Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi bolalar jismoniy


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/76
Sana08.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#254255
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   76
Bog'liq
maktab yoshidagi bolalar jismoniy tar

7.2. Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi bolalar jismoniy 

tarbiyasi 

7.2.1. Vazifalari

Ilmiylik  vazifalari  boshlang‘ich  ta’lim  yoshida  harakat 

ko‘nikma va malakalarini egallash bilimining tashkil topishi

shuningdek,  chiniqish,  shaxsiy  gigiyena,  harakat  tartibi 

to‘g‘risida,  inson  salomatligi  uchun  jismoniy  mashqlar 

ahamiyati haqida bilimlarni egallash bilan bog‘liq.

Bu  yoshda  vujudga  kelgan  shartli  aloqalar  tizimi  ancha 

mustahkamligi  bilan  farq  qiladi  va  kelajak  hayotida  harakat 

sifatlariga ta’sir ko‘rsatadi. 

     Jismoniy sifatlarning rivojlanishi – boshlang‘ich ta’limda 

jismoniy tarbiyaning oldida turgan muhim vazifalardan biridir. 

Eng  ko‘p  darajada  bu  tezkorlik  va  chaqqonlik  sifatlariga 

tegishlidir, chunki kichik sinflarda o‘rgatish aynan shu sifatlar 

jadal  rivojlanishi  uchun  eng  kulay  bo‘lgan  davr  bilan  mos 

keladi.



48

Chidamlilikni  rivojlantirishda  asosiy  vazifa  bolalar 

organizmining aerobli imkoniyatlarini oshirishga ko‘maklashish 

va shu asosida umumiy chidamlilikni ta’minlashdan iboratdir.

Kuchni  rivojlantirish  vazifasi  eng  avvalo  gavdani 

shakllantirish  va  rivojlantirishida  qoloq  mushak  guruhlarini 

mustahkamlash bilan bog‘liq.

Kichik  yoshdagi  maktab  o‘quvchilarida  egiluvchanlikni 

yoshning tabiiyligi bilan muvofiqlikda to‘qimalar elastikligining 

kamayishi va mushaklar massasining oshishi ko‘rsatkichlari 

pasaymasligi uchun optimal chegaralarda saqlab turish kerak.

Jismoniy tarbiya va sportga qiziqish uyg‘otish vazifasini 

boshlang‘ich  ta’limda  yechish  kerak.  Chunki  bolalikda 

o‘rganilgan  odat,  juda  mustahkamdir.  Bolalarda  jismoniy 

mashqlarga turg‘un qiziqish faqat ularga quvonch olib kelgan 

mashg‘ulotlardagina bo‘lishi mumkin.




Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling