Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


Idrok qilishning ko‘rgazmali uslublari


Download 165.78 Kb.
bet26/45
Sana18.11.2023
Hajmi165.78 Kb.
#1783959
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45
Bog'liq
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org

5.10. Idrok qilishning ko‘rgazmali uslublari
Ushbu guruhning uslublari o‘rganiladigan harakatning 
ko‘rish va eshitish idrokini ta’minlaydi. Harakatlar ritmini, tezlik
darajasini ko‘rish, ba’zan eshitish ham shug‘ullanuvchilarda 
harakatlar to‘g‘risida ko‘proq (har tomonlama) tasavvur
tug‘diradiki, kelgusida qayta tiklash uchun taxminiy asosni 
kengaytiradi.
Idrok etishning ko‘rgazmali tamoyilini singdirishda 
ko‘rgazmali uslublar asosiydir (ammo yagona emas).
Ularning yordami bilan o‘quvchi o‘rganiladigan harakatning 
obrazi shakllanishida jonli mushohida qilish imkoniyatini
oladi. Shu bilan birga shuni hisobga olish kerak-ki, ayrim 
odamlarda ko‘rish idroki, boshqalarida eshitishidroki yaxshi
rivojlangan bo‘ladi. O‘qituvchi ta’lim uslublarini qo‘llanishini 
individuallashtirish imkoniyatini va analizatorning yetakchi
rolini nazarda tutishi kerak. Guruhli o‘rgatish vaqtida bu idrok 
etishning ko‘rgazmali uslublarining barcha xilma-xilliklaridan
foydalanishni ta’kidlaydi.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Ta’limning uslublariga qanday talablar qo‘yiladi?
2. Jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan didaktik uslublardan
qaysi birini bilasiz?


40


VI BOB. JISMONIY SIFATLAR

6.1. Jismoniy sifatlar to‘g‘risida tushuncha
“Jismoniy sifatlar” va “jismoniy tayyorgarlik” atamasi 
maxsus adabiyotlar sifatida foydalaniladi. Bular inson harakat
imkoniyatlarining ayrim tomonlarini aniqlaydi. Jismoniy 
sifatlar dinamikasiga tatbiqan “rivojlanish” va “tarbiya”
atamalari qo‘llaniladi. “Rivojlanish” atamasi sifatning 
sog‘lomlashtiruvchi o‘zgarishlari borishini xarakterlaydi.
“Tarbiya” esa harakatlantiruvchi sifat ko‘rsatkichlari o‘sishiga 
ta’sir o‘tkazishning faolligi va yo‘naltirilganligini nazarda
tutadi.

Jismoniy sifatlarga kuch, chidamlilik, egiluvchanlik,


tezkorlik, chaqqonlik xos.
Jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy sifatlarni tarbiyalash
va harakatlar bilan o‘rgatish o‘zaro bog‘liq. Jismoniy tarbiyaning 
bu tomonlarini o‘rganish va alohida-alohida qarab chiqish
ulardan har birining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqurroq bilib 
olishga yordamlashadi.
Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash 
organizmning rivojlanishi va o‘sishi bilan bog‘liq qator
xususiyatlarga ega:
1.O‘spirinlik va yoshlik davrida bitta sifatning rivojlanishi
boshqa jismoniy sifatlarning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, 
o‘qituvchilardan jismoniy sifatlarni tarbiyalashga majmuali
yondashuv zaruriyati talab qilinadi.
2.Organizmning rivojlanishida jismoniy sifatlarning o‘sishi
ayrim yoshlarda ayniqsa, jadal ro‘y beradi. Bu sezgirlik (yoki 
sensitiv) davrlar deb ta’kidlanadi. Chunonchi, mushak kuchi



41
uchun o‘sishning eng ko‘p tezlik darajasi 13-15 yoshlilarga xos, 


qizlarda chidamlilik ko‘rsatkichi 11-13 yoshda eng jadal o‘sadi,
o‘g‘il bolalarda esa – 14 yoshda, mutaxassislarning fikricha 
8-11 yosh tezkorlik imkoniyatlarini tarbiyalash uchun eng
qulaydir. Chaqqonlikni bolalar bilan o‘smirlarda taqqoslash, 
kattalarda esa – yoshlar bilan taqqoslash bo‘yicha tarbiyalash
xiyla qiyinroq kechadi.
3.Jismoniy sifatlarni tarbiyalash katta jismoniy yuklamalar
bilan kuzatiladi. Bolalar va o‘smirlar jismoniy sifatlari 
o‘sishiga organizm uchun ziyon yetkazmasdan og‘ishmay rioya
qilinganda erishiladi.



Download 165.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling