Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy
Tezkorlik va uni tarbiyalashning uslublari
Download 165.78 Kb.
|
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maksimal kuchlanish
- Takroriy kuchlanish
6.2. Tezkorlik va uni tarbiyalashning uslublari
Tezkorlik muhim jismoniy sifatlar qatoriga tegishli. Tezkorlik – insonning muayyan sharoitda minimal vaqt sarflash bilan harakat faoliyatini bajarish qobiliyatidir. Tezkorlikning namoyon bo‘lishi asosiy omillari quyidagilar: a) harakatlantiruvchi ta’sirning yashirin davri (reaksiya); b) ayrim harakatlar tezligi; v) harakatlar chastotasi. Tezkorlikning bu shakllari ro‘y berishi biri ikkinchisiga bog‘liq emas. Harakatning yaxlit tezlikka egaligi uning muhim ahamiyatidir. Biroq u nafaqat tezkorlikning rivojlanishi darajasiga, balki masalan, yugurishda qadamlarning uzunligi, itarilish kuchi va boshqa omillarga ham bog‘liq. Insonning tezlik qobiliyati o‘ziga xos koordinatsion harakatlarga mansub bo‘ladi. Tezkorlikni aniqlashning eng qulay modeli yugurishdir. Uni bajarish vaqtida barcha uchta komponent namoyon bo‘ladi. Maksimal kuchlanish uslubining foydalanishi vaqtida og‘irlashtirish miqdori 1-3 tm atrofida tebranib turadi. Harakatlarda tezlik darajasi yuqori emas, tezlik sekindan to 42
tanaffusi 2 daqiqadan kam emas. Oxirgi kuchlanish bolalarning asab-ruhiy imkoniyatlariga katta talablar qo‘yadi. Shuning uchun bolalar bilan bu uslubdan foydalanish vaqtida katta ehtiyotkorlik kerak va haftada 1-2 martadan ortiq bo‘lmagan holda qo‘llash lozim. Takroriy kuchlanish uslubi to‘rt va undan ko‘proq takrorlashlar miqdori bilan kuch mashqlari bajarilishidan iborat. Izokinetik taranglashish uslubi. Izometrik taranglashishning bir yondashuvda muddati 6-8 s, bu mashqlarda zo‘r berish darajasi 70-100% atrofida tebranib turishi mumkin. Kuch yuklamalarining ayrim seriyalari o‘rtasida dam olishning intervallari kiritiladi, ularning davom etishi yurak qisqarishlari tezligining bir daqiqada 110-120 gacha zarb pasayish bilan aniqlanadi. Kuch yuklamalarini bajarish vaqtida dam olish intervallarining davom etishi 1,5 dan to 3 daqiqagacha tebranib turadi. Oddiy va murakkab harakatlantiruvchi reaksiyaning tezligini tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Murakkab harakatlantiruvchi reaksiyaning namoyon bo‘lish zaruriyati vaqtida o‘quvchi ta’sir qiluvchiga qanday javob berishni bilmaydi – murakkab vazifaning oldida turib qoladi. Masalan, gandbolchi darvozaga hujum qilayotib, koptokni o‘ng va chap, yuqori va quyi burchagiga tashlashi mumkin. Darvozabon koptok qaysi burchakka, qanday tezlik bilan va qaysi masofadan tashlanishini aniqlashi kerak, bularning hammasini hisobga olish bilan u harakatning optimal rejasini tanlashi kerak. Oddiy va murakkab harakatlantiruvchi ta’sirning yuqori darajasi sport o‘yinlarida va yakkama-yakka kurashlarda yuqori natijalarga erishishning muhim shartlaridan biridir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling