Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


Darsning vazifalarini aniqlash


Download 165.78 Kb.
bet35/45
Sana18.11.2023
Hajmi165.78 Kb.
#1783959
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45
Bog'liq
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org

8.4. Darsning vazifalarini aniqlash
Bolalar har bir darsda yangi topshiriq va malaka olishlari, 
jismoniy mashqlarning maqsadga qaratilgan mashg‘ulotlar



58
jarayonida ularning jismoniy rivojlanishini yaxshilanishining 


ko‘rishi kerak. Shu bilan birga har bir o‘quvchi o‘zining shaxsiy
rekordiga ega bo‘lishi va o‘zi bunga yaqinlashtirilishi kerak.
O‘quvchilar jismoniy tarbiyasining maqsadi har xil
sharoitlarda hayotiy zaruriy harakatlarni boshqarishni bilish
maktab kursining tugatish vaqtida o‘quvchilarni g‘oyaviy
shakllantirish hamda uni amaliyotda qo‘llashdir.
Har qaysi o‘quv yilining maqsadi ushbu sinf uchun maktab
dasturi nazarda tutgan materialni o‘zlashtirishdir. Darslar 
seriyasida yoki o‘quv choragida maqsadli mashqlar bajarilsa,
uni hayotga singdirishga xizmat qilishdir. Masalan, uzunlikka 
sakrashni o‘rganib olish.
Biri boshqasidan kelib chiqadigan maqsadning barchasi har 
bir darsda aniq vazifalar qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Jismonii tarbiya darsiga quyiladigan vazifalar maqsadga 
qaratilganligidan kelib chiqib uchta guruhga bo‘linadi: ta’lim,
tarbiyalovchi va sog‘lomlashtiruvchi.


Ta’lim vazifasi ta’lim jarayonining mazmunini aniqlaydi,
o‘quv faoliyatining maqsadga qaratilgan ko‘rsatmasini beradi, 
darsning aniq natijasini mo‘ljallashga imkon beradi. Ammo
bu samaraga faqat ular to‘g‘ri ifodalangan sharoitda erishilgan 
bo‘ladi.
Ta’lim vazifasining noaniq quyilishi o‘quv jarayonining 
buzilishiga olib keladi, o‘quvchilar faolligiga ko‘maklashmaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim vazifalari aniq qo‘yilishi barcha harakatlar 
o‘zlashtirilishiga sabab bo‘ladi. Masalan, yuqoriga sakrashni
egallash uchun avvalo yugurib borish, depsinish yoki taxtaning 
ustidan o‘tish, yerga qo‘nish vazifasi qo‘yilishi zarur. Shu
bilan birga alohida harakatlarni o‘zlashtirish tartibida ularning 
bajarilishini tartibsiz amalga oshirish mumkin. Chunonchi,
balandlikka sakrash, yugurib kelish, depsinish, uchish va yerga 
qo‘nish bilan o‘zlashtirishdan boshlanadi.



59
Bundan tashqari darsning vazifasi «tanishtirish» (masalan, 


musobaqalar qoidalari, «Alpomish» va «Barchinoy»
majmuasining talablari va normativlari bilan) va «baholash» 
(ayrim mashqlar va kombinatsiyalarning bajarilishini) so‘zlari
bilan ifodalangan bo‘lishi mumkin.



Download 165.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling