Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy
Yaxlitligiga o‘rganish uslubi
Download 165.78 Kb.
|
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.7. Mashqning qisman tartiblashtirilgan uslublari
- 5.8. O‘yin uslubi
5.6. Yaxlitligiga o‘rganish uslubi
Bu uslub ta’limning har qanday bosqichida qo‘llaniladi. Nisbatan oddiy mashqlarda va o‘quvchilar tayyorgarligining yetarlicha yuqori darajasida yakunlovchi mashqlarda zaruriyat bo‘lmaydi va umuman o‘rganish uslubidan ta’limning birinchi bosqichlarida foydalanilsa bo‘ladi. Umuman o‘rganishning 36
qo‘llaniladi. 5.7. Mashqning qisman tartiblashtirilgan uslublari Ushbu uslublardan mukammallashtirish bosqichida foydalaniladi, bunda o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarni yetarlicha hajmda egallagan va qo‘yilgan vazifalarni yechish uchun harakatni erkin tanlay olishlari lozim. Ushbu guruhga kiruvchi uslublar har xil belgilarga ega bo‘lib, bir xil o‘xshashlikka ega. Uslublardan foydalanish vaqtida ular u yoki bu harakatda ustunlikni tasdiqlashga intilsa, o‘quvchilar o‘rtasida raqobatchilikning unsuri har doim ishtirok etadi. 5.8. O‘yin uslubi O‘yin uslubi jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan o‘yinlar uchun xarakterli bo‘lgan ko‘pgina belgilarga ega. O‘yin nafaqat jismoniy tarbiyaning vositasi (jismoniy mashqlar xarakterli tizimlari bilan), balki tarbiya va ta’limning samarali uslubi hamdir. Shuning uchun o‘yin uslubining tabiatini tushunish umuman o‘yinning mohiyatini tushunish asosida turadi. Uslub sifatidagi o‘yin nafaqat umuman qabul qilingan o‘yinlar orqali amalga oshiriladi. O‘yin uslubining tushunchasi rasmiy o‘yinlardan ko‘ra singdirish shakllari va vositalari bo‘yicha ancha kengdir. O‘yin uslubida birorta ham harakatlar yoki sport o‘yinlaridan foydalanilmasdan, butun darsni o‘tkazish mumkin. O‘yin uslubining eng xarakterli belgilari quyidagilardan iborat: 1. O‘yin harakatlarida emotsionallik va raqobatbar- doshlikning yorqin ifodalanishi. Uslublar odamlar o‘rtasida nisbatan murakkab o‘zaro munosabatni qayta tiklashga imkon beradi. Shu munosabat bilan o‘yin uslubida o‘yinchilar o‘rtasidagi 37
va tartibga tushiriladi. 2. Harakatlarning bajarilishidagi shart-sharoitlarda o‘yinda kurash olib borishning shartlari haddan tashqari o‘zgaruvchan. Buning natijasida o‘yinchilar vujudga kelgan vazifalarni yechishning turli xil usullarini egallashlari kerak. Ularda shakllangan ko‘nikmalar esa o‘zgaruvchan sharoitlarga muvofiqlashganligi bilan farq qilishi lozim. 3.Harakatlarda ijodiy tashabbuskorlikka yuqori talabchanlik, o‘yin vaziyatlarining o‘zgaruvchanligi jismoniy mashqlarning eng yaxshi natijaligini tanlashda mustaqillikni talab qiladi. 4. Yuklamada va harakatlar xarakterida qattiq talab qiluvchi tartibning yo‘qligi, o‘quvchiga tushadigan yuklamaning o‘yinda bajaradigan vazifalar va faolligiga to‘laligicha qaramligi. O‘yin uslubi tartibga tushirilgan darajasiga nisbatan kam hollarda yangi harakatlarni o‘rganish uchun qo‘llanilgan paytda oshadi. 5. Xilma-xil harakatlantiruvchi ko‘nikmalar va sifatlarning majmuali namoyon bo‘lishi. O‘yinda muvaffaqiyatga erishish uchun o‘quvchiga bir qancha harakatlar majmuyidan (yugurish, sakrashlar, uloqtirish va h.k.) foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Bularning hammasi o‘ynovchilarning organizmiga majmuali ta’sir o‘tkazishni ta’minlaydi. 6. Ko‘p hollarda o‘yinchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat biror-bir predmetlar masalan: koptoklar, bayroqchalar va h.k. yordami bilan amalga oshiriladi. O‘yin uslubi uchun qayd qilingan belgilarning hammasi yoki ko‘pchiligining mavjudligi xarakterlidir. Undan ta’lim samarasini tekshirish va umumiy jismoniy tayyorlik darajasi oshishining vositasi sifatida foydalaniladi.O‘yin uslubini to‘g‘ri foydalanilgan vaqtda ongli intizomni va o‘zini tuta bilish, dadillik, matonatlik, tashabbuskorlik, faollik, jamoatchilik xissiyotini tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling