchi kunga qaraganda 99 ta ko‘p ro‘mol tikdi. Malika ikkinchi kuni nechta ro‘mol tikkan? № 60 Imronga dadasi tug‘ilgan kunida 300 ta mayda va undan 101 ta kam yirik detali bor LEGO konstruktor to‘plamini sovg‘a qildi. LEGO konstruktor to‘plamida nechta yirik detal bor? № 61 Dehqon dalaga ekish uchun 400 kg kartoshka va undan 99 kg kam sabzi urug‘i sotib oldi. Dehqon necha kg sabzi urug‘i sotib olgan? № 62 Maktab oshpazlari bayram dasturxo-niga o‘quvchilar uchun jami 226 ta somsa pishirishdi. Agar birinchi qatordagi stollarga 100 ta somsa qo‘yilgan bo‘lsa, ikkinchi qatordagi stolga nechta somsa qo‘yilgan? № 63 G‘isht zavodida bir kunda jami 850 ta g‘isht ishlab chiqarildi. Agar tushgacha 400 ta g‘isht ishlab chiqarilgan bo‘lsa, tushdan keyin nechta g‘isht ishlab chiqarilgan? № 64 Uzumzorda birinchi kuni 112 kg, ikkinchi kuni birinchi kundan 21 kg ko‘p uzum terildi. Ikkinchi kuni necha kilogramm uzum terildi? № 65 Do‘konga 130 kg karam va undan 15 kg ko‘p bodring keltirildi. Do‘konga necha kg bodring keltirilgan? № 66 Qurilish maydoniga 625 kg qum va undan 66 kg ko‘p mayda tosh keltirildi. Qurilish maydoniga necha kg mayda tosh keltirilgan? № 67 Kiyim tikish fabrikasida bir kunda 235 juft qizlar qo‘lqopi, undan 57 juft ko‘p o‘g‘il bolalar qo‘lqopi tikildi. Fabrikada jami nechta o‘g‘il bolalar qo‘lqopi tikilgan? № 68 Parranda fabrikasida tovuq va xo‘rozlar boqilmoqda. Tovuqlar 728 ta, xo‘rozlar esa tovuqlardan 25 ta kam. Xo‘rozlar soni nechta? № 69 Maktabda 567 nafar o‘g‘il bolalar va 435 nafar qiz bolalar o‘qiydi. Maktabdagi o‘g‘il bolalar soni qiz bolalarnikiga qaraganda necha nafar ko‘p? № 70 Birinchi avtobus 140 km, ikkinchisi birinchisiga qaraganda 104 km ortiq yo‘l bosdi. Ikkala avtobus jami necha kilometr yo‘l bosgan? № 71 O‘yinchoqlar do‘konida birinchi kuni 200 ta, ikkinchi kuni 100 ta, uchinchi kuni 50 ta, to‘rtinchi kuni 7 ta o‘yinchoq sotildi. Do‘konda to‘rt kunda jami nechta o‘yinchoq sotilgan? № 72 Maktab kutubxonasida 500 ta badiiy kitob bor edi. Birinchi kuni 200 ta, ikkinchi kuni 50 ta va uchinchi kuni 5 ta kitob o‘qish uchun olindi. Kutubxonada nechta kitob qoldi? № 73 Yosh tomoshabinlar teatri uchun 600 ta chiptaning 300 tasi o‘quvchilar, 50 tasi talabalar va 9 tasi o‘qituvchilarga sotildi. Nechta chipta qoldi? № 74 Maktab oshxonasi uchun 200 ta piyola, 100 ta likopcha, 80 ta kosa va 2 ta qozon olib kelindi. Oshxonaga jami nechta idish olib kelingan? № 75 Bolalar bog‘chasida 250 nafar tarbiyalanuvchi bo‘lib, ulardan 132 nafari qiz bola, qolgani o‘g‘il bola. O‘g‘il bolalar soni nechta? № 76 Qodir do‘kondan daftar va akvarel bo‘yog‘i sotib oldi. U bu narsalar uchun 900 so‘m sarfladi. Agar daftar 400 so‘m bo‘lsa, akvarel bo‘yog‘ining narxi qancha? № 77 Azizada 100 so‘m, 200 so‘m va 500 so‘mlik tangalar bor edi. U dugonasining tug‘ilgan kuniga 600 so‘mlik sovg‘a oldi. Azizada qancha pul qoldi? № 78 Ra’noning hamyonida 100, 200 va 500 so‘mlik tangalar bor edi. U hamyonidan 700 so‘m olib ishlatdi. Hamyonda jami necha so‘m bor edi? Ishlatilgandan keyin qancha qoldi? № 79 Diyorada 200 so‘m va 100 so‘mlik tangalar bor edi. Akasi unga 500 so‘m berdi. Diyoraning puli qancha bo‘ldi? № 80 Dildora maktab oshxonasidan shirin kulcha oldi va sotuvchiga 1000 so‘mlik qog‘oz pul berdi. Sotuvchi un-ga 200 so‘m qaytim qaytardi. Shirin kulchaning narxi qancha? № 81 Davron va Doston onasining tug‘ilgan kuni uchun pul yig‘ishdi. Davron 3 ta 100 so‘mlik va 1 ta 200 so‘mlik yig‘di. Doston esa 1 ta 100 so‘m va 2 ta 200 so‘mlik pul yig‘di. Bolalar jami necha so‘m pul yig‘gan? № 82 Diyora bulochka va kulcha non sotib olish uchun sotuvchiga 800 so‘m pul berdi. Bulochka va kulcha jami necha so‘m bo‘ladi? № 83 Sarvar pitsa sotib olish uchun sotuvchiga 1000 so‘m pul berdi. U qancha qaytim olishi kerak? № 84 Akmal somsa va teshik kulcha sotib olish uchun sotuvchiga 1000 so‘m pul berdi. Somsa va teshik kulcha jami necha so‘m? Akmal qancha qaytim olishi kerak? № 85 Sizga dadangiz 500 so‘m, onangiz 500 so‘m pul berdi. Bu pulning 200 so‘mini maktabda ishlatdingiz. Sizda necha so‘m pul qoldi? № 86 4 ta chelakning har birida 6 kilogrammdan sabzi bor. Jami necha kilogramm sabzi bor? № 87 3 ta idishning har birida 9 tadan olxo‘ri bor. Jami nechta olxo‘ri bor? № 88 Daraxtdagi 7 ta shoxning har biriga 5 tadan qush qo‘ndi. Daraxtga hammasi bo‘lib nechta qush qo‘ndi? № 89 7 ta kiyim javonining har birida 9 tadan kiyim bor. Javonlarda hammasi bo‘lib nechta kiyim bor? № 90 Do‘konda 7 ta yashik bo‘lib, ularning har birida 8 kg dan olma bor. Do‘konda jami necha kilogramm olma bor? № 91 8 ta tikuvchining har biri 6 tadan ko‘ylak tikdi. Tikuvchilar jami nechta ko‘ylak tikkan? № 92 Bog‘bon bir tup xurmo daraxtidan 10 kg hosil olgan bo‘lsa, 9 tup xurmo daraxtidan necha kilogramm hosil olgan? № 93 Ziyodaning tovuqlari 5 ta bo‘lib, har bir tovuqning 7 tadan jo‘jasi bor. Ziyodaning jami nechta jo‘jasi bor? № 94 9 ta guldonning har birida 7 tadan gul bor. Guldonlarda hammasi bo‘lib nechta gul bor? № 95 Bir o‘ramda 5 m atlas bor. Xuddi shunday 7 ta o‘ramda necha metr atlas bor? № 96 Bitta bankadagi o‘rik sharbati 5 litr bo‘lsa, shunday 7 ta bankadagi o‘rik sharbati necha litr bo‘ladi? № 97 6 ta qopchaning har birida 8 kg dan guruch bor. Qopchalarda jami qancha guruch bor? № 98 Do‘konda bir kunda 9 ta qutining har birida 4 kg dan bo‘lgan oq qand sotildi. Do‘konda bir kunda hammasi bo‘lib necha kilogramm oq qand sotilgan? № 99 Bolalar oromgohiga birinchi smenaga jami 240 nafar, ikkinchi smenaga birinсhisiga qaraganda 35 nafar ko‘p bola dam olish uchun keldi. Ikkinchi smenada jami necha nafar bola dam olgan? № 100 Bahor oylarining 62 kuni quyoshli va 30 kuni yog‘ingarchilik bilan o‘tdi. Quyoshli kunlar yog‘ingarchilik kunlarga qaraganda necha kun ko‘p bo‘lgan? № 101 Omborda 320 kg olma va 90 kg anor saqlanmoqda. Omborda anor olmadan necha kilogramm kam saqlanmoqda? № 102 Katta hajmdagi kitob uchun 135 so‘m, kichik hajmdagi kitob uchun 70 so‘m pul to‘landi. Jami kitoblar uchun necha so‘m pul to‘langan? № 103 Ziyod va Bunyod varrak yasash uchun yelimni 560 so‘mga, qog‘ozni 250 so‘mga sotib olishdi. Ular varrak uchun jami necha so‘mlik xarid qilishdi? № 104 Xo‘jalik mollari do‘konida 4 kunda jami 36 ta sovun sotildi. Agar har kuni teng miqdordan sovun sotilgan bo‘lsa, bir kunda nechta sovun sotilgan? № 105 28 kg shakar 7 kg dan qopchalarga joylandi. Har bir qopchaga necha kilogrammdan shakar solingan? № 106 Sinfdagi 30 nafar o‘quvchi 5 ta teng guruhga bo‘linib, musobaqa o‘ynadi. Har bir guruhda o‘quvchilar soni nechta? № 107 Dildora 8 ta qutining har birida 6 tadan bo‘lgan shokolad sotib oldi. U hammasi bo‘lib nechta shokolad sotib olgan? № 108 Maktab kutubxonasiga 8 bog‘lam kitob olib kelindi. Har bir bog‘lamda 7 tadan kitob bo‘lsa, hamm № 109 Do‘konga 6 ta qutining har birida 7 tadan pishloq olib kelindi. Do‘konga hammasi bo‘lib nechta pishloq olib kelingan? № 110 Do‘konga 72 kg meva olib kelindi. Mevalar 9 ta yashikka teng miqdorda joylandi. Har bir yashikka necha kilogrammdan meva joylangan? № 111 Diyora bog‘dan har birida 6 kg dan bo‘lgan 4 ta savat uzum terdi. U hammasi bo‘lib necha kilogramm uzum tergan? № 112 Maktab kutubxonasiga 10 bog‘lam kitob olib kelindi. Har bir bog‘lamda 5 tadan kitob bo‘lsa, hammasi bo‘lib nechta kitob keltirilgan? asi bo‘lib nechta kitob keltirilgan? 1.Avtobusda 42 ta yo’lovchi bor edi. Bekatda 12 ta yo’lovchi tushdi va 7 ta yo’lovchi chiqdi. Avtobusdagi yo’lovchilar nechta bo’ldi? 2.Bochkada 45 chelak suv bor edi. Ertalab 14 chelak, kechqurun esa 10 chelak suv olindi. Bochkada necha chelak suv qoldi? 3.Birinchi qopda 30 kg, ikkinchi qopda 18 kg kartoshka bor. Birinchi qopda ikkinchisiga qaraganda necha kilogramm ortiq kartoshka bor? 4.Do’konga 25 ta choynak, undan 40 ta ortiq kosa va choynak bilan kosalar nechta bo’lsa, shuncha piyola keltirildi. Do’konga nechta piyola keltirilgan? 5.Sinf kutubxonasida 95 ta kitob bor. Kitoblarning 32 tasi shkafning birinchi tokchasida, 30 tasi ikkinchi tokchasida, qolgan kitoblar uchinchi tokchaga qo’yilgan. Shkafning uchinchi tokchasiga nechta kitob qo’yilgan? 6.Fermerning 32 ta sigiri, 24 ta buzog’I va sigir buzoqlari nechta bo’lsa, shuncha qo’ylari bor. Fermerning qo’ylari nechta? 7.Yuk mashinasi bakida 85 l benzin bor edi. Birinchi kuni 25 l, ikkinchi kuni 30 l benzin sarflangan bo’lsa, mashina bakida necha litrbenzin qolgan? 8.O’quvchilar 35 tup terak va 30 tup tol ko’chatlari ekishdi. Terak va tol ko’chatlari necha tup bo’lsa, ulardan 5 tup kam o’rik ko’chati ekishdi. O’quvchilar necha tup o’rik ko’chati ekishgan? 9.Qopdagi kartoshkadan birinchi kun 12 kg, ikkinchi kun 9 kg ishlatildi.Qopda 31 kg kartoshka qolgan bo’lsa, oldin qopda necha kilogram kartoshka bo’lgan? 10.Zahroning lug’at daftarchasida 45 ta, Zuhraning lug’at daftarchasida esa 50 ta so’z bor. Sobirning lug’at daftarchasida esa Zahro va Zuhraning yozgan so’zlaridan 20 ta kam so’z bor. Sobirning lug’at daftarchasidagi so’zlar nechta? 11.Stol ustida 52 ta daftar bor edi. Ulardan 14 tasi olindi. Stolga yana 20 ta daftar qo’yildi. Stol ustidagi daftarlar nechta bo’ldi? 12.Kutubxonaning bir tokchasida 53 ta kitob, ikkinchi tokchasida 40 ta kitob bor edi. 20 ta kitob o’quvchilarga berildi. Tokchada nechta kitob qoldi? 13.O’quvchilar bir qatorga 40 tup, ikkinchisiga birinchisidan 4 tup kam,uchinchisiga esa ikkinchisidan 10 tup ortiq qulupnay ko’chati ekishdi.Ular uchinchi qatorga necha tup qulupnay ekishgan? 14.Bir o’ramda 56 m , ikkinchi o’ramda 40 m sim bor. Uchinchisida esa birinchi va ikkinchi o’ramda qancha bo’lsa, shundan 4 m kam. Uchinchi o’ramda necha metr sim bor? 15.Qutida 70 dona tuxum bor edi. tushlikka 16 dona, kechki ovqatga 12 dona tuxum ishlatildi. Qutida necha dona tuxum qoldi? 16.Traktor 3 soat ishlatilganida 45 litr yonilg’i sarfladi. Traktor shunday maromda ishlasa 5 soatda necha litr yonilg’i sarflaydi? 17.Bog’bon 36 tup anor va 25 tup olma ko’chatini butadi. Anor va olma ko’chatlari nechta bo’lsa, ulardan 15 tup kam shaftoli ko’chatini butadi. Bog’bon necha tup shaftoli ko’chatini butagan? 18.Bir jo’yakdan 40 kg, ikkinchi jo’yakdan esa undan 2 kg ko’p bodring terildi. Ikkala jo’yakdan necha kilogramm bodring terilgan? 19.Bir fermerda 24 ta ishchi, ikkinchi fermerda esa 36 ta ishchi ishlaydi. Fermerlarda hammasi bo’lib 38 ta erkak kishi ishlaydi. Bu fermerlarda qancha ayol ishlaydi? 20.Rasm to’garagiga 37 o’quvchi qatnashadi, musiqa to’garagiga rasm to’garagidan 5 ta ko’p o’quvchi qatnashadi, sport to’garagiga esa oldingi ikkala to’garakda qancha bo’lsa shuncha o’quvchi qatnashadi.Sport to’garagigaqancha o’quvchi qatnashadi? 21.Uch o’ramda 95 m sim bor. Birinchi o’ramda 32 m, ikkinchisida 25 m bo’lsa, uchinchi o’ramda necha metr sim bor? 22.Bitta konvert 6 so’m turadi. 54 so’mga nechta convert sotib olish mumkin? 23Sog’uvchi bir sigirdan 13 l, ikkinchi sigirdan 19 l, uchinchisidan 18 l sut sog’di.Hamma sutni 10 l dan qilib bidonlarga quydi. Buning uchun nechta bidon kerak bo’lgan? 24.Ota , o’g’il va nabira 100 yoshda. Agar ota 62 yoshda, nabira 6 yoshda bo’lsa, o’g’il necha yoshda? 25 .Uchib ketayotgan g’ozlar soniga Yana shuncha qo’shib,chiqqan natijaga yana 10 ni qo’shsak umumiy g’ozlar soni 100 ta bo’lsa, uchib ketayotgan g’ozlar nechta bo’lgan? 26.Qalam, ruchka va daftar 1000 so’m turadi. Qalam bilan daftar 600 so’m va ruchka bilan qalam 500 so’m tursa,ularning har biri necha so’m turadi? 27.Chinni tayyorlash korxonasida bir kunda 20 ta choynak va choynaklardan 3 marta ko’p piyola tayyorlandi. Korxonada bir kunda nechta choynak va piyola tayyorlangan? 28.Maktab gulzorida o’quvchilar 15 tup atirgul ko’chatini parvarish qilayotgan edilar. Ular yana bir necha tup atirgul ko’chati ekishganidan so’ng hamma atirgullar 45 tup bo’ldi. O’quvchilar keyin necha tup ko’chat ekishgan? 29.Maktab gulzorida o’quvchilar 15 tup atirgul ko’chatini parvarish qilayotgan edilar. Ular yana bir necha tup atirgul ko’chati ekishganidan so’ng hamma atirgullar 45 tup bo’ldi. O’quvchilar keyin necha tup ko’chat ekishgan? 30.Bir to’pda 24 m, ikkinchisida undan 8 m ko’p gazlama bor. Agar 4 m gazlamadan bitta ayollar ko’ylagi tikish mumkin bo’lsa, bu gazlamaning hammasi nechta ayollar ko’ylagi tikishga yetadi? 31.Maktab oshxonasida 15 ta stol va har bir stolga 4 tadan stul bor. Maktab oshxonasidagi stol va stullarning hammasi nechta? 32.Maktab hovlisida 3 qator 12 tadan Olma va 2 qator 15 tadan nok ko’chati ekilgan.Maktab hovlisiga o’tqazilgan hamma mevali ko’chatlar nechta? 33.Ishchilar 90 m yo’lga asfalt yotqizishlari kerak.Ular har kuni 15 m dan yo’lga asfalt yotqizishsa, ishni necha kunda tugallashadi? 34.Ikki ustaning har biri 96 tadan partani ta’mirlashi kerak edi. Ulardan biri kuniga 12 tadan partani, ikkinchisi 16 tadan partani ta’mirladi. Har qaysi usta ishni necha kunda tamomlagan? 35.Sport to’garagiga bizning maktabimizdan 27 ta o’quvchi, qo’shni maktabdan esa undan ikki marta ko’p o’quvchi qatnashadi. Sport to’garagiga ikkala maktabdan jami nechta o’quvchi qatnashadi? 36.Bolalar bog’chasining bir guruhida 25 ta, ikkinchisida 23 ta bola bor. Bu guruhdagi har bir bolaga 2 tadan pufak berish uchun nechta pufak kerak bo’ladi? 37.Oromgohda 3 ta katta yotoqxona va 4 ta kichik yotoqxona bor. Katta yotoqxonalarning har biriga 16 tadan, kichik yotoqxonalarning har biriga esa 9 tadan karavot qo’yilgan. Bu yotoqxonalarda jami nechta karavot bor? 38.10 ta yashikka 7 kg dan, 3 ta yashikka esa 10 kg dan pomidor joylandi. Bu yashiklarga hammasi bo’lib nechga kg pomidor joylangan? 40.Oshxonada 60 kg karam bor edi. 4 kun har kuni 12 kg dan, qolgan karam esa keyingi uch kunda kuniga baravardan Ishlatildi. Keyingi 3 kunda kuniga necha kilogrammdan karam ishlatilgan? 41.Sinf kutubxonasi uchun 15 bola 2 tadan, 20 bola esa 3 tadan kitob olib kelishdi.Bolalar hammasi bo’lib nechta kitob olib kelishgan 42.O’quvchi birinchi kuni kitobdan 7 bet o’qidi, ikkinchi kuni esa birinchi kundagidan 2 marta ko’p o’qidi. O’quvchi ikki kunda necha bet kitob o’qigan? 43.Oshxona uchun 15 ta paketda 45 kg un olindi. Bir kunda 15 kg un ishlatildi. Necha paket un ishlatilgan? 44.Ustaxonada 54 ta parta ta’mirlandi, stollar esa partalardan 6 marta kam ta’mirlandi. Hammasi bo’lib nechta parta va stol ta’mirlangan? 45.Tegirmonga bir kunda 23 qop bug’doy va bug’doydan 8 qop kam makkajo’xori keltirildi.Tegirmonga hammasi bo’lib necha qop don keltirilgan? Download 34.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling