Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy
O‘qituvchi tuzib chiqadigan reja hujjatlari
Download 165.78 Kb.
|
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.4. O‘quv-tarbiya ishlari grafigi
9.3. O‘qituvchi tuzib chiqadigan reja hujjatlari
O‘qituvchilarning ko‘p yillik ilg‘or tajribasi shuni ko‘rsatadiki, jismoniy tarbiya darslarida qo‘yiladigan vazifalarni samarali yechish uchun rejalashtirishning muayyan tizimini yaratish zarur. Bu tizim qator rejalarning mantiqiy bog‘langan yetukligini ifodalaydi, ulardan har biri jismoniy tarbiya jarayonining maqsadga muvofiqligini ifodalashga imkon beradi, o‘quv- tarbiya ishining bir yillik grafigini, ishlar reja va darslar konspektlarini o‘z ichiga oladi. 69
9.4. O‘quv-tarbiya ishlari grafigi Bu hujjat bir yilga har bir parallel sinflar uchun tuzib chiqiladi. Uning asosiy vazifasi – o‘quv materialini maqsadga muvofiq tarzda bir yilga bir tekis, maqsadga yo‘naltirilgan holda taqsimlash va tizimlashtirishdan iborat. Grafikni tuzib chiqish ularni o‘zlashtirishning zaruriy vaqti hisobi va asosiy mashqlarni aniqlash uchun o‘quv materialini tahlil qilish bilan boshlanadi. Amaldagi dasturning tahlili shuni ko‘rsatadiki, har bir sinfda bunday mashqlar o‘nga yaqin. Vaqtni hisoblashda mashqning murakkabligini va uni o‘quvchilar o‘zlashtirishining qiyinligi bilan bog‘langan. Shuningdek, o‘rganiladigan harakatni mustahkam o‘zlashtirish zaruriyatini ham hisobga olish lozim. Har bir shunday mashq uchun ta’lim dasturi tuzib chiqiladi. Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Sinfga va yil bo‘yi rejalashtiriladigan mashqlarni o‘rganishga ko‘maklashuvchi jismoniy sifatlarni tarbiyalash vositasi va vazifasi, yillik topshiriqni yechish uchun zaruriy darslar miqdori belgilanadi. Har bir darsda ularni takrorlash miqdori va vositalarini aniqlash bilan sog‘lomlashtirish va tarbiyalashda ta’limning vazifasini amalga oshiradi. Bu dastur mustaqil mashg‘ulotlar vositalari va vazifalarini sinashlar nazorati vaqtini, ta’limning optimal variantlarini ko‘rsatish hisobidan kengayadi. O‘qituvchi iqlim sharoiti va musobaqalar taqvimini hisobga olib, o‘quv materialining o‘tish tartibini belgilaydi. Agar maktabda bir nechta o‘qituvchilar ishlasa, barcha sinflarda dastur bo‘limlarini o‘rganishning bir xil tartibi tanlangani maqsadga muvofiqdir. Dastur materiallarini o‘tish tartibini o‘rganib, o‘qituvchi rejalashtirish usulini ta’minlaydi. Maktab dasturi bo‘limlari va materiallarini o‘tishni rejalashtirishning uchta usuli ma’lum: 70
2. Ketma-ket. 3. Aralash. Darsda turli materialni qo‘llashning parallel ravishda o‘tilishi, bunda bir vaqtning o‘zida har xil bo‘limlarda material (qarang majmuali dars) kiritiladi. Bo‘limlarni ketma-ket o‘tish yuqori sinflarda sinab ko‘riladi va yengil atletika, sport uyinlari, gimnastika va boshqa mashqlarni galma-gal o‘rganishni nazarda tutadi (qarang predmetli dars). O‘quv materialini aralash rejalashtirib o‘tish kombinatsiyaning birinchi va ikkinchi usullarini ifodalaydi. Ya’ni ba’zi bir bo‘limlar parallel o‘rganiladi, boshqalari alohida. Qayd qilingan usullardan har biri o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Shuning uchun ulardan qaysi biriga afzallik berish masalasi o‘quvchilar yoshi, ta’lim bosqichi, iqlim sharoitlari, ularning tayyorgarligini hisobga olish asosida yechilishi kerak, ya’ni dastur bo‘limlarini parallel usul bilan o‘rganish. Shuningdek, materialni parallel o‘tish ko‘proq progressivdir. Shu bilan birga o‘qituvchi har bir keyingi yilga reja tuzishda tuzatishlar kiritadi, uni mukammallashtiradi, aniq sharoitlar bilan muvofiqlashtiradi. Download 165.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling