Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


VIII BOB. UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA


Download 165.78 Kb.
bet33/45
Sana18.11.2023
Hajmi165.78 Kb.
#1783959
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45
Bog'liq
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org

VIII BOB. UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA 

JISMONIY TARBIYA

8.1. Maktab o‘quv rejasi bo‘yicha jismoniy tarbiyaning 

umumiy kursi
Jismoniy tarbiyaning uslubi va metodik tamoyillari, tarbiya 
va ta’limning vositasi mashg‘ulotlar borishida mashqlarni
amalga oshirish orqali hayotga tatbiq etiladi. Bizning 
maktablarimiz uchun mashg‘ulotlarning katta xilma-xil
shakllari xarakterlidir.
Shu bilan birga uslubiy manbalar qatorida faqat jismoniy
mashg‘ulotlarning davom etish vaqtini ko‘paytirish zaruriyatidan 
kelib chiqqan holda o‘quvchilar ehtiyojlari qondiriladi.
Maktab o‘quvchilari jismoniy tarbiyasining amaliyoti va 
nazariyasida uning barcha shakllarini ikki guruhga bo‘lish qabul
qilingan. Birinchisi – barcha darslarda amalga oshiriladigan
asosan, o‘quv-ilmiylik jarayonini ifodalasa, boshqasi –
darslardan tashqarida majmuali tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishdir.
O‘z navbatida darslar va darsdan tashqari shakllar bilan
shug‘ullanuvchilar kontengentining mashg‘ulotlar o‘tkazish 
joyi va vaqtiga bog‘liq holda mazmunan va boshqa omillarga
ko‘ra ko‘proq kichik guruhlarga bo‘linadi.


8.2. Darsning xarakterli belgilari va unga qo‘yiladigan 

umumiy talablar
Darsning 
xarakterli
belgisi

jismoniy


tarbiyani 
uyushtirishning boshqa shakllaridan quyidagilar bilan farq
qiladi:

1.Ilmiylik vazifalarini yechish bilan didaktik bosh


maqsadining aniq ifodalanganligi.


55
2.O‘qituvchining o‘quvchilarni tarbiyalash va fanni 


o‘qitishga qaratilgan yetakchi roli.
3.Yuklama me’yori va o‘quvchilar faoliyatining qattiq 
tartibga tushirilganligi.
4. Shug‘ullanuvchilar tarkibining doimiyligi va ularning 
yoshi bir xilligi.
Shuning uchun zamonaviy dars bilimlarini egallashi bo‘yicha 
majmuali rejalashtirish, maktab o‘quvchilarining qobiliyatlari,
emotsiyalari, erkinligi va intellektuallari rejalanishi, ularni 
sog‘lomlashtirish, shaxsning g‘oyaviy-axloqiy sifatlarini
amaliy tarbiyalashni uddalay bilish xarakterlidir.
1.Vazifa o‘quvchilarning individual ruhiy va jismoniy
rivojlanishining belgilari asosida differensiyalashtirilgan va 
aniqlangan bo‘lishi kerak.
2.Darslar tizimini tuzayotib, har bir darsni oldingi va 
kelajakdagisi bilan mustahkam bog‘langanligini e’tiborga olish
kerak. Yangi materialni o‘rganayotib, maktab o‘quvchilari 
ilgari o‘rganilgan mashqni mustahkamlashi va takrorlashlari
zarur. Bunday tizim tor o‘quv vazifalarini izchil yechilishini 
ta’minlaydi.
3 Zamonaviy dars o‘quvchilar mustaqil o‘quv faoliyatining 
yaxshi uyushtirilganligi bilan farq qiladi. O‘qituvchi ularni o‘quv
ishlari mahorati va uddalay bilishlarini, o‘z-o‘zini nazorat qilish 
va mustaqil o‘rganish usullari bilan muntazam qurollantirishi,
shu bilan jismoniy mashqlarni muntazam ravishda tarbiyalab, 
harakat madaniyatining shakllanishiga erishadi.
Qayd etilgan talab, jismoniy tarbiyaning umumiy va uslubiy 
usullaridan kelib chiqadi va barcha sinflarda darslar o‘tkazish
paytida majburiydir.



Download 165.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling