Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


Download 165.78 Kb.
bet25/45
Sana18.11.2023
Hajmi165.78 Kb.
#1783959
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45
Bog'liq
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org

5.9. Musobaqa uslubi
Musobaqa uslubi musobaqa uchun xarakterli bo‘lgan 
ko‘pgina belgilarga ega.
Biroq musobaqa usuli qo‘llanishning keng sohasini qamrab 
oladi, undan mashg‘ulotlarni har qanday shaklda tashkil etish
vaqtida ham foydalanilsa bo‘ladi. Masalan: jismoniy tarbiya 
darsini musobaqa usuli bilan dars boshlanishidan oldin safga
tortishdan boshlab va zaldan chiqish bilan tugallab o‘tkazish 
mumkin.
Ushbu uslub o‘yin uslubi bilan ko‘pgina umumiylikka 
ega. U shundan iboratki, ta’lim jarayonining o‘yin uslubi har
doim sujetli mazmunga ega. Musobaqa uslubida bu holat 
bo‘lmay va harakatni bajarish jarayonida to‘laligicha uning
mazmuniga bo‘ysundiriladi. Agar yog‘och bo‘ylab siljish usuli 
takomillashtirilsa, “daryocha orqali o‘tkazish” ko‘rinishida
sujetli mazmunga ega bo‘ladi. Binobarin, bu holda o‘yin uslubi 
qo‘llanilgan. Agar ushbu mashq o‘xshash syujetli rangga
ega bo‘lmasa, lekin harakat texnikasini takomillashtirishga 
bo‘ysundirilgan bo‘lsa, demak u holda musobaqa uslubi
qo‘llanilgan. 
Bu farqlar qay darajada bo‘lmasin o‘yin uslubidagi
musobaqalashuvchi holatni olib tashlamaydi, biroq u mashqning 
sujetli mazmuniga bo‘ysundiriladi. Agar o‘yin uslubining
mazmuni biror-bir harakatlanadigan yoki sport o‘yinidan iborat 
bo‘lsa, shu o‘yin bilan musobaqa o‘tkaziladi. Bunday holda
ikkala uslub o‘rtasidagi farq yo‘qoladi.
Musobaqa uslubining eng xarakterli belgilari quyidagilardan
iborat:

1. Oldindan belgilab qo‘yilgan qoidalar bilan muvofiqlikda


barcha faoliyatning u yoki bu harakatda g‘alaba qozonish 
vazifasiga bo‘ysundirilishi.
2. Yuqori sport yutug‘iga erishish uchun kurashda jismoniy 
va ruhiy kuchlarni maksimal namoyon qilinishi.



39
3. O‘quvchilarni boshqarishda ularning yuklamalarini 


tartibga solish imkoniyati chegarlanganligi. Bu uslub harakatda
vujudga kelgan vazifalarni yechishda katta mustaqillikni talab 
qiladi. Binobarin, musobaqa usuli harakatni mukammallashtirish
vaqtida eng samaralidir. Biroq uni o‘rganishning dastlabki 
holatida qo‘llanilmaydi.

Download 165.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling