Maktabda manaviy-marifiy ishlarni rejalashtirish reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari


Download 115.5 Kb.
bet8/10
Sana29.03.2023
Hajmi115.5 Kb.
#1305560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Maktabda manaviy-marifiy ishlarni rejalashtirish reja I. Kirish

4.Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari:
• Talabalarni mustaqil O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi qilib tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga e’tibor qaratish – talabalarning milliy g‘ururini oshirish;
• xalqning qadimgi qadriyatlarini boyishiga hissa qo‘shish;
• ona vatan oldidagi hamfuqarolik, haminsoniylik vazifasini bajarishga tayyorlab berish;
• bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisodiy bilimini oshirish;
• mamlakatning ichki va tashqi siyosatini yuksalishida yoki mo’taxassislarni tayyorlash;
• talabalar kasbiy ko‘nikmasini oshirish;
• muomala madaniyati oshirish, millati, vatani oldida, oilasi va do‘stlari oldidagi burchini shakllantiirish;
• talabalarning shaxs sifatida individual xususiyatlarini shakllantirishi va takomillashtirish;
• talabalar orasida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik o‘qishga va kasbga hurmat va ijtimoiy ma’suliyat hissini keng targ‘ib qilish;
• talabalar manfaatlarini himoya qilish, bilim olish va sog‘lom turmush tarzi uchun barcha sharoitlarni yaratish;
• talabalarning ijtimoiy – siyosiy va huquqiy ongini oshirish, tanqidiy va tahliliy tafakkurini kengaytirish;
• adolatsizlik, firibgarlik, qarindosh – urug‘chilik va mahalliychilik, ya’ni jamiyatdagi salbiy kamchiliklarga qarshi kurashish;
• talabalar o‘rtasida xalqaro terrorizm, diniy va siyosiy ekstrimizm, giyoxvand moddalarni noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda mafkuraviy immunitetni shakllantirish;
• maqsadli ma’naviy – axloqiy ishlarni takomillashtirish;
• universitetda boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining vazifasi:
Ma’naviy tarbiya jarayonida boshqaruv tuzilishni muntazam takomillashtirish; 
• Rejalar va dasturlarni ishlab chiqish va ularni nazorat qilish;
• Talabalar va professor-o‘qituvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va ta’lim to‘g‘risidagi qonun bilan birga milliy kadrlar tayyorlash dasturida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida etkazishini tashkil etish;
• Talabalar va professor-o‘qituvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining karorlarini va axborotlarni o‘z vaktida etkazishni ta’minlash;
• O‘qituvchi-murabbiylar tizimini takomillashtirishni yaratish;
• O‘qituvchi-murabbiylar tomonidan o‘tkaziladigan ma’naviyat soatlarini samarali o‘tkazilishini ta’minlash;
• Universitetda ma’naviyat kunida o’tkaziladigan mazmunli tadbirlarni tashkillashtirish;
• Har xil sohalarda tarbiyaviy uchrashuvlar tashkil etish;
• Jinoyatchilikni oldini olish maqsadida huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda ish tizimini takomillashtirish;
• O’qituvchilarni ma’naviy-marifiy tarbiya masalalari buyicha o”quv qo’llanmalarini tayyorlash va nashr etish, shuningdek o’quv adabiyotlari bilan ta’minlash;
• Talabalarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishini tashkil etish;
• Uyda yoki kvartirada yashaydigan talabalarning yashash sharoitlarini doimiy ravishda nazorat qilinishini tashkil etish;
• Universitetda maishiy uskunalar, sport va sog’lomlashtirish tizimini uzluksiz sifatli ishlashini ta’minlash hamda umumiy ovqatlanish va bo’sh vaqtlarini nazorat etish;
• Universitetda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalarida e’tirof etayotgan barkamol avlodni shakillantirish, ularga Vatanga muhabbat, o‘z xalqiga sadoqat, istiqlolga fidoiylik, mustaqil va erkin fikrga ega bo‘lgan, irodasi mustahkam, iymoni bo’tun yoshlarni voyaga etkazish kabilar tashkil etish;
• Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi o‘z faoliyatini universitet Nuroiylar va murabbiylar kengashlari, YOshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkiloti, xotin-qizlar maslahatchisi, psixolog, kasaba uyushmasi hamda fakultetlar dekanlarining yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari bilan hamkorlikda olib borish;
• Fakultetlar va kafedralarida professor-o‘qituvchilar tomonidan «Axborot va ma’naviyat soatlari»ni o‘tkazilishini aks ettiruvchi qaydnomalarni, talabalar murabbiylik guruh jurnallari va hujjatlarini muntazam ravishda tekshirib borish;
• Universitetda olib borilayotgan har bir ishdan ko‘zlangan maqsad talabalar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish, vatanga muhabbat, mustaqillikning qadriga etish kabi tuyg‘ularni shakllantirish;
Talabalarning ma’naviy tarbiyasida terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, huquqbuzarlik, giyohvandlik, OITS kabi illatlarga qarshi kurashish, ularning oldini olish, ular keltirib chiqaradigan mudhish oqibatlardan talabalarni ogoh etishga alohida e’tibor qaratish va shu maqsadda huquq-tartibot, diniy, sog‘liqni saqlash idoralari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda kompleks tadbirlarni amalga oshirish; • 
Talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib boradi va istiqomat qiluvchi talabalarning dam olishi, o‘z ustida mustaqil ishlashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratishda ko‘maklashish; • 
Universitetda olib borilayotgan har bir ishdan ko‘zlangan maqsad talabalar ongiga milliy g‘oyani singdirish, vatanga muhabbat, mustaqillikning qadriga yetish kabi tuyg‘ularni shakllantirish; • 
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi talabalarning ma’naviy tarbiyasida terrorezm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, huquqbuzarlik, giyohvandlik, OITS kabi illatlarga qarshi kurashish, ularning oldini olish, ular keltirib chiqaradigan mudhish oqibatlardan talabalarni ogoh etishga alohida e’tibor qaratadi. Shu maqsadda huquq-tartibot, diniy, sog‘liqni saqlash idoralari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda kompleks tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan, ular ishtirokida amaliy anjumanlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari muntazam o‘tkazib boriladi. Shuningdek, talabalar ushbu mavzuda yaratilgan filmlar, spektakllar, sahnalashtirilgan tomoshalarga ommaviy ravishda olib borish; • 
• Talabalar turar joylarida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar ham bo‘limning doimiy e’tiborida turadi. Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning dam olishi, o‘z ustida mustaqil ishlashlari barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, talabalar turar joyida ko’tubxona va qiroatxona, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, sport kulub faoliyat ko‘rsatmoqda. Talabalarning o‘qishdan bush vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadidа qiroatxonada kitobxonlik kechalari, ma’naviyat va ma’rifat xonasida uchrashuvlar, davra suhbatlari, sport klubida turli musobaqalarni muntazam o‘tkazish;
• Bo‘lim tomonidan talabalarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda alohida ahamiyat beriladi. Buning uchun universitetda 40 ga yaqin klub va tugaraklar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayniqsa «Talaba» sport kulubi, «Quvnoqlar va zukkolar», «Zakovat» klublariga talabalarning qiziqishlari katta. Ularda bugungi kunda mingga yaqin talabalarimiz darsdan bo‘sh vaqtlarini do‘stlar bilan birgalikda o‘tkazishni tashkil qilish;
• Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-qo‘vvatlash bo‘limning doimiy nazoratidagi ishlardan hisoblanadi. Milliy bayramlarimiz arafasida, shuningdek, yil davomida navbati bila nota-onasi yo‘q, nogiron, kam ta’minlangan talabalar moddiy rag‘batlantirib borishni tashkil qilish;
Bo‘limning asosiy vazifalari talabalarni, malakali mo’taxassis sifatida vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy vazifalarning mohiyatini anglab borishi, shuningdek, bo‘lajak mo’taxassislarni mustaqil ishlashga tayyorlashning axloqiy asoslarini tushuntirishi mantiqiy fikrlashi, jamoani boshqarish qobiliyati, hayotda munosib o‘rin topishi, o‘z taqdirini o‘zi belgilash, kelajakka ishonch, mamlakatning buyuk kelajagi yo’tuqlar bilan bog‘liqligini tushuntirishidan iboratdir.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, ommaviy musiqiy tadbirlar orqali bo'lajak barkamol avlodlarimizni badiiy-estetik tarbiyalash ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan musiqa o'qituvchilari maktagacha, maktabdan tashqari muassasa rahbarlari, tarbiyachilarining muqaddas burchlaridan biridir.

Download 115.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling