Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy
Download 165.78 Kb.
|
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.5. Darslarni kuzatish
Sog‘lomlashtirish – o‘qituvchi ta’lim vazifasi bilan parallel
tarzda sog‘lomlashtirish vazifasini ham quyadi. Buning uchun darsda bajariladigan jismoniy mashqlar shug‘ullanuvchilar organizmiga ma’lum darajada ta’sir o‘tkazishiga ko‘maklashuvchi qator tadbirlar amalga oshiriladi. Shu asosda mashg‘ulotlarni gigiyenik sharoitda o‘tkazish, ularni toza havoda uyushtirishning zaruriy jismoniy yuklamasini to‘g‘ri tashkil qilish katta ahamiyatta ega. Sog‘lomlashtirish vazifalarini yechish tufayli bir nechta mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan, vaqtincha jismoniy yuklamalardan ozod etilgan, salomatligining holati bo‘yicha maxsus tibbiy guruhlarga kiritilgan o‘quvchilar bilan mashg‘ulotlarni alohida tashkillashtirish talab qilinadi. Shug‘ullanuvchilarni jismoniy mashqlarni mustaqil bajarishga o‘rgatish juda muhimdir. Ta’lim bilan parallel tarzda sog‘lomlashtirish vazifasini amalga oshirayotib, o‘qituvchi vaqti-vaqti bilan ularga e’tibor qaratishi lozim. Darslarni kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ba’zi bir o‘qituvchilar o‘quvchilarning ruhiy tayyorgarligiga yetarlicha ahamiyat bermaydilar. Bu o‘quvchilarni o‘z holatini boshqarishni uddalay bilish ta’limi va topshiriqlarni bajarishga undaydi. Darsni har tomonlama baholash uchun taklif qilingan normaga ko‘ra organizmga ta’sirini aniqlash uchun xronometraj olib borishga murojaat qiladilar. 60
8.5. Darslarni kuzatish Darsni kuzatish uchun «o‘rtacha» o‘quvchi olinadi. Qo‘ng‘iroq jaranglashi bilan sekundomer ishlatiladi va darsning oxirigacha to‘xtatilmaydi. Kuzatuvchi ishtirok etuvchilarning barcha harakatlarini maxsus tayyorlangan bayonnomaga muntazam yozib boradi, har bir asosiy mashqlardan keyin u o‘quvchining yurak tomir urishi o‘zgarishining natijasini bayonnomada qayd etib boradi. Dars boshlanishidan 5 daqiqa oldin o‘quvchining puls – yurak-tomir urishi aniqlanadi va me’yor deb hisoblanadi. Dars tugaganidan keyin oxirgi yurak-tomir urishi o‘lchanadi. Bayonnomani olib boruvchi dastlab sekundomerning ko‘rsatmasini yozadi, so‘ngra grafikka muvofiq navbatdagi harakatni qayd qilib boradi. Har bir harakatga sarflangan vaqt sekundomerning navbatdagi ko‘rsatkichi keyingi grafada ro‘yxatga olingan avvalgi ko‘rsatkichdan chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Bayonnomada shug‘ullanuvchilarning barcha harakatlari qayd qilinadi, o‘qituvchi faoliyatining samaradorligi bilan bog‘liqlikda maqsadga muvofiq va maqsadsiz bo‘lishi mumkin. Masalan, uzunlikka sakrashlar boshlanishidan oldin sakrash joyida tayyorgarlik o‘tkazilganligi bayonnomada qayd etilgan. Dam olishda, ishda barcha maqsadga nomuvofiq sarflangan vaqt mashq belgisi bilan grafada harakatlantirshning borishi bo‘yicha yoziladi. Darsning vaqti tugaganidan so‘ng barcha zaxiralar vertikal bo‘yicha jamlanadi va darsning zichligini aniqlash uchun xizmat qiladi. Download 165.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling