Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


Darsning mazmuni va uning tuzilishi


Download 165.78 Kb.
bet34/45
Sana18.11.2023
Hajmi165.78 Kb.
#1783959
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45
Bog'liq
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org

8.3. Darsning mazmuni va uning tuzilishi
Darsning mazmuni deganda ko‘pincha o‘quvchilarga taklif 
qilinadigan jismoniy mashqlarning muayyan to‘plami ko‘zda



56
tutiladi. Shu asosda, dars tahlili shuni ko‘rsatadiki, mo‘ljallangan 


natijaga erishish uchun eng muhimi rejalashtirilgan mashqlar
bilan shug‘ullanuvchilarning turli xil faoliyatini bajarish 
jarayonini amalga oshirish zarur.
O‘quvchilar faoliyatining ushbu unsurlari darsning 
oxirgi natijasiga ham bog‘liqdir. Faoliyatning bu elementlari
mashg‘ulotning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Biroq har bir sinf va o‘quvchining aniq harakati
o‘qituvchining muayyan faoliyatini keltirib chiqaradi. U ushbu 
darsda vazifalar qo‘yishda, muayyan aniq vazifalarni yechish
va ularning bajarilishi uchun sharoitlar yaratishdan iboratdir. 
O‘qituvchi o‘quvchilarning faoliyati ustidan kuzatishni
amalga oshiradi, ularning harakatini to‘g‘rilaydi va baholaydi, 
yuklamani me’yorlashtiradi, hatti-harakatlarini boshqaradi,
bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yaxshilaydi va 
boshqalar.
Pedagogning bu ko‘p qirrali faoliyati, shug‘ullanuvchilar 
harakatini belgilovchi va yetakchi omilidir, shuning uchun ham
u darsning salmoqli qismini tashkil etadi.
Darsning mazmuni o‘qituvchi tomonidan rejalashtiriladi,
biroq pedagog bolalar bilan hamkorlikda ishlash jarayonida 
vujudga keladigan sharoitlar va vaziyatlarning barcha
elementlarini oldindan ko‘ra olmaydi. Shuning uchun ish 
amaliyotida darsning mazmuni loyihalashtiriladigan va uni
o‘tkazish jarayonida tarkib topadigan aniqlik farqlanadi. Aniqlik 
darsning mo‘ljallangan mazmuni bilan to‘la mos kelmaydi. Bu
holatni o‘qituvchi darsni o‘tkazish jarayonida hisobga olishi 
kerak.
Darsning tuzilishi. O‘qituvchi dars mazmunining barcha
elementlarini darsni o‘tkazish jarayonida loyihalashtirgan 
bo‘lishi kerak.
Ish qobiliyatining bir nechta zonasi mavjud: ish qobiliyati 
zonasi, start oldi holati zonasi, ishga kirishish ish zonasi,



57
nisbatan barqarorlashish zonasi va vaqtincha ish qobiliyatini 


yo‘qotish zonasi.
O‘quv-tarbiya jarayonining mantig‘i kuyidagilarni talab 
qiladi:
1. Bilish faoliyatiga shug‘ullanuvchilarning izchil 
qo‘shilishi.
2. Jismoniy ish qobiliyatining zaruriy darajasiga asta-sekin 
erishish.
3. Ushbu mashg‘ulotga mo‘ljallangan ta’lim, 
sog‘lomlashtirish va tarbiyalash vazifalapini muntazam
ravishda yechish.
4.O‘quvchilarning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatli
ko‘maklashuvchi organizmning ishdan keyingi holatini yaxshi 
ta’minlash.
Dars qismlarga bo‘linganidan keyin, dars tuzilishining 
umumiy vazifalarini eng yaxshi tarzda yechishga imkon
beruvchi jismoniy mashqlarni (ularning ketma-ketligi ham) 
tanlash mashqlar ketma-ketligini aniqlashning zaruryatidan
kelib chiqadigan ma’lum hodislar bilan bog‘liq.
Darsning tuzilishini hal qiluvchi uchinchi bosqichi,
darsni o‘tkazish jarayonida foydalaniladigan uslublar har bir 
mashqqa qo‘llanishi har qanday pedagogik vazifani yechishda
shug‘ullanuvchilar va pedagogning izchil harakatlari o‘zaro 
aloqadorligini aniqlashdan iboratdir.
Shunday qilib, har bir dars ma’nodor, uslubiy va tashkiliy 
elementlar birligini ifodalaydi. Bu birlikning buzilishi, qayd
qilib o‘tilgan elementlardan har birining muhimligini e’tiborga 
olmaslik yoki tushunmaslik dars samaradorligining pasayishiga
olib keladi, mo‘ljallangan vazifalarni yechish imkoniyatiga 
shubha tug‘diradi.

Download 165.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling