Maktab va oila sharoitida iqtisodiy tarbiya berish Iqtisodiy bilim asoslari Oilaning iqtisodiy funksiyasi
Download 57.5 Kb.
|
Boshlang’ich sinflarda iqtisodiy masalalari
Mavzu: Boshlang’ich sinflarda iqtisodiy masalalari. Reja: Maktab va oila sharoitida iqtisodiy tarbiya berish Iqtisodiy bilim asoslari Oilaning iqtisodiy funksiyasi Bolalarga maktab va oila sharoitida iqtisodiy tarbiya berish muammosi ko’pdan buyon pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo’lib kelmokda. Bozor iqtisodi sharoitida yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash ayniqsa muhimdir. Mamlakatimizda bozor iqtisodi o’ziga xos va o’ziga mos yo’l bilan bosqichma-bosqich shakllanmoqda. Shu bois hozirgi davrda xalqimizning iqtisodiy madaniyatini ko’tarish va jumladan yosh avlodning iqtisodiy savodxonlik darajasini oshirish alohida ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi iqtisodiy islohatlar, tadbirkorlik va xorijiy sarmoyalar bo’yicha idoralar kengashining, O’zbekiston Respublikasida Iqtisodiy ta’limni tashkil etishni takomillashtirishning asosiy yunalishlari to’g’risida 1996 yil may oyida qabul qilingan qarori ham ana shu maqsadni ko’zda tutgan. Maktabda o’quvchilarga iqtisodiy ta’lim va tarbiya berish ta’lim jarayonining muhim tomonidir. Avval iqtisodiy tarbiya haqida mukammal tushunchaga ega bo’lmoq darkor. Iqtisodiy tarbiya o’quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob kitob kabi qobiliyatlarni tarkib toptirishdir. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan muntazam boyitib kelindi. CHunonchi, Muhammad Ibn Muso Al-Xorazmiy matematika fani inson xayotida asosiy o’rin tutishini takidlab, kishi hisob ilmini bilsagina u o’z mehnatining natijalarini o’lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin- deydi. Bolalarga iqtisodiy tarbiya berish oiladan boshlanadi. Abu Ali Ibn Sino o’z asarlarida shunday yozadi: «Oila a’zolarini kunlik oziq- ovqatlar uchun yetarli maxsulotlarni oldindan tejamkorlik bilan sarf qiladi.Har bir kishi bug’doy, guruch, mevalarni saqlash yo’llarini bilishi kerak. Ehtiyojga yaroqli narsalarga tejamkorlik bilan munosabatda bo’lishi lozim. Ota-ona uvol qilish gunoxligini farzandlariga yoshligidan nasixat yo’li bilan o’rgatadi.» Download 57.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling