Maktabdan tashqari jismoniy tarbiya va sport ishlarini rejalashtirish Mundarija: Kirish


II.Bob Maktabdan tashqari jismoniy tarbiya va sport ishlarini rejalashtirish


Download 141.12 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi141.12 Kb.
#1546934
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maktabdan tashqari jismoniy tarbiya va sport ishlarini rejalashtirish

II.Bob Maktabdan tashqari jismoniy tarbiya va sport ishlarini rejalashtirish
2.1 Maktabdan tashqari ishlarni jismoniy tarbiya darslarini rejalashtirish jadvali
Rejalashtirish va hisobga olishning mohiyati va mazmuni Jismoniy tarbiya buyicha ishlarning ilg'or tajribasi shuni ko'rsatadiki, o'zining faoliyatini rejalashtirishga mas'uliyat bilan yondashadigan pedagoglar hammasidan ko'ra yuqori natijalarga erishadilar. Rejalar uzoqni ko'zlashga, maqsadni va aniq vazifalarni aniqlashga imkon yaratadi, hamda qo'yilgan vazifalarni hal qilishda eng samarali vosita va yo'llarini nazarda tutadi. Amaliyotda jismoniy tarbiya jarayonini rejalashtirish ishlarini mensimaslik, samarali ish manbaiga yuzaki yondashish hollari ham uchrab turadi.Rejalashtirish – bu mexanik ravishda bajariladigan devonxona ishi yoki o'kuv dasturini o'ylamasdan to'g'ridan to'g'ri ko'chirish, qayta yozish emas, balki jismoniy tarbiya qonuniyatiga va ko'rinishlari mohiyatiga chukur kirib borish jarayonidir. Rejalashtirish, qilingan ishlarning tahlili asosida to'g'ri xulosalar chiqarib bilishni o'z ichiga oladi. Darslarni muttasil taxlil kilish ukituvchiga mashklarning zarur mikdorini, mashklarning eng muvofik ketma-ketligini, mumkin bulgan dam olish intervallarini, ukuv materiallarining optimal portsiyalarini va pedagogik faoliyat sur'atlarini kursatib beradi.Shunday kilib, rejalashtirish – bu ta'lim va tarbiya jarayoni tizimini shakllantiruvchi, uslubiy asoslangan xujjatlarni tuzish demakdir Rejalashtirish texnologiyasi
Rejalashtirish jarayonini ukituvchi ijodiy faoliyati yaxlit tizimini tashkil kiluvchi, kator ketma-ket operatsiyalari kurinishida tasvirlab berish mumkin. Bu faoliyat uslubiy masalalarni xal kilishga printsipal yondashishda ishning asosiy yunalishlari goyalari paydo bulishidan boshlanadi. Bunday dastlabki goya, odatda, talabalik davrida boshlanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti kursini hamda yengil atletika, gimnastika, sport uyinlari va boshkalarning xususiy uslubiyotini urganishda, pedagogik amaliyot davrida ukituvchilar ishini kuzatishda, talaba uzlashtirayotgan bilim va malakalarini uzining bulgusi kasbiga «ulchay» boshlaydi. Ukituvchida kelgusi ukuv yilida buladigan ishlar goyasi shaxsiy orttirgan tajriba, boshka pedagoglarning faoliyatini kuzatish, mustakil bilim orttirish jarayonida oladigan ma'lumotlar bazasida shakllanadi. Shu bilan birga nafakat xamkasblari tajribasidan, balki boshka fanlar ukituvchilari tajribasidan xam foydalanish kerak. Keyin goya anik ish sharoitlari, ukuvchilarning tayyorgarlik darajasi bilan tekshirib kuriladi va unga ma'lum uzgartishlar kirtilishi tabiiy. Fakat shundan keyingina shuning maksadi shakllanadi va uning asosida ukuvchilarning kutilayotgan nazariy, jismoniy va texnik tayyorgarliklari xolati darajasi loyixalashtiriladi. Kutilayotgan jismoniy xolatga maktab ukuv dasturida nazarda tutilgan nazariy ma'lumotlarni uzlashtirish, jismoniy mashklarni urganish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash buyicha bir kator anik vazifalarni kuyish bilan erishiladi. Shunday ekan, rejalashtirishning navbatdagi texnologik operatsiyasi sifatida ta'lim va tarbiyaning anik vazifalarini kuyishni xisoblash mumkin. Kuyilgan vazifalarni xal kilish uchun ukituvchi ukuvchilarga pedagogik ta'sir kursatish tizimini aniklaydi. U vositalar, uslublar va ish sharoitlarini uz ichiga oladi. Bu operatsiya, xudi oldingidek, ukuvchilarning faol ishtiroklari natijasida amalga oshirilishi mumkin. Bu vaktda jismoniy tarbiya jarayonini tugri tashkil kilishga xalakit beruvchi yuz berishi mumkin bulgan nokulay omillarni xisobga olish lozim.Pedagogik jarayonning tugri borishini tekshirish uchun maxsus tanlab olingan ekspress-testlar yordamida boskichma-boskich nazorat utkazish kuyi tizimi yaratiladi. Agar xar bir boskich nazoratida olingan natija rejalashtirilgan talabga javob bersa, bu vaktda barcha operatsiyalarning tugri rejalashtirilganligiga xulosa kilsa buladi. Mobodo rejalar vijdonan amalga oshirilgan sharoitda nazorat natijalari rejalashtirilgan maksadlardan jiddiy fark kilsa, demak rejalashtirish texnologiyasida xatolar borligidan dalolat beradi. Bu xatolarni uchta zvenodan kidirish kerak buladi. Birinchi navbatda rejalashtirish davrida barcha nokulay omillar xisobga olinganligi yoki olinmaganligini tekshirib kurish lozim. Ikkinchi navbatda pedagogik ta'sir tizimi taftish kilinadi. Agar bu yerda xam kamchiliklar topilmasa pedagogik vazifalarning amaliyligi baxolanadi. Agar xatolar birinchi zvenodan topilsa va aynan yana shular natijalarning bajarilmasligiga sabab bulganligiga ukituvchi kat'iy ishonsa, zarur choralar kuriladi va boshka zvenolar tekshirilmaydi. Odatda ukituvchi faoliyatining birinchi yillarida rejalashtirish texnologiyasining turli operatsiyalarida yul kuyilgan kuzga tashlanib turmaydigan xatolar umumlashgan xolda ishning natijasiga jiddiy ta'sir kursatadi. Shuning uchun yosh ukituvchilar uzining barcha faoliyatini doimiy taxlil kilishlari. Uzlari uchun talabchan kozi bulishlari kerak. Bu kelajakda muvaffakiyat garovidir. Rejalashtirish yakuniy xisobga olish bilan tugallanadi. Xisobga olish natijasida olingan ma'lumotlar kelgusi sikl (darslar seriyasi, ukuv choragi, ukuv yili)ni rejalashtirish uchun asos kilib olinadi.
Rejalashtirishga kuyiladigan talablar
Ukituvchi muayyan rejalashtirish xujjatlarini ishlab chikishda va tuzishda kator talablarga rioya kilishi zarur.
1. Rejalar umumiy urta ta'lim uchun jismoniy tarbiya buyicha davlat ta'lim standarti, jismoniy tarbiya buyicha ukuv dasturi va Uzbekiston Respublikasi Xalk ta'limi vazirligining me'yoriy xujjatlari va karorlariga mos bulishi kerak. Ular jismoniy tarbiya buyicha davlat ukuv dasturi asosida ishlab chikiladi va tuziladi. Barcha rejalar Uzbekistonda jismoniy tarbiyaning umumiy maksadlariga buysindirilishi va Uzbekiston Respublikasi Xalk ta'limi vazirligining uslubiy tavsiyalariga mos bulishi lozim.
2. Rejalashtirishda jismoniy tarbiyaning umumiy va uslubiy printsiplariga amal kilish. Rejalashtirish jarayonida shaxsni xar tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiyaning mexnat va xarbiy amaliyot bilan boglikligi, jismoniy tarbiyaning soglomlashtirishga yunaltirilganlik, muntazamlik, kuchiga yarashalik, mustaxkamlik printsiplarini xal kilish uchun kulay zamin yaratiladi. Shu bilan birga vositalarni tanlab olishda shugullanuvchilarga xar tomonlama ta'sir kursatadigan va eng yaxshi soglomlashtiruvchi samara beradigan vositalarga e'tibor beriladi. Aksariyat darslarni ochik xavoda va tabiiy sharoitlarda utkazilishini rejalashtirish lozim.
3. Rejalashtirishning maksadga yunaltirilganligi va istikbolligi muxim talab xisoblanadi. Ma'lum bir sikl uchun rejalar (dars seriyalari, ukuv choragi, yillik) oldingi siklga tayanishi va kelgusi siklga tayyorlashi kerak. Shunday kilib tasodifiy darslarga imkon berilmaydi, chunki ular ma'lum bir tizimga birlashtiriladi.
4. Rejalashtirish amalga oshiriladigan bulishi kerak. Bu talabni bajarishda maktabga mutaxassis kelguncha jismoniy tarbiya ukituvchisi bulmaganida xamda jismoniy tarbiya buyicha moddiy-texnik ta'minot darajasini xisobga olishda nazarda tutish kerak. Barcha vaziyatlarda ukituvchi imkoniyatlarni anik-ravshan baxolashi va aynan shu sharoitda bajarib buladigan materialni rejalashtirishi lozim.
5. Rejalashtirishning muayyanligi urgatish boskichlari, uning vazifalarining puxta aniklanganliligi va tanlab olingan vositalarning bu vazifalarga mosligi bilan ifodalanadi. Kup sonli mashklardan maksimal pedagogik samara beradigan universal mashklar tanlab olinishi kerak. Vositalardan foydalanishda ketma-ketlikni buzmaslik va kuchli ta'sir kiluvchi mashklardan muddatidan oldin foydalanmaslik kerak.
6. Rejalashtirishning kurgazmaliligi amaliyotga grafik shakllarni tadbik kilish usuli bilan xal kilinadi.
Rejalashtirishdan oldin bajariladigan ishlar.
Bevosita rejani ishlab chikishdan oldin, ukituvchi zarur ma'lumotlarni yigishdan iborat bulgan katta tayyorgarlik ishlarini bajarishi lozim. Bu ma'lumotlar ukuv materiallarini utish tartibini, vositalar va ish shakllarini aniklab beradi:
1. Dars utadigan sinflar uchun jismoniy tarbiya buyicha ukuv dasturini batafsil urganib chikish. Bu esa ukituvchiga sinfdan-sinfga
utishda ukuv dasturining izchilligini aniklashga yordam beradi.
2. Shugullanuvchilarning sogligi xolatini, bilim darajasini, texnik va jismoniy tayyorgarliklarini urganib chikish. Bu ma'lumotlarni uzidan oldin ukituvchi tuzgan xujjatlarini, yoki uzining yozuvlarini xamda tibbiy kurik natijalarini urganish yuli bilan olish mumkin. Ukuvchilar bilan suxbat va dastlabki ekspress-testlarni utkazish xam boy material beradi.
3. Maktabning jismoniy tarbiya buyicha moddiy bazasining xolati va avvalgi yillardagi ishlarning yulga kuyilganlik darajasini xisobga olish. Shu bilan birga uni rivojlantirish va takominlashtirish yullarini aniklash lozim.
4. Maktab direktsiyasi va pedagogik jamoasining jismoniy tarbiyaga bulgan munosabatini aniklash maksadida maktabning umumiy ish rejasi bilan tanishib chikish.
5. Viloyat va tuman ob-xavo sharoitini urganish. Kupincha ular xududlarda jiddiy fark kiladi.
6. Viloyat, tuman ommaviy sport tadbirlari kalendarь rejasi bilan tanishib chikish. Bu ma'lumot ukituvchiga dastur bulimlarini utish tartibini aniklash uchun juda muxim.
7. Ish shakllari va jismoniy mashklarning yetakchi turlarini aniklash maksadida ukituvchi, maktab,axolii yashash punktining umumiy va sport an'analarini urganadi va shu bilan ukuv-tarbiyaviy jarayonining samaradorligini oshirish yullarini belgilaydi.
Jismoniy tarbiya darslari ishlarini rejalashtirish.
Barcha rejalashtirish xujjatlarini ikki guruxga ajratish mumkin: davlat xujjatlari va shaxsan jismoniy tarbiya ukituvchisi tomonidan davlat xujjatlari asosida ishlab chikilgan xujjatlar.
Rejalashtirishning davlat xujjatlari Bu guruxlarga kuyidagilar kiradi:
a) umumiy urta ta'lim uchun jismoniy tarbiya buyicha davlat ta'lim standarti (UO'TJTDTS);
b) Uzbeksiton Respublikasi Xalk ta'limi vazirligining jismoniy tarbiya buyicha tayanch ukuv rejasi;
v) jismoniy tarbiya bo'yicha o'quv dasturi;
g) «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari.
Umumiy urta ta'lim uchun jismoniy tarbiya buyicha davlat ta'lim standarti (UO'TJTDS) ta'lim jarayenining sifatiga, ta'lim mazmuniga doir talablarni, ukuvchilar tayergarligining zarur va yetarli darajada xamda bitiruvchilarga kuyiladigan talablarni, ta'lim muassasalari faoliyati va jismoniy xamda tarbiya sifatiga baxo berish tartibi va mexanizmlarni belgilab beradi.
UO'TJTDTS umumiy o'rta ta'limda ta'lim jarayonining tashkil etilishi va mazmunini, ta'lim muassasalari faoliyatiga hamda jismoniy ta'lim va tarbiya sifatiga baho beruvchi, tartibga soluvchi tegishli me'yoriy hujjatlarni (o'quv rejalari, dasturlar va boshqalarni) yaratish uchun asos sanaladi. UO'TJTDTS qaysi idoraga bo'ysinishi va mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan umumiy o'rta ta'limning barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir.O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining tayanch o'quv rejasi “jsimoniy tarbiya” faniga ajratilgan soatlar hajmini belgilaydi. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari maktabda jismoniy tarbiya bo'yicha barcha ishlarning mazmunini belgilaydi va o'quv dasturining asosi hisoblanadi. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari O'zbekiston Respublikasi aholisi jismoniy tarbiya tizimining dasturiy va me'yoriy asosidir. Nazorat me'yorlari yordamida aholining o'qish, mehnat faoliyati va harbiy xizmatga bo'lgan jismoniy tayyorgarligining umumiy darajasi aniqlanadi. Testlar salomatlikni mustahkamlash, ijodiy va mehnat faoliyatini oshirishga yordam beradi.



Download 141.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling