Maktabga tayyorlov guruhida matematika bo’yicha haftasiga 2 ta mashg’ulot, yil davomida 72 ta mashg’ulot o’tkaziladi. Mashg’ulotlarning davom etish muddati: birinchisi 30 daqiqa, ikkinchisi 20-25 daqiqa


Download 153.47 Kb.
Sana19.07.2023
Hajmi153.47 Kb.
#1661119
Bog'liq
MATEMATIKA

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAIRLIGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTORI VA MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI 51-GURUH TINGLOVCHISI RAXMONOVA DILORA NING “MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH FANIDA”


Mustaqil ishi



O’qituvchi : Muhamedova D

Mavzu:1 sonidan 10 sonigacha bo’lgan raqamlarni ketma-ketlikda o’rganish


Maktabga tayyorlov guruhida matematika bo’yicha haftasiga 2 ta mashg’ulot, yil davomida 72 ta mashg’ulot o’tkaziladi. Mashg’ulotlarning davom etish muddati: birinchisi – 30 daqiqa, ikkinchisi – 20-25 daqiqa. Har bir mashg’ulot tuzilishi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni o’rganish, o’tilganlarni takrorlash va mustahkamlash, bolalarning egallagan bilimlarini tekshirishga xizmat qiladi.
Ta’limiy maqsad : bolalarni elementar matimatikaga qiziqtirish hamda 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlarni ketma-ketlikda sanashni o’rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: Bolalar 10 gacha sanashni o’rganishlari hamda 1 dan 10 gacha sonlar bilan o’zaro bilim almashadilar.
Kerakli jihozlar : tugallanmagan rasmlar, rangli qog’ozlardan geometrik shakllar, rangli qalamlar.
Faoliyatga tayyorgarlik: Faoliyatni boshlashdan oldin ikkita stolda bolajonlarni o’tirg’izib olamiz va stol ustiga rangli raqamlar, geomtrik shakllar hamda rangli qalamlarni tayyorlab qo’yamiz.

Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: bolajonlar har birimiz oldimizda turgan sonlarni qo’limizga olamiz va tepaga ko’taramiz. Bolajonlar endi bu rasmlarni oldimizga qo’yamiz men nechi sonini aytsam o’sha sonni ko’rsatasizlar .
Tarbiyachi : 1 sonini ko’rsatingchi deb aytadi shunda :
Bolajonlar: Bolalarning biri oldida turgan 0 sonini ko’tarib “mana nol soni ” deb aytadi. Shu tariqa 10 sonigacha ketma-ketlikda tarbiyachining aytgan sonlarini bolalar ko’rsatib boradi.
Tarbiyachi: Bolajonlar endi sehrli yarim tayyor rasmlar asosida sonlarimizni yanada yaxshiroq bilib olamiz. Bunda oldimizdagi sonly rasmlar bilan misollar yechamiz . tayyormisizlar bolajonlar.
Bolajonlar: Xaaa tayyormiz .
Tarbiyachi : Bolajonlar aytinglarchi manabu 2 tadan dumaloq shakllarimizni qo’shsak nechi soni paydo bo’ladi ?
Bolajonlar : 4 soni paydo bo’ladiiii.
Tarbiyachi : barakalla bolajonlar to’g’ri topdinglar .
Tarbiyachi: birinchi to’rtburchakichida nechta aylana bor?
Bolalar : 4 ta aylana boor
Tarbiyachi : Ofarin.
Bolajonlar 2 chi to’tr burchak ichida nechta aylana va ohirgisida nechta aylana bor?
Bolalar : 2 chisida 5 ta aylana bor va ohirgisida 2 ta aylana bor.
Tarbiyachi: Barakalla ofarin aqlli bolajonlarim to’gri topdinglar.

Tarbiyachi : Bolajonlar rasmda 4 ta cho’chqachalar bor unga yana 1 ta cho’chqacha qo’shildi, nechta cho’chqacha bo’ldi ?
Bolalar : 3+1= shunda cho’chqachalar 4 ta bo’lishdi.
Tarbiyachi: juda to’g’ri topdinglar bolajonlar rostan ham 4 ta bo’lishdi.

Tarbiyachi: Bolajonlar nechta barmoqchalar bor bu rasmda ?
Bolalar: bu rasmda 3 ta barmoqlar boor.
Tarbiyachi: ofarin to’g’ri topdingiz.

Shu tariqa tarbiyachi qolgan sehrli topshiriq rasmlar bilan davom etib boradi natijada bolalarga 1 dan 10 sonigacha bolgan sonlarni esda qoladigan mashg’uloti bilan o’rgatib boradi.
Tetiklantiruvchi mashqlar :
Tarbiyachi :qani bolajonlar barmoqlarim nechta deb o’zining barmoqlari bilan sonlarni ko’rsatib boradi Bolalar o’rinlaridan turib qo’llarini tepaga ko’tarib tarbiyachi ko’rsatgan son barmoqlarni aytib berishidi.
Tarbiyachi bugungi bilimlarni mustahkamlash uchun bolalarga 1 dan 10 sonigacha bo’lgan sonly misollarni beradi hamda bolalardan ijobiy natija javoblarni oladi.
Download 153.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling