Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy
VII BOB. MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR
Download 165.78 Kb.
|
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org
VII BOB. MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR
JISMONIY TARBIYASINING UMUMIY TAVSIFI 7.1. Jismoniy tarbiyaning ba’zi bir tomonlari O‘g‘il bolalarda (12 yosh) jinsiy yetilishning boshlanishi bilan bo‘yning oshishi yiliga 6-10 sm, gavda og‘irligi 4,0 kg, ko‘krak qafasining aylanasi esa 3-5 sm ga yetadi. Tana uzunligining o‘sishi, ayniqsa, 12 yoshdan 16 yoshgacha jadal rivojlanadi, gavda vazni o‘rtacha 25-35 kg ni tashkil qiladi. Shunday qilib, o‘smirlar va yoshlarning notekis jismoniy rivojlanishi ro‘y beradi. Gavda vazni, bo‘yning va ko‘krak qafasi aylanasining o‘sishi tengsiz proporsiyalarda namoyon bo‘ladi. Barcha yoshdagi guruhlarda vaznning o‘sishi, ko‘krak qafasining o‘sishidan ko‘ra ancha yuqori. O‘g‘il bolalarda mushaklarning ko‘ndalang hajmlari va og‘irligining o‘sishidan gavda uzunligining oshish ustunligi ko‘proq. Mushaklar massasi tana massasiga nisbati bo‘yicha 15 yoshda taxminan 33% ga yetadi, 17-18 yoshda esa 44% ni tashkil qiladi. Maktab yoshida tezkorlik sakrab-sakrab sentitiv o‘sishning ikki davri orqali o‘tadi: birinchisi -8-10 yoshda, ikkinchisi 13- 15 yoshda, 15-17 yoshda yugurishning tezkorlik darajasi hatto birmuncha pasayishi, masofadan o‘tish tezligi faqat qadamlar uzunligi va oyoqlar kuchining ko‘payishi hisobidan o‘sishi mumkin. Bunday tabiiy qonuniyat aynan o‘xshash yoshda uslublar va vositalarni tanlashni talab qiladi. Qizlarda mushak kuchining sakrab-sakrab o‘sishi 10 dan 13 yoshgacha davrda kuzatiladi. 14 yoshda kuchning tabiiy o‘sishi ularda sekinlashadi, 14-16 yoshlar o‘rtasida esa hatto pasayishi mumkin. 17 yoshda qizlarda kuchning ko‘rsatkichlari yana ko‘payadi, ammo nihoyatda kam. 47
o‘sishi ro‘y beradi. 15 dan 17 yoshgacha esa barcha mushak guruhlarining absolut kuch ko‘rsatkichlari keskin sakrashi ta’kidlanadi, 18 yoshda mushak kuchning jadal o‘sishi ancha pasayadi, ba’zida esa batamom to‘xtaydi.. Chaqqonlikni (yoki koordinatsion qobiliyat) tarbiya 7 dan to 12-13 yoshgacha eng ko‘p darajada e’tibor beriladi. Shunga qaramasdan, koordinatsiyaga ega, lapashang o‘smirlar chaqqon yuqori koordinatsiyaga ega bo‘lgan tengqurlari bilan unchalik teng emas. Maktab yoshidagi bolalarning organizmi ikki muhim xususiyatga ega, ularni bilish maktab o‘qituvchisiga jismoniy sifatlarni tarbiyalash masalalarini muvafaqqiyatli yechishga imkon beradi: Download 165.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling