Maktabgacha pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish


-mavzu. Ilmiy izlanuvchining metodologik madaniyati


Download 232.16 Kb.
bet12/49
Sana17.06.2023
Hajmi232.16 Kb.
#1520854
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
Bog'liq
мажмуа MPTModellashtirish УРДПИ

10-mavzu. Ilmiy izlanuvchining metodologik madaniyati
Reja
1.Ilmiy izlanuvchining metodologik madaniyati – kasbiy kompetentlikning tarkibiy qismi sifatida.
2. Ilmiy izlanuvchida metodologik madaniyatni tarkib toptirish darajalari.
3.Ilmiy izlanuvchida metododologik madaniyatni shakllantirish shart-sharoitlari.


Tayanch tushunchalar: madaniyat, metodologik madaniyat, dara­ja, nolevoy daraja, beqaror-empirik daraja, tadqiqotchilik, evristik.
Metodologik madaniyat - bu metodologik bilimlarga asoslangan ilmiy fikrlash madaniyatidir, uning o‘zagi esa metodologik refleksiyani tashkil etadi (V.V. Kraevskiy). Pedagog-tadqiqotchining metodoiogik madaniyati - tadqiqotchining qadriyatlami anglash, tizimli metodologik bilimlar, ilmiy izlanishning jarayoni va natijalarini loyihalashtirish, amalga oshirish va baholashning metodologik ko’nikmalari, ilmiy muammoning adekvat echimini taqozo etadigan shaxsiy intellektuai uslubni integratsiyalashni talab etuvchi kasbiy madaniyat kompo- nentidir. Pedagog-tadqiqotchi metodologik refleksiyaning subyekti (tashabbuskori) bo‘lishi juda muhim.
Metodologik inadaniyatning shakllanganlik darajalari:
Nolevoy daraja - metodologik madaniyat elementlari shakllan- magan.
Beqaror-empirik daraja - tasavvur etish darajasida noto‘liq metodologik bilimlar, ayrim metodologik, rasmiy-mantiqiy va vosita- texnologik ko‘nikmalar shakllangan; tadqiqot ishining mavzusi dolzarb emas, muammo aniq qo‘yilmagan va shakilantirilmagan; tadqiqot meto­dologik nuqtai nazardan asoslanmagan, eklektik tusga ega; kategorial apparati mazmuni va tarkibiy tuzilmasi aniq ishlab chiqilmagann, mantiqan noto‘g‘ri; faraz yangi emas; tadqiqot mantiqi metodologik nuqtai nazardan noto‘g‘ri va asoslanmagan; tajribaviy ish dasturi nazariy nuqtai nazardan asoslanmagan, texnologik jihatdan ziddiyatga ega; tadqiqot natijalari va xulosalari originallik, yangilik, nazariy mohiyat yo‘qligi bilan tavsiflanadi; tadqiqotning aiohida bosqichlari, jarayoti- larining tartibsiz refleksiyasiga ega, lekin metodologik refleksiyaning subyektini aks ettirmaydi; intellektual-uslubiy doirasi tor; intellektuai faoliyatning algoritmik usullari ustuvorligi; “sinash va xato usu!i”ning ustuvorligi; awal ishlab chiqilgan tadqiqot vositalarining majmui asosida ilgari surilgan ilmiy muammo echimini aks ettiradi; tadqiqotning evristik potensiali past - tadqiqot fanda mavjud bo'lgan pedagogik obyektlarni o‘rganishga qaratilgan, an’anaviy konsepsiya doirasida amalga oshirilgan; yangi natijalarga erishilganlik ehtimoli juda past (tadqiqotchi fanga ma’lum bo‘!gan dalillar, qoidalarni deyarli takrorlayapti).
Evristik daraja - tushunish va qollash darajasida alohida me­todologik, mantiqiy, texnologik qobiliyatlar shakllangan; tadqiqotning ilmiy va amaliy dolzarbligi asoslangan; kategorial apparati mohiyati v:: tarkibiy tuzilmasi aniqlashtirilgan, lekin mantiqiy xatolarga yo : qo‘yilgan; tadqiqotning metodologik xususiyatlari, mohiyati, xulosalari o‘rtasida qat’iy korrelyasiya mavjud emas; gipoteza yuqori evristik potensialga ega, konseptual yangilik, nostandart yondashuv bilan tasniflanadi; tajribaviy ishning maqsadi asoslangan, lekin uning dasturi texnologik amaliyotga to‘liq mos emas; tadqiqot natijalari va xulosaiari yangilik va amaliy tavvsifga ega; tadqiqotning alohida bosqichlai., jarayonlarining tartibsiz refleksiyasiga ega, lekin metodologik refleksivaning subyektini aks ettirmaydi; variativ intellektual-uslubiy doiraga ega; tadqiqotning yaqqol evristik potensialga egalishi.
Tadqiqotchilik darajasi - tushunish va qoMlash darajasida tizim h metodologik bilimlar shakllangan, mantiqiy, texnologik, refleksiv qobiliyatlar, alohida metodologik ko‘nikmalar shakllangan; tadqiqotning ilmiy va amaliy dolzarbligi asoslangan; kategorial apparati mohiyati \ч. tarkibiy tuzilmasi aniqlashtirilgan, mantiqan to‘g‘ri; tadqiqotning met. dologik xususiyatlari, xulosalari o‘rtasida qat’iy korrelyasiya mavjud emas; gipoteza evristik, yangilik, nostandartlik bilan xarakterlanadi, tadqiqot mantiqi metodologik to‘g‘ri, asoslangan; tajribaviy va eksperimental ishning maqsadga muvofiqligi asoslangan, uning dasturi texnologiklikka zid emas; tadqiqot natijalari yangilik, amaliy va nazariy ahamiyat bilan xarakterlanadi; alohida bosqichlar, tadqiqot jarayonlarining refleksiyasini amalga oshiradi, lekin metodologik refleksiyaning subyekti (tashabbuskori) emas; variativ intellektua!- uslubiy repertuar; tadqiqotning yuqori evristik potensialga egaligi.
Integrativ -tushunish va qoMlash darajasida tizimli meiodoiogi* bilimlar shakllangan, mantiqiy, texnologik, refleksiv qobiliyatlar alohida metodologik ko‘nikmalar shakllangan; tadqiqotning ilmiy va amaliy dolzarbligi asoslangan; kategorial apparati mohiyati va tarkibi) tuzilmasi aniqlashtirilgan, mantiqan to‘g‘ri; tadqiqotning metodologik xususiyatlari, xulosalari o‘rtasida qat’iy korrelyasiya mavjud emas; gipoteza evristik, yangilik, nostandartlik bilan xarakterlanadi; tadqiqot mantiqi metodologik to‘g‘ri, asoslangan; tajribaviy yoki eksperimental ishning maqsadga muvofiqligi asoslangan, uning dasturi texnologiklikk,.; zid emas; tadqiqot natijalari yangilik, amaliy va nazariy ahamiyat bilai;
xarakterlanadi; aiohida bosqichlar, tadqiqot jarayonlarining refleksi- yasini amalga oshiradi, lekin metodologik refleksiyaning subyekti (tashabbuskori) emas; variativ intellektual-uslubiy repertuar; tadqiqot­ning yuqori evristik potensialga egaligi,
Savol va topshiriqlar

  1. Ilmiy izlanuvchining metododlogik madaniyati deganda nima tu- shiniladi?

  2. Ilmiy izlanuvchida metodologik madaniyatni tarkib toptirish da­rajalari ga izoh bering.

  3. Ilmiy izlanuvchida metodologik madaniyatni tarkib toptirishning beqaror-empirik darajasini sharhlang.

  4. Ilmiy izlanuvchida metodologik madaniyatni tarkib toptirishning tadqiqotchilik darajasini bayon eting.

  5. Ilmiy izlanuvchida metodologik madaniyatni tarkib toptirishning evristik darajasini sharhlang.


Download 232.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling