Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy
Darsning mazmuni va uning tuzilishi
Download 165.78 Kb.
|
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning tuzilishi.
8.3. Darsning mazmuni va uning tuzilishi
Darsning mazmuni deganda ko‘pincha o‘quvchilarga taklif qilinadigan jismoniy mashqlarning muayyan to‘plami ko‘zda 56
natijaga erishish uchun eng muhimi rejalashtirilgan mashqlar bilan shug‘ullanuvchilarning turli xil faoliyatini bajarish jarayonini amalga oshirish zarur. O‘quvchilar faoliyatining ushbu unsurlari darsning oxirgi natijasiga ham bog‘liqdir. Faoliyatning bu elementlari mashg‘ulotning asosiy mazmunini tashkil etadi. Biroq har bir sinf va o‘quvchining aniq harakati o‘qituvchining muayyan faoliyatini keltirib chiqaradi. U ushbu darsda vazifalar qo‘yishda, muayyan aniq vazifalarni yechish va ularning bajarilishi uchun sharoitlar yaratishdan iboratdir. O‘qituvchi o‘quvchilarning faoliyati ustidan kuzatishni amalga oshiradi, ularning harakatini to‘g‘rilaydi va baholaydi, yuklamani me’yorlashtiradi, hatti-harakatlarini boshqaradi, bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yaxshilaydi va boshqalar. Pedagogning bu ko‘p qirrali faoliyati, shug‘ullanuvchilar harakatini belgilovchi va yetakchi omilidir, shuning uchun ham u darsning salmoqli qismini tashkil etadi. Darsning mazmuni o‘qituvchi tomonidan rejalashtiriladi, biroq pedagog bolalar bilan hamkorlikda ishlash jarayonida vujudga keladigan sharoitlar va vaziyatlarning barcha elementlarini oldindan ko‘ra olmaydi. Shuning uchun ish amaliyotida darsning mazmuni loyihalashtiriladigan va uni o‘tkazish jarayonida tarkib topadigan aniqlik farqlanadi. Aniqlik darsning mo‘ljallangan mazmuni bilan to‘la mos kelmaydi. Bu holatni o‘qituvchi darsni o‘tkazish jarayonida hisobga olishi kerak. Darsning tuzilishi. O‘qituvchi dars mazmunining barcha elementlarini darsni o‘tkazish jarayonida loyihalashtirgan bo‘lishi kerak. Ish qobiliyatining bir nechta zonasi mavjud: ish qobiliyati zonasi, start oldi holati zonasi, ishga kirishish ish zonasi, 57
yo‘qotish zonasi. O‘quv-tarbiya jarayonining mantig‘i kuyidagilarni talab qiladi: 1. Bilish faoliyatiga shug‘ullanuvchilarning izchil qo‘shilishi. 2. Jismoniy ish qobiliyatining zaruriy darajasiga asta-sekin erishish. 3. Ushbu mashg‘ulotga mo‘ljallangan ta’lim, sog‘lomlashtirish va tarbiyalash vazifalapini muntazam ravishda yechish. 4.O‘quvchilarning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatli ko‘maklashuvchi organizmning ishdan keyingi holatini yaxshi ta’minlash. Dars qismlarga bo‘linganidan keyin, dars tuzilishining umumiy vazifalarini eng yaxshi tarzda yechishga imkon beruvchi jismoniy mashqlarni (ularning ketma-ketligi ham) tanlash mashqlar ketma-ketligini aniqlashning zaruryatidan kelib chiqadigan ma’lum hodislar bilan bog‘liq. Darsning tuzilishini hal qiluvchi uchinchi bosqichi, darsni o‘tkazish jarayonida foydalaniladigan uslublar har bir mashqqa qo‘llanishi har qanday pedagogik vazifani yechishda shug‘ullanuvchilar va pedagogning izchil harakatlari o‘zaro aloqadorligini aniqlashdan iboratdir. Shunday qilib, har bir dars ma’nodor, uslubiy va tashkiliy elementlar birligini ifodalaydi. Bu birlikning buzilishi, qayd qilib o‘tilgan elementlardan har birining muhimligini e’tiborga olmaslik yoki tushunmaslik dars samaradorligining pasayishiga olib keladi, mo‘ljallangan vazifalarni yechish imkoniyatiga shubha tug‘diradi. Download 165.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling