Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi bolalar jismoniy


Download 165.78 Kb.
bet31/45
Sana18.11.2023
Hajmi165.78 Kb.
#1783959
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45
Bog'liq
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org

7.2. Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi bolalar jismoniy 

tarbiyasi 

7.2.1. Vazifalari
Ilmiylik vazifalari boshlang‘ich ta’lim yoshida harakat 
ko‘nikma va malakalarini egallash bilimining tashkil topishi,
shuningdek, chiniqish, shaxsiy gigiyena, harakat tartibi 
to‘g‘risida, inson salomatligi uchun jismoniy mashqlar
ahamiyati haqida bilimlarni egallash bilan bog‘liq.
Bu yoshda vujudga kelgan shartli aloqalar tizimi ancha
mustahkamligi bilan farq qiladi va kelajak hayotida harakat 
sifatlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Jismoniy sifatlarning rivojlanishi – boshlang‘ich ta’limda 
jismoniy tarbiyaning oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
Eng ko‘p darajada bu tezkorlik va chaqqonlik sifatlariga 
tegishlidir, chunki kichik sinflarda o‘rgatish aynan shu sifatlar
jadal rivojlanishi uchun eng kulay bo‘lgan davr bilan mos 
keladi.



48
Chidamlilikni rivojlantirishda asosiy vazifa bolalar 


organizmining aerobli imkoniyatlarini oshirishga ko‘maklashish
va shu asosida umumiy chidamlilikni ta’minlashdan iboratdir.
Kuchni rivojlantirish vazifasi eng avvalo gavdani
shakllantirish va rivojlantirishida qoloq mushak guruhlarini 
mustahkamlash bilan bog‘liq.
Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida egiluvchanlikni 
yoshning tabiiyligi bilan muvofiqlikda to‘qimalar elastikligining
kamayishi va mushaklar massasining oshishi ko‘rsatkichlari 
pasaymasligi uchun optimal chegaralarda saqlab turish kerak.
Jismoniy tarbiya va sportga qiziqish uyg‘otish vazifasini 
boshlang‘ich ta’limda yechish kerak. Chunki bolalikda
o‘rganilgan odat, juda mustahkamdir. Bolalarda jismoniy 
mashqlarga turg‘un qiziqish faqat ularga quvonch olib kelgan
mashg‘ulotlardagina bo‘lishi mumkin.


7.3. Uslublarning xususiyatlari
Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlashda 
mashq usulini jalb qilishning ba’zi bir xususiyatlari:
– o‘rgatish vaqtida afzal ko‘rishni amaliy mashqqa berish 
kerak, uni unsurlarga bo‘lib yuborish bajarishga qiziqishni
pasaytiradi;
– ayni bir xil mashqni ko‘p marta takrorlash bolalarni
charchatadi, ammo busiz harakat ko‘nikmasini shakllantirib 
bo‘lmaydi. Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi o‘quvchilarni
muvafaqqiyatli o‘rgatish uchun mashqni o‘zgartirish, 
bajarilish sharoitini yaxshilash, dastlabki holatini, harakatning
yo‘nalishini va hokazolarni o‘zgartirish zarur;
– metodik usul sifatida bevosita yordam (yoki o‘tkazish)
dan foydalanish kerak. Bu usul 6 yoshdagi bolalarni o‘rgatish 
uchun zarur;



49
– mashg‘ulotlarda uzoq davom etgan tanaffuslar ta’lim 


jarayoniga salbiy ta’sir qiladi, yangi mashqni ketma-ket 3-4
darslarda o‘rganish kerak, so‘ngra esa ayrim unsurlarini aniqlash 
bilan keyingi mashg‘ulotlarda vaqti-vaqti bilan takrorlash;
– boshlang‘ich ta’lim maktab o‘quvchilarini o‘rgatish 
vaqtida ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlash uslublaridan
foydalanish xususiyatlari;
– ko‘rsatishni nafaqat pedagogning o‘zi bajarishi, balki
ta’limning borishida namoyish qiluvchi sifatida mashqni 
yaxshi bajargan bolani tanlash maqsadga muvofiqdir. Bu
boshqa bolalarni mashqning yengilligiga ishontiradi, ularning 
faoliyatini faollashtiradi, harakatni uzlashtirish jarayonini
jadallashtiradi;
– tabiiy ko‘rsatishdan tashqari ko‘rgazmali qurollardan
ham foydalanilsa bo‘ladi. Bunda bolalar bajara oladigan 
mashqlar yoki maketlar, diafilmlar va boshqalar, buyoqli rangli
tasvirlangan bo‘lishi kerak.
Ko‘rgazmali qurolning aniqligi, barchaga jozibadorligi
bilan mashqning tuzilish asosini, uning asosiy unsurlarini 
ajratib ta’kidlash kerak;
– kattaroq ko‘rgazmalikka ko‘maklashuvchi metodik usul 
– predmetli mo‘ljallardan foydalanish. Bolalar bilan ishlash
vaqtida quyidagi predmetlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir: 
bayroqchalar, rangli fishkalar, tayoqchalar, chambaraklar,
osib qo‘yilgan koptokchalar, xalqalar, shuningdek, polga, 
devorga, asfaltga, yulakchalarda bo‘yoq yoki bo‘r bilan
yozilgan ko‘rsatkichlar. Masalan, tog‘li joylarda chang‘ida 
yurishni o‘rgatish vaqtida an’anaviy bayroqlar o‘rnida g‘aroyib
jonivorcha ko‘rinishida belgisi qo‘llaniladi.
Jismoniy tarbiya amaliyotida qattiq gapirish nutqi bilan
mashqning bajarilishini birga olib borish usulidan muvafaqkiyatli 
foydalaniladi. Ayniqsa, u guruhli mashg‘ulotlarda tez-tez
foydalaniladi.


50
– Faoliyatni baholash – muhim metodik usuldir. U bolalar 


faolligiga ko‘maklashadi. Bolalar mashqlarni bajarayotib dadil
bo‘lishi kerak, bunda urinishi va muvaffaqiyati baholangan 
bo‘ladi.
Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarini jismoniy tarbiyalash 
jarayonida chaqqonlikni rivojlantirish uchun foydalaniladigan
metodik usullar qatoriga quyidagilarni tavsiya etish mumkin.
A) mashqlar bajarilishi vaqtida noan’anaviy boshlang‘ich
va oxirgi holatlarni qo‘llash;
b) mashqlarni «oynali» tarzda bajarish;
v) muvozanat mashqlarini bajarish.
Boshlang‘ich
ta’lim

yoshidagi


o‘quvchilarda 
egiluvchanlikni tarbiyalash odatdagidek, baquvvat muskullar
yo‘qligi, to‘qimalar muloyimligining yuqori darajasi va boshqa 
omillar munosabati bilan qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Madomiki, chidamlilikni tarbiyalash charchash fonida 
mashqlarni bajarish bilan bog‘liq ekan, u holda ular yangi
materialni o‘rgangandan keyin darsning oxirida yoki tezlik va 
chaqqonlik mashqlarini bajargandan keyin shug‘ullanishlari
kerak. Chidamlilikni tarbiyalash maqsadida mashqni ko‘p 
marta va bir xil tarzda takrorlash kichik yoshdagi maktab
o‘quvchilarini qiziqtirmaydi, bunda shug‘ullanishga ehtiyojni 
rag‘batlantiruvchi usullar qo‘llash zarur, buning uchun o‘yin va
musobaqa uslublarini qo‘llash o‘rinlidir.



Download 165.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling