Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy
VIII BOB. UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA
Download 165.78 Kb.
|
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.2. Darsning xarakterli belgilari va unga qo‘yiladigan umumiy talablar
VIII BOB. UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA
JISMONIY TARBIYA 8.1. Maktab o‘quv rejasi bo‘yicha jismoniy tarbiyaning umumiy kursi Jismoniy tarbiyaning uslubi va metodik tamoyillari, tarbiya va ta’limning vositasi mashg‘ulotlar borishida mashqlarni amalga oshirish orqali hayotga tatbiq etiladi. Bizning maktablarimiz uchun mashg‘ulotlarning katta xilma-xil shakllari xarakterlidir. Shu bilan birga uslubiy manbalar qatorida faqat jismoniy mashg‘ulotlarning davom etish vaqtini ko‘paytirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda o‘quvchilar ehtiyojlari qondiriladi. Maktab o‘quvchilari jismoniy tarbiyasining amaliyoti va nazariyasida uning barcha shakllarini ikki guruhga bo‘lish qabul qilingan. Birinchisi – barcha darslarda amalga oshiriladigan, asosan, o‘quv-ilmiylik jarayonini ifodalasa, boshqasi – darslardan tashqarida majmuali tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishdir. O‘z navbatida darslar va darsdan tashqari shakllar bilan shug‘ullanuvchilar kontengentining mashg‘ulotlar o‘tkazish joyi va vaqtiga bog‘liq holda mazmunan va boshqa omillarga ko‘ra ko‘proq kichik guruhlarga bo‘linadi. 8.2. Darsning xarakterli belgilari va unga qo‘yiladigan umumiy talablar Darsning xarakterli belgisi jismoniy tarbiyani uyushtirishning boshqa shakllaridan quyidagilar bilan farq qiladi: 1.Ilmiylik vazifalarini yechish bilan didaktik bosh maqsadining aniq ifodalanganligi. 55
o‘qitishga qaratilgan yetakchi roli. 3.Yuklama me’yori va o‘quvchilar faoliyatining qattiq tartibga tushirilganligi. 4. Shug‘ullanuvchilar tarkibining doimiyligi va ularning yoshi bir xilligi. Shuning uchun zamonaviy dars bilimlarini egallashi bo‘yicha majmuali rejalashtirish, maktab o‘quvchilarining qobiliyatlari, emotsiyalari, erkinligi va intellektuallari rejalanishi, ularni sog‘lomlashtirish, shaxsning g‘oyaviy-axloqiy sifatlarini amaliy tarbiyalashni uddalay bilish xarakterlidir. 1.Vazifa o‘quvchilarning individual ruhiy va jismoniy rivojlanishining belgilari asosida differensiyalashtirilgan va aniqlangan bo‘lishi kerak. 2.Darslar tizimini tuzayotib, har bir darsni oldingi va kelajakdagisi bilan mustahkam bog‘langanligini e’tiborga olish kerak. Yangi materialni o‘rganayotib, maktab o‘quvchilari ilgari o‘rganilgan mashqni mustahkamlashi va takrorlashlari zarur. Bunday tizim tor o‘quv vazifalarini izchil yechilishini ta’minlaydi. 3 Zamonaviy dars o‘quvchilar mustaqil o‘quv faoliyatining yaxshi uyushtirilganligi bilan farq qiladi. O‘qituvchi ularni o‘quv ishlari mahorati va uddalay bilishlarini, o‘z-o‘zini nazorat qilish va mustaqil o‘rganish usullari bilan muntazam qurollantirishi, shu bilan jismoniy mashqlarni muntazam ravishda tarbiyalab, harakat madaniyatining shakllanishiga erishadi. Qayd etilgan talab, jismoniy tarbiyaning umumiy va uslubiy usullaridan kelib chiqadi va barcha sinflarda darslar o‘tkazish paytida majburiydir. Download 165.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling