Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


Download 165.78 Kb.
bet17/45
Sana18.11.2023
Hajmi165.78 Kb.
#1783959
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
Bog'liq
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org

4.4. Ko‘rgazmalilik tamoyili
Ta’lim o‘rganilayotgan mashqlar to‘g‘risida muayyan 
tasavvur hosil qilish bilan boshlanadi. Shu bilan birga tasavvur
hosil qilishi uning ko‘rish, eshitish, taktik va mushak, idrok 
etishiga asoslanishi kerak. Ko‘rgazmalilik nafaqat ko‘rish
vositasi bilan, balki boshqa analizatorlarni safarbar qilish yo‘li 
bilan ham amalga oshiriladi. Ishlar amaliyotida bevosita va
bilvosita ko‘rgazmali ko‘rsatish farqlanadi.


4.5. Bevosita ko‘rgazmalilik
Bevosita ko‘rgazmalilik o‘rganilayotgan mashqni obrazli 
tasvirlash, tayyorlangan va tayyorlanmagan o‘quvchilarga
o‘qituvchi mashqini ko‘rsatish vositasi bilan amalga oshiriladi.
O‘qituvchi mashqni ko‘rsatishdan tez-tez foydalanadi, shu
sababli unga xususiy yordamchi talab qilinadi. Unga quyidagi 
talablarni qo‘yadi:
1. Hamma mashqni yoki uning bir qismini ko‘rsatishi, har 
qanday paytda ko‘rsatish aniq namuna bo‘lib xizmat qilishi
kerak. O‘quvchi uni qayta tiklashi lozim. Bu yerda bajarishning 
haddan tashqari yaxshi varianti to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, har
qanday usul bilan balandlikka sakrashda balandlikning ushbu 
toifasini o‘quvchilar uchun sinovga ko‘rsatish tavsiya qilinadi.
2. Imitatsiyali ko‘rsatishdan keng foydalanish kerak. Bu 
murakkab mashqlarni yaxshi idrok etishga ko‘maklashadi.
Taqlid qilishni har xil usullar bilan amalga oshirish mumkin.


27
3. Har bir ko‘rsatish vaqtida mashqning muayyan qismiga 


o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish zarur.
4. Mashqlarni ko‘rsatish, idrok qilish qobiliyatini 
faollashtirish, savollar bilan kuzatish, sharxlash kerak. Bu
talab o‘rganilanayotgan mashqlarni ko‘rsatishga tegishli. 
Bu yerda o‘qituvchi ko‘rsatishni sharxlash imkoniyatiga
ega. Bu shubhasiz, katta foyda keltiradi. Bunday hollarda 
o‘quvchilar mashqni bajarish uchun kuzatish to‘g‘risida
ogohlantirilmaydilar. Chunki ogohlantirish voqyealarning 
sog‘lomlashtiruvchi ta’sirini o‘zgartirishi mumkin.

Download 165.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling