34
5.3. Qat’iy tartiblashtirilgan uslublar
O‘quvchilarning harakatlantiruvchi faoliyatiga
asoslangan ushbu jismoniy mashqning bajarilish sharoitlari
reglamentatsiyasi darajasiga bog‘liq
holda uslublar ikki
guruhga bo‘linadi. Qat’iy tartiblashtirilgan mashq (qismlar
bo‘yicha o‘rganish) va qisman tartiblashtirilgan (o‘yinli
va musobaqalashuvchi) mashq. Bu farqlar nisbiy bo‘lib,
tartiblashtirish har qanday uslubda mavjud.Uning turli xilligi
faqat tartiblashtirishning xarakteri va darajasidir.
5.4. Qat’iy tartiblashtirilgan mashqning uslubi
Bu uslublar yuklamaning miqdori uning oshishi, dam olish
bilan almashinuvi va h.k., harakatlarning qat’iy
tartiblashtirish
shakllari uning ko‘p marta bajarilishi bilan xarakterlanadi.
Bu guruhga tegishli uslublar bir-birini to‘ldiradi va ko‘pgina
shartlar bilan muvofiqlikda qo‘llaniladi. Ular aniq o‘quv
vazifasini aniqlaydi: o‘quvchilarning guruhli va shaxsiy
xarakterini, ta’limning bosqichlarini, o‘quv materialining
mazmuni va xarakterini, ta’limning mahalliy sharoitlari hamda
o‘quv vositalarining mavjudligi (inventarlar, asboblar) va
boshqalarni aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: