Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan


Download 165.78 Kb.
bet32/45
Sana18.11.2023
Hajmi165.78 Kb.
#1783959
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
Bog'liq
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org

7.4. Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan 

jismoniy tarbiya 

7.4.1. Vazifalari
O‘smirlarni har xil hayotiy vaziyatlarda malakani qo‘llashga, 
ya’ni ularni amaliy bajarishga o‘rgatish zarur. O‘smirlar
harakatlarni bajarish vaqtida zo‘r berib ongli boshqarishni 
bilishlari kerak.



51
Jismoniy tarbiya sohasidagi bilimlar jismoniy mashqlar 


bajarilishi vaqtida xavfsizlikni ta’minlash va mashg‘ulotlar
vaqtida gigiyenik qoidalarga rioya qilish, organizm uchun 
jismoniy mashqlarning ahamiyatini tushunish, jarohatlanganda
birinchi yordam ko‘rsatish va o‘z-o‘zini nazorat qilishning 
asosi bilan tanishtirish va boshqalardan iborat.
Jismoniy sifatlarni rivojlantirishida jismoniy tarbiyaning 
vazifasi o‘smirlarning sensitiv davrlari mavjudligiga
mo‘ljallangan bo‘lishi kerak, ular ta’limning 4-8 sinflar davriga 
to‘g‘ri keladi. Bir xil hollarda erishilganni to‘xtatib turish talab
qilinsa, boshqalarida esa jadal o‘sishga ko‘maklashishdir.
Qarab chiqilayotgan yoshda tarbiyalovchi vazifasi jismoniy
mashqlar mashg‘ulotlariga tegishlicha motevatsiyasini 
ta’minlashning axloqiy asoslari va ehtiyojlari shakllanishi,
qiziqishni mustahkamlash, o‘smirlarda maktab jamoasi, sinf 
oldidagi burchini his etishni tarbiyalaydi.
7.5. Uslublarning xususiyatlari
O‘smirlar jismoniy tarbiyasida qo‘llaniladigan ogzaki va 
ko‘rgazmali uslublarni, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida
ishlatiladigan uslublar bilan taqqoslash kelajakda o‘z rivojini 
topadi.
Bolalar qancha katta bo‘lsa (qarab chiqilayotgan o‘rtacha 
maktab yoshi chegarasida), texnikani ko‘prok mufassal
o‘zlashtirishga imkon beradi va ta’lim jarayonini jadallashtiradi.
Harakatni mukammallashtirish maqsadida va o‘zgaruvchan
vaziyatda ularni qo‘llashni o‘rganish uchun o‘yin uslubi keng 
qo‘llaniladi.
O‘smirlar uchun musobaqaga intilish xarakterlidir. Shu 
bilan birga, ular ko‘pincha, o‘zining imkoniyatini ortiqcha
baholashga moyildir. Ta’lim jarayonida bu intilish o‘rganilgan 
texnikaning bajarilishi musobaqaga yo‘naltirilgan bo‘lishi va
albatta, natijani aniqlashi mumkin.


52
5-9-sinflardagi darslarda tezlik o‘quv materialini 


egallashning borishida ham, qo‘shimcha mashqlar yo‘li bilan
ham rivojlanadi. Dastur materialini taqsimlash vaqtida birinchi 
chorak uchun odatdagidek, yengil atletika va sport o‘yinlari
bo‘limiga ajratiladi. Bu yerda o‘rganilanadigan materialning 
o‘zi tezlikni rivojlantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ikkinchi chorakda kurashning unsurlari va gimnastika 
bo‘limidagi
materiallar 
o‘rganiladiki,
ular

tezlik
imkoniyatlarining o‘sishiga teskari ko‘maklashadi. Bu yerda 


tezkorlik kuch xarakterining sakrab o‘tish turidagi mashqlar
seriyasi, estafetalar, arg‘amchi bilan mashqlar va milliy 
o‘yinlarni darsga kiritish maqsadga muvofiqdir.
Maktab

o‘quvchilarida


tezkorlik 
qobiliyatini
rivojlantirishning katta zaxirasi jismoniy mashq va o‘yinlar 
mustaqil mashg‘ulotlar xizmat qilishi mumkin. O‘yinlar
zaxirasining ko‘payishi ularning uyushtirish unsurlarini 
o‘rgatish –jismoniy tarbiya o‘qituvchisining ishidir.
O‘smirlar kuchining rivojlanishi uchun maksimal takrorlash 
mashqini 6-8 marta tavsiya qilish mumkin. Kuch mashqini
egiluvchanlik mashqi bilan navbatma-navbat almashtirib turish 
maqsadga muvofiqdir.
Egiluvchanlikni tarbiyalash yangilikning unsurlari 
mavjud bo‘lishining majburiy shartidir. Yangi harakatlar
o‘zlashtiriladigan bo‘lsa, ular uzluksiz bo‘lishi kerak. Bu esa 
o‘rgatish qobiliyatning yuqori darajada ta’minlanganligini
bildiradi. Chaqqonlik rivojlantirishning muqarrar shartidir.
Umumiy chidamlilikni oshirish maqsadida mashqning
o‘zgaruvchan va bir xil tekisligi uslublaridan foydalanish kerak.
Yuqori sinflardagi yigit va qizlarda jismoniy sifatlarni
tarbiyalash vazifasi ularning rivojlanishidagi biologik 
qonuniyatlar munosabatidan farq qiladi. Ilgari ta’kidlab
o‘tilganidek, qizlarda chidamlilik va kuchning ijobiy o‘sishi 14 


53
yoshda to‘xtaydi, ayni vaqtda yigitlarda bu sifatlar bir necha 


yillar davomida rivojlanadi.
Bo‘g‘imlarda harakatchanlik qizlarda yigitlarnikidan ko‘ra 
yuqori. Bundan tashqari yigitlar katta kuchga ega bo‘lgan
mashqlardan ko‘p foydalansa, egiluvchanlikka salbiy ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasi
to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
2. Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasi
haqida gapirib bering.
3. Maktab yoshidagi bolalar bilan jismoniy tarbiyaning
qanday shakllari o‘tkaziladi?


54



Download 165.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling