Maktabda qanday dasturlardan foydalanilganligi haqida hisobot
Download 13.59 Kb.
|
hisobot
Maktabda qanday dasturlardan foydalanilganligi haqida hisobot Men Quchkova Vazira malakaviy amaliyotni Toyloq tumani 4-umumiy o’rta ta’lim maktabida Vazira Raxmatova raxbarligida o’tkazayabman. Men amliyot boshlangan sanadan maktabga bordim va maktab mamuriyati tomonidan matematika o’qituvchisi Raxmatova V ga biriktirildim. U kishi menga maktab ichiki tartib qoidalari va maktab bilan tanishtirib chiqdilar. Men 8 va 11 sinflarga mateamtika fanidan amaliyot raxbarim bilan darslarga qatnashib kelmoqdaman. 1-Hafta Men 1-haftada o’qituvchim darslarini kuzatdim. Bu darslar menda juda kata ta’surot qoldirdi. 8-A sinfida 28 nafar o’quvchi o’qiydi. Ularning ko’pchiligi a’lo va yaxshi baholarda o’qishadi. Men birinchi haftada o’qituvchim darslarini kuzatib pedagogic mahorat va interfaol metodlarni o’rgandim. 2-Hafta
Maktabdagi eng asosiy dastur bu Kundalik.com dasturi hisoblanadi. Bu dastur maktabdagi anchagina qog’ozbozlikni yo’qotib o’quvchilar va o’qituvchilar ishini anchalik yengillashtirgan. Kundalik.comning afzallik taraflaridan biri shundaki o’quvchilarning darsdagi faollik baholarini ota onalarining muntazam kuzatib borish imkoniyati borligidadur. Menga amaliyot rahbarim kundalik.comda qanday ishlash mumkinligini o’rgatdilar 1.Kundalik.com o’qituvchilar uchun login va parol bilan ochiladigan dastur. 2. Kundalik.com sayti o’qituvchilar uchun bepul, o’quvchilar uchun esa yillik to’lov 8000 so’m 3. «Kundalik» avtomatlashtirilgan axborot tizimi (kelgusida - «Tizim») - elektron hujjat aylanishi imkoniyatlarini va o'quv jarayonining ishtirokchilari o'rtasida ijtimoiy tarmoqlar vositalarini birlashtiradigan O'zbekiston Respublikasi o'rta ta'lim muassasalari uchun yopiq axborot tizimi. 4. Tizimga ulanish - Tizimning mijozlar bo'limiga (Web-interfeysiga) Internet orqali avtorizatsiya qilingan foydalanuvchilarga ruxsat berish. Tizimga ulanish uchun iqtibos: https://www.kundalik.com/. 5. Profil - foydalanuvchi haqida ma'lumotlar mavjud bo'lgan va tizim xizmatlari uchun avtorizatsiya qilingan huquqlarga ega bo'lgan foydalanuvchi qayd yozuvi. Tizimda quyidagi profillar nazarda tutilgan: O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining xodimi, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi boshqarmasi xodimi, O'zbekiston Respublikasida xalq ta'limi boshqarmasi xodimi, O'zbekiston Respublikasidagi ta'lim muassasasi xodimi, O'zbekiston Respublikasidagi ta'lim muassasasi ta'lim oluvchisi, O'zbekiston Respublikasidagi ta'lim muassasasi ta'lim oluvchisining ota-onasi (qonuniy vakili). Shu kabi savollarga amaliy javoblar oldim. 3- Hafta 3-haftada 8-A sinfiga o’qituvchi yordamida dars o’ta boshladim. Uyga vazifalarni so’rab yangi mavzuni tushuntirdim o’quvchilar yaxshi tushunishdi.mavzuni mustahkamlash uchun misollar ishladik. Maktabdagi har bir sinf telivizor bilan jihozlangan bo’lib darsni slayd va mavzuga oid vedioroliklar quyib berish mumkin. O’quvchilarga bunday slayd va vediolar bilan dars o’tish ularni zerikib qolishini oldini oladi va darsni yaxshi tushunishiga ham yordam beradi. Download 13.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling