Maktab menejmenti kafedrasi


Moliya bozori muhim funksiyani bajaradigan iqtisodiyotga katta hissa qo’shadi. Bu funksiyaning 4 xili mavjud:5


Download 152.06 Kb.
bet6/9
Sana31.01.2023
Hajmi152.06 Kb.
#1142345
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3.KURS ISHI HAYDARALI Yormatov

Moliya bozori muhim funksiyani bajaradigan iqtisodiyotga katta hissa qo’shadi. Bu funksiyaning 4 xili mavjud:5

  1. Kapital xosil qilish. Aksiyalarning sotilishi orqali kichik miqdordagi pul jamlanib emitent qo’lida katta pulga aylanadiki, uni kapital sifatida ishlatib bo’ladi.

  2. Kapitalni demokratiyalashtirish. Aksiyalarni sotish orqali kichik pul egasi ham qo’yilgan kaptalning sherigiga aylanadi. Kapital ko’pchilik o’rtasida tarqalgan. Masalan, AQShda aholining 40 foizi aksiyador, binobarin u hissadorlik kapitalining egasi hisoblanadi.

  3. Puldan pul chiqarish orqali farovonlikni oshirish. Aksiya sotib olgan dividendga ega bo’ladi, uni bekor yotgan o’lik puli jonli pulga aylanib daromad keltiradi va uning farovonligiga hissa qo’shadi.

  4. Moliya bozori orqali pul kerakli sohalarga yuboriladi. Ish yaxshi yurishmagan sohalarda aksiyalar arzonlashadi, pul bu yerdan chiqadi.ish yaxshi ketgan sohalarda aksiya ko’p sotiladi, uning narxi oshadi, pul shu sohalarga oqib o’tadi. Bu yerdagi ishlab chiqarish kapitalning ko’payishi hisobidan o’sadi. Moliya bozori muhim funksiyalarni bajarganidan, uning rivojlanishi iqtisodiyotning rivojlanishini bildiradi.

Moliya bozori. Bu bozorning maxsus shakli boiib, bu yerda moliya resurslari, ya’ni pul va daromad kelliruvchi qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi yuz beradi. lining tarkibidagi pul bozori qatlamli boiadi. Birinchisi, shaxsiy ehtiyojni qondiruvchi oddiy pul bozori. Bu yerda pul tirikchilik buyumlarini xarid etish uchun haqini toiash sharti bilan qarzga olinadi, ya’ni ishlatib turish uchun pul sotib olinadi. Masalan, mebel to‘plami, avtomashina yoki kvartira olish uchun kishilar bankdan qarz oladilar. Bunda bank sotuvchi, qarz ko'targan esa xaridor maqomida boiadi. Ikkinchisi, kapital bozori. Bunda pul tirikchilik yurgizish uchun emas, balki kapital sifatida ishlatib foyda chiqarish uchun qarzga sotib olinadi. Bunga misol qilib tadbirkor, farmer yoki dehqon xo‘jaligi sohibining tijorat bankidan qarz olib, buni o‘z xo‘jaligi rivoji uchun ishlatishini ko’rsatish mumkin. Kapital bozorining o‘zi ikki xil boiadi, bu kredit bozori va qimmatli qog‘ozlar bozoridir. Kredit bozoridan (masalan, banklardan) tadbirkorlar kreditni (qarzni) sotib olib, uni kapital sifatida ishga qo‘yadilar. Bozordan kapitalni jalb etishning yana bir shakli bu aksiya, obligatsiya va sertifikatlarni chiqarib sotishdir. Bularni chiqarganlar emitent, sotib olganlar investor deyiladi. Emitent sotuvchi boisa, investor xaridor hisoblanadi. Kredit bozorini tijorat banklari, kredit shirkatlari va ulardan qarz oluvchi mijozlar tashkil etsa, qimmatli qog‘ozlar bozori fond biijalaridan, ulardan boshqa oldi-sotdi bo’lgan qog‘ozlarni saqiovchi depozitariylardan iboratdir. Fond bozorining ishtirokchilari korxona, tashkilotlar, aholining ma’lum qatlami, davlat idoralari va turli vositachilar hisoblanadi.
Moliya bozorining obyekti sotiladigan aksiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar va pulning o‘zi hisoblanadi. lining subyekti esa firmalar, banklar, davlat, moliya institutlari va aholidan iboratdir. Bozorning bir tomonida sotuvchilar bo‘lsa, boshqa tomonida xaridorlar turadi. Ular o‘rtasida moliya institutlari bo'lib, ularni vositachilar bir-biri bilan bog'lab turadi. Vositachi vazifasini banklar, brokerlar firmasi, yakka brokerlar tashkil etadi. Vositachi institutlar moliya bozorining infratuzilmasini hosil qiladi. Ular bu yerdagi oldi-sotdi ishlariga xizmat qiladi. Bozorda mustaqil ish yurituvchi chayqovchilar ham bo'ladiki, bular qimmatli qog'ozlar bilan olib-sotarlik qiladi. Moliya bozori ikki qismdan iborat:6
1. Fond bozori. Bu yerda qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozor fond birjalari va biijadan tashqari savdodan iborat.
2. Pul bozori. Bu yerda vaqtincha bo‘sh turgan pul vaqtincha foydalanish uchun oldi-sotdi qilinadi, milliy valutalar ayriboshlanadi. Bu bozorda bankJar, kredit uyushmalari va pul topib beruvchi firmalar bo‘ladi.

Download 152.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling