Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


 Ta’limning uslubga qo‘yadigan umumiy talabi


Download 165.78 Kb.
bet21/45
Sana18.11.2023
Hajmi165.78 Kb.
#1783959
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Bog'liq
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org

5.2. Ta’limning uslubga qo‘yadigan umumiy talabi
Har bir aniq holatda u yoki bu uslubni qo‘llanishining 
maqsadga muvofiqligi qator talablarga rioya qilingandagina
ta’minlanadi.


Ta’limning dars oldiga qo‘yilgan vazifalar bilan 

muvofiqligi. Darsning aniq vazifalari yo‘qligi ta’limga
nisbatan to‘g‘ri uslubni tanlashga imkon bermaydi. Misol 
uchun, “oyoqlarni bukib” yugurib borish usuli bilan uzunlikka
sakrashni o‘rgatish vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda uslubni 
aniqlashning qiyinligi ma’lum bo‘lib qoladi. Chunki bunday
umumiy ifodalashda teng darajada umuman o‘rganish uslubidan 
ham, o‘rganishning qismlarga bo‘lib o‘rganish uslublaridan
ham foydalanish mumkin. Ko‘proq aniq vazifalarda masalan, 
uzunlikka sakrash uchun yugurib borishni o‘rgatishda,
o‘rgatishning qismlar bo‘yicha o‘rgatish zaruriyati vujudga 
keladi.
Ta’limning tarbiyalovchi xarakterini ta’minlash. Har
qaysi tanlangan uslub ta’limning nafaqat samaradorligini, balki 
o‘quvchining bilish faolligini tarbiyalashni ham ta’minlashi
kerak. Shuning uchun bolaning tashabbusini buzib qo‘yadigan, 
harakatlarni faqat mexanik tarzda esda saqlashni talab qiladigan
uslublarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.


Ta’limning tamoyillar bilan muvofiqligi. Ta’limning
uslubiy tamoyillarining barcha tizimlariga tayanish shart. 
Uslubning alohida olingan tamoyili bilan aloqasini bir
tomonlama izohlashga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Masalan, 
agar o‘qituvchi ko‘rsatish uslubidan foydalansa, u holda



33
ko‘rgazmalilik tamoyilini to‘la ta’minlashni amalga oshirgan 


bo‘ladi. Ma’lumki, bu tamoyilni uslublar tizimi orqali singdirish
mumkin.

O‘quv materialining o‘ziga xos xususiyatiga muvofiqligi.
Ta’lim uslublari jismoniy mashqlarning barcha turlari uchun 
bir xil. Shu bilan birga ularning har biri o‘zining xarakteri
va murakkabligi bilan muvofiqlikda ta’limning o‘ziga xos 
usullarini talab qiladi. Masalan, ba’zi bir umumrivojlantiruvchi
mashqlarni o‘rgatish vaqtida so‘z uslubi bilan chegaralanadilar. 
Yengil atletika mashqlarini o‘rgatish vaqtida ko‘rsatish
uslubidan ham foydalanish kerak. “Oddiy mashqlarni” o‘rgatish 
vaqtida umuman o‘rgatish uslubi qo‘llaniladi “Murakkab
mashqlar”ni o‘zlashtirish vaqtida yondashtiruvchi mashqlarni 
chetlab o‘tib bo‘lmaydi.

Download 165.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling