Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy
Maktab darslarining xilma-xilligi
Download 165.78 Kb.
|
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darslar mazmunining harakatlari bo‘yicha tasnifi.
- 8.7. O‘quv kuni tartibida jismoniy tarbiyaning shakllari
8.6. Maktab darslarining xilma-xilligi
Jismoniy tarbiya darsi ko‘pgina tavsiflarga ega. Ulardan har biri ularning klassifikatsiyasi asosiga qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Biz maktab darslarining xilma-xilligini qarab chiqamiz. Ular ish amaliyotida tez-tez uchrab turadi. 61
Darslar mazmunining harakatlari bo‘yicha tasnifi. Barcha darslar ularning mazmunidan kelib chiqib ikki katta guruhga ajratilgan bo‘lishi mumkin: sport turlari bo‘yicha majmuali darslar. Sport turlari bo‘yicha darslarning asosiy qismi mazmuniga dastur bo‘limidan bittasi (yengil atletika, gimnastika va boshqalar) kiritiladi. Bunday darslar asosan yuqori sinflarda o‘tkaziladi. Ular o‘tkazilish uslubi bo‘yicha muvofiq sport turlari mashg‘ulotlari uslubiga yaqin keladi. Kichik va yuqori sinflarda sport turlari bo‘yicha darslar faqat suzish tayyorgarligi buyicha o‘tkaziladi. Bu darslar ularni o‘tkazish sharoitlarida boshqa bo‘limlardan material ko‘rishga imkon bermaydi. Majmuali darslarda bitta darsda dasturning har xil bo‘limlarida materiallar kiritiladi. Ammo bitta darsda har xil mashqlar birlashtirilishi norasmiy xarakterga ega. Majmuali darslardan kichik va o‘rta yoshdagi maktab bolalari bilan ishlaganda ham foydalaniladi. Yechiladigan vazifalarga qarab o‘quv, mashg‘ulot, nazorat va aralash (kombinatsiyali) darslarga bo‘linishi mumkin. O‘quv darslarida asosiy e’tibor mashqlar to‘g‘ri bajarilishiga qaratiladi. 8.7. O‘quv kuni tartibida jismoniy tarbiyaning shakllari Jismoniy tarbiya darslari jismoniy tarbiya o‘qituvchisi kuzatuvi ostida, instruktorlar yordamida, sinf rahbari yoki sinf tarbiyachisi rahbarligida uyushtiriladi. Mashg‘ulotlargacha o‘tkaziladigan gimnastika. Qator mutaxassislar va o‘qituvchilar fikriga ko‘ra, bu shakl eng ko‘p murakkab hisoblanadi. Ayni vaqtda, ko‘pgina maktablarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, barcha zaruriy tashkiliy va uslubiy shakllarga rioya qilinganda bu kiyinchiliklarni hal qilish mumkin. Bu shakllarga quyidagilarni kiradi: 62
- bolalarning maktabga ko‘proq barvaqt kelishi zaruriyatini ota-onalar bilan kelishib olish; - maktabning barcha pedagoglarini gimnastikani shaxsan bajarishni uddasidan chiqishga tayyorlash, unga rahbarlik qilish va uni nazorat qilish; - mashg‘ulotlar joylarini ochiq havoda va sport zallarda tayyorlash; - faol o‘quvchilarni tayyorlash; - o‘quvchining shaxsiy manfaatdorligini oshirish uchun mashg‘ulotlargacha gimnastika va ertalabki gimnastika mashq vazifalari farqini tushuntirish. Faqat bu masalalar yechilgandan keyin mashg‘ulotlar boshlanishiga qadar gimnastikani uyushtirishga kirishish mumkin. Mashg‘ulotlargacha gimnastika quyidagi o‘ziga xos vazifalarni yechadi. O‘quv kunining boshlanishida o‘quvchilarni uyushtiradi, birinchi darsda o‘quvchilarning ishga layoqatliligini oshiradi, qaddi-qomati buzilishidan ogohlantiradi. Gimnastikani mashgulotlargacha navbatchi o‘qituvchi boshqaradi. Har bir sinfga fizorg va instruktor rahbarlik qiladi. Sinf rahbari va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi mashqlarni sifatli bajarilishiga ko‘maklashadilar va choralar ko‘radilar hamda nazorat qiladilar. Gimnastikani sinflar v guruhlar bo‘yicha (1-3, 4-6, 7-8, 9-11) yoki har bir sinf bilan alohida o‘tkazadilar. Download 165.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling