64
tarbiyaning vazifalariga va maqsadiga muvofiq keladi. Maktab
jismoniy tarbiyasining maqsadi jismoniy tarbiya va sportni har
bir insonning hayotiy ehtiyojga aylantirishdir.
Bularga og‘zaki, targ‘ibot va tashviqot, nashriyot targ‘iboti,
ko‘rgazmali targ‘ibotlar kiradi.
Maktabda jismoniy tarbiya faollarini tayyorlash.
Jismoniy tarbiyaning sinfdan tashqari ishlari ham boshqa ko‘p
qirali ishlar kabi o‘quvchilarning mustaqil folligi sharoitida
bajariladi.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari o‘z e’tiborlarini
har bir
maktabda o‘z atrofida iloji boricha ko‘proq, nafaqat sportchilar,
balki qobiliyatli o‘quvchilarni musobaqaga jalb qilish, baza
yaratish hamda targ‘ibot va tashviqot olib borishga qaratishi
kerak.
Maktabda o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasi uchun
rahbariyat amalga oshiruvchi tayyorgarlikdan boshqa
tashviqotlar ham o‘tkaziladi.
Faollikning eng optimal yosh tarkibi 7-8-sinflardir. Agar
bu sinf o‘quvchilari tashkilotchilik san’atini uyushtirishni
boshlasalar, u holda 9 sinfda o‘qituvchining barkamol
ixtisoslashgan yordamchisi bo‘ladi.
O‘z-o‘zini
tekshirish uchun savollar
1. Darsning xarakterli belgilari niamalardan iborat?
2. Jismoniy tarbiya darsiga qanday talablar qo‘yiladi?
3. Darsning vazifalari qanday aniqlanadi?
4. Darsda pulsometriya va xronometraj qanday olib
boriladi?
65
IX BOB. JISMONIY TARBIYA BO‘YICHA ISHLARNI
HISOBGA OLISH VA REJALASHTIRISH
Jismoniy tarbiya bo‘yicha ishlarni o‘rganish tajribasi
shuni ko‘rsatadiki: o‘z faoliyatini
loyihalashtirishga jiddiy
munosabatda bo‘lgan pedagoglar eng yuqori natijalarga
erishadilar.
Rejalarning aniq vazifasi va maqsadni aniqlash ancha
oldinga
qarashga imkon beradi, qo‘yilgan vazifalarni amalga
oshirishning eng samarali vositasini nazarda tutadi. Amaliyotda
rejalashtirishning
yetarlicha
baholanmaslik
xodisasi,
muvaffaqiyatli ishning birinchi maqsadiga rasmiy munosabatda
bo‘lish hodisasi uchrab turadi. Vaholanki, rejalashtirish – bu
ishning
mexanik konsepsiyasi, o‘quv dasturini mulohazasiz
ko‘chirish ham emas, balki jismoniy
tarbiyaning imkoniyatlari
va hodisalari mohiyatiga chuqur kirib borishdir.
Rejalashtirish ishning tahlili asosida to‘g‘ri xulosa
chiqarishning bajarilishini bilishdan tashkil topadi. Darslarning
muntazam tahlili pedagogik harakatlar tezlik darajasini,
o‘quv materialining optimal nisbatini, dam olishning mumkin
bo‘lgan oralig‘ini, mashqlarning
eng maqbul izchilligini
mashg‘ulotlarning zaruriy me’yorini o‘qituvchiga ko‘rsatib
turadi, ya’ni ularsiz rejalashtirishni mukammallashtirish
mumkin emas.
Shunday qilib, rejalashtirish – bu ta’lim va tarbiya jarayoni
tizimini shakllantiruvchi uslubiy hujjatlar tuzib chiqishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: