Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy
Download 165.78 Kb.
|
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.9. Yuklamani tobora oshirib borish tamoyili
4.8. Muntazamlik tamoyili
Muntazamlik tamoyili asosida qator holatlar yotadi. Ularni uchta o‘quv jarayonini tashkillashtirishda: tartibsizlikning namoyon bo‘lishi, rejasiz ish bilan kurashish, vositalarni tasodifiy tanlash bilan talab darajasiga keltirish mumkin: Muntazamlik tamoyilini singdirishda sport pedagogi nimani hisobga olishi kerak? 29
qator talablarga rioya qilish zarur. O‘quv dasturi materialida jismoniy mashqlarning har bir turi mavjud turkumlarga binoan va bo‘limlar bo‘yicha bayon qilingan. Masalan, yengil atletikada yugurish, sakrash va uloqtirish mashqi alohida sanab chiqilgan. Shuning uchun har bir sinf uchun barcha material rejalashtirish vaqtida bir tizimga noma’lumga, oddiydan, murakkabga, yengildan qiyinga keltirilishi kerak. Boshqacha so‘z bilan aytganda, bu tizimda o‘quv materialining har bir qismi alohida bosqichni ifodalaydi va keyingi bosqich uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Ammo bu faqat ishning yarmi xolos. 4.9. Yuklamani tobora oshirib borish tamoyili O‘quvchi takroran bajargan vaqtda yaxshi natijani ko‘ra olishiga qodir bo‘lsa, mashqni puxta egallangan deb hisoblash kerak. Masalan, oldinga egilishni bajarayotib, har safar chuqurroq egilish, shu bilan birga ko‘krakni oxirgi holatga yetkazishga intilish kerak, (miqdoriy ko‘rsatkich) va bir vaqtning o‘zida bajarilishning sifat tomonini kuzatish: oyoqlarni bukmaslik, bel to‘g‘riligiga rioya qilish, balandlikka sakrashning to‘liq o‘zlashtirilishini bajarish yuqori sakrashga intilish bilan kuzatilishi kerak. Bu intilishga ushbu harakatlantiruvchi harakatning bajarilish sifati bo‘ysundirilgan bo‘lishi lozim. Jismoniy mashqlarni mustahkam o‘zlashtirish uchun takrorlashlarning yetarlicha miqdorini ta’minlash zarur. Amaliyotda talablar oshirilishining ikki xil shaklidan foydalaniladi. Birinchisi, har bir mashg‘ulotda yangi vazifalar qo‘yishni nazarda tutadi. Undan o‘rgatishning boshlang‘ich bosqichlarida yoki kasallik va boshqa sabablar tufayli katta tanaffuslardan keyin ishga kirishish vaqtida foydalaniladi. Uzoq vaqt davomida talablar oshishining pog‘ona usulidan foydalanadilar. Uning mohiyati shundan iboratki, bir qancha 30
talablar qo‘yadi. Yangi topshiriq shug‘ullanuvchilarga ilgari qo‘yilgan mashqlar adaptatsiyasidan keyin beriladi. Biroq umumiy tendensiyalar fonida talablar oshishining ko‘tarilish va pasayish davrlari kuzatiladi, ya’ni to‘lqin vujudga keladi. Bu to‘lqinlarda yuklama oshishining pog‘onali va to‘g‘ri chiziqli shakllari yuzaga keladi. O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 1. Jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillariga nimalar kiradi? 2. Ko‘rgazmalilik tamoyillaridan kelib chiqadigan talablar nimalardan iborat? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling