Yakuniy hisobot. Yakuniy hisobot har 6 oyda, yilning oxirida tuziladi. Bu hisobot yordamida tarbiyachi bolalar shu muddat ichida qanday bilimlarga, ko'nikma, malakalarga ega bo'lganliklarini aniqlab oladi. Keyingi bosqichlarga o'quv yiliga reja tuza oladi. Yakuniy hisobotning yana bir maqsadi, bolani guruhdan guruhga o'tkazishda undagi barcha bilimlar shu guruhga mos keladimi yoki yo'qmi? ekanligini aniqlashda yordam beradi.
Ota-onalar bilan ishlarni yanada yaxshilash, ota-onalar burchagini yanada mazmunli qilib bezash, shuningdek, ota-onalar bilan individual suhbatlar o'tkazish lozim. Natijada shu narsa ko'rinadiki, bolalarning o'zlashtirishi yanada yuqori darajaga ko'tariladi. Bu o'rinda shuni qo'shimcha qilib o'tish lozimki, bolalarning tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bajargan ishlaridan ko'rgazmalar tayyorlansa, bunda bolalarda qiziqish yanada kuchayadi, o'z ishlarini yanada yaxshiroq bajarishga harakat qiladilar. Shuningdek, ota-onalar ham bolalarining bilimlari qay darajada rivojlanib borayotganliklaridan xabardor bo'lib turadilar. Bulardan ko'rinib turibdiki, bolalar bog'chasida hisobot ishlariga alohida e'tibor bermog'imiz lozim. Bu esa o'z vaqtida bolalarni mustahkam bilimlarga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.v
Do'stlaringiz bilan baham: |