Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


Maktabda jismoniy tarbiyaning targ‘ibot va tashviqoti


Download 165.78 Kb.
bet39/45
Sana18.11.2023
Hajmi165.78 Kb.
#1783959
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45
Bog'liq
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org

Maktabda jismoniy tarbiyaning targ‘ibot va tashviqoti. 
Jismoniy tarbiya tizimi muvafaqqiyatli ishlab turishining asosiy 
shartlaridan biri targ‘ibot va tashviqotdir. Bu maktabda jismoniy



64
tarbiyaning vazifalariga va maqsadiga muvofiq keladi. Maktab 


jismoniy tarbiyasining maqsadi jismoniy tarbiya va sportni har
bir insonning hayotiy ehtiyojga aylantirishdir.
Bularga og‘zaki, targ‘ibot va tashviqot, nashriyot targ‘iboti,
ko‘rgazmali targ‘ibotlar kiradi.


Maktabda jismoniy tarbiya faollarini tayyorlash.
Jismoniy tarbiyaning sinfdan tashqari ishlari ham boshqa ko‘p 
qirali ishlar kabi o‘quvchilarning mustaqil folligi sharoitida
bajariladi.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari o‘z e’tiborlarini har bir
maktabda o‘z atrofida iloji boricha ko‘proq, nafaqat sportchilar, 
balki qobiliyatli o‘quvchilarni musobaqaga jalb qilish, baza
yaratish hamda targ‘ibot va tashviqot olib borishga qaratishi 
kerak.
Maktabda o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasi uchun 

rahbariyat amalga oshiruvchi tayyorgarlikdan boshqa


tashviqotlar ham o‘tkaziladi.
Faollikning eng optimal yosh tarkibi 7-8-sinflardir. Agar
bu sinf o‘quvchilari tashkilotchilik san’atini uyushtirishni 
boshlasalar, u holda 9 sinfda o‘qituvchining barkamol
ixtisoslashgan yordamchisi bo‘ladi. 
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Darsning xarakterli belgilari niamalardan iborat?
2. Jismoniy tarbiya darsiga qanday talablar qo‘yiladi?
3. Darsning vazifalari qanday aniqlanadi?
4. Darsda pulsometriya va xronometraj qanday olib
boriladi?


65


IX BOB. JISMONIY TARBIYA BO‘YICHA ISHLARNI 

HISOBGA OLISH VA REJALASHTIRISH
Jismoniy tarbiya bo‘yicha ishlarni o‘rganish tajribasi 
shuni ko‘rsatadiki: o‘z faoliyatini loyihalashtirishga jiddiy
munosabatda bo‘lgan pedagoglar eng yuqori natijalarga 
erishadilar.
Rejalarning aniq vazifasi va maqsadni aniqlash ancha 
oldinga qarashga imkon beradi, qo‘yilgan vazifalarni amalga
oshirishning eng samarali vositasini nazarda tutadi. Amaliyotda 
rejalashtirishning
yetarlicha 
baholanmaslik
xodisasi, 
muvaffaqiyatli ishning birinchi maqsadiga rasmiy munosabatda
bo‘lish hodisasi uchrab turadi. Vaholanki, rejalashtirish – bu 
ishning mexanik konsepsiyasi, o‘quv dasturini mulohazasiz
ko‘chirish ham emas, balki jismoniy tarbiyaning imkoniyatlari 
va hodisalari mohiyatiga chuqur kirib borishdir.
Rejalashtirish ishning tahlili asosida to‘g‘ri xulosa 
chiqarishning bajarilishini bilishdan tashkil topadi. Darslarning
muntazam tahlili pedagogik harakatlar tezlik darajasini, 
o‘quv materialining optimal nisbatini, dam olishning mumkin
bo‘lgan oralig‘ini, mashqlarning eng maqbul izchilligini 
mashg‘ulotlarning zaruriy me’yorini o‘qituvchiga ko‘rsatib
turadi, ya’ni ularsiz rejalashtirishni mukammallashtirish 
mumkin emas.
Shunday qilib, rejalashtirish – bu ta’lim va tarbiya jarayoni 
tizimini shakllantiruvchi uslubiy hujjatlar tuzib chiqishdir.

Download 165.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling