Maktabgacha pedagogika


Download 33.93 Kb.
bet12/17
Sana13.11.2023
Hajmi33.93 Kb.
#1770906
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazi

5–6 YOSHLI BOLALAR
Bu yoshda shaxsiyatning intellektual, ma’rifiy-irodaviy va hissiy jihatlarida jadal rivojlanish yuz beradi. 6 yoshli bola o‘zini va o‘zgalarni bilishga harakat qiladi, xatti-harakat va o‘zaro munosabatlardagi aloqalarni anglay boshlaydi. Turli xil harakterdagi munosabatlarni tushunadi, shaxsiy xulq-atvor yo‘nalishini tanlaydi. O‘zi to‘g‘risidagi tasavvurlarda o‘zgarish yuz beradi. Shaxsiyatning rivojlanishi yangi xususiyat va ehtiyojlarning paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Amaliy va aqliy tajriba o‘tkazish, umumlashtirish, sabab-natija aloqalarini o‘rnatish qobiliyatlari shakllanadi. Makonda mo‘ljal olish qobiliyati o‘sadi (biroq fasllar va hafta kunlarida adashish kuzatiladi). Nutqning grammatik qurilishi mukammallashadi. Ta’sirchan ohang vositalaridan erkin foydalanadi. Bola lug‘ati umumlashtiruvchi so‘zlar, sinonimlar, antonimlar hamda ko‘p ma’noli so‘zlar bilan boyib boradi. Ularning qomati shakllanib, chidamlilik va jismoniy sifatlari rivojlanadi. Yoshiga mos bo‘lgan gigiyenik jarayonlarni amalga oshira oladi, ozodalik malakalari, sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi tasavvurga ega bo‘ladi.
Ota-onalarga tavsiyalar:
• Biz hali ham yuguramiz, sakraymiz va faollikning har qanday shaklini iliq kutib olamiz. O‘z bolaligingizni eslang. Siz qanday o‘yinlarni o‘ynar edingiz? Harakatchan o‘yinlar ko‘p bo‘lgan-a, to‘g‘rimi? Shunday ekan, ularni farzandingizga ham o‘rgating.
• Bolani odob-axloq qoidalari bilan tanishtirishda davom etamiz. Ammo endi ko‘proq ham kattalar, ham tengdoshlari bilan kechadigan muloqotga e’tibor qaratamiz.
• Qiziquvchanlik, turli xil ko‘rinishdagi ijodkorlik, aqliy vazifalarni yecha olish qobiliyatlarini yanada rivojlantiramiz. Bunda bolalar uchun kashfiyotchilik vazifalarini yechish nazariyasi bo‘yicha kitoblarni tavsiya qilaman. Ular kichkintoylarga ko‘p narsa bera oladi!


Maktabga tayyorlov guruhi (6-7 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari


6–7 YOSHLI BOLALAR
Mazkur davr eng murakkab davrlardan biri sanaladi. Bolakay birinchi marta o‘zini onasidan ajrata boshlaydi. Ya’ni “men o‘zim” haqiqiy motivatsiyaga aylanadi. Bola o‘zini butunlay mustaqil shaxs sifatida anglaydi. Bu tengdoshlari bilan kechadigan erkin muloqot davomida namoyon bo‘ladi. Endilikda bolalar hamkorlikdagi faoliyatda shaxsiy qarashlarini himoya qilib, hayotiy vaziyatlarda axloqiy tanlovni amalga oshira oladilar. Jinsidan kelib chiqib, unga mos bo‘lgan yurish-turish qoidalarini ongli tarzda bajaradilar. Bundan tashqari, turli jinsdagilarga xos bo‘lgan har xil faoliyat turlarini egallaydilar. Yetti yoshli bolalar nutqi passiv leksika hisobiga boyishda davom etadi. Bola fikr va taassurotlarini bayon etish, predmetlarni tasvirlash, qayta so‘zlashda so‘zlardan aniq foydalanadi. Nutq muloqotning haqiqiy vositasiga aylanadi. Bu yoshda bolalarda harakatlanish malakalarida ahamiyatli tarzda tez shakllanish yuz beradi: yurish va yugurish mukammallashadi, bir va ikki oyoqlab sakrashni o‘rganib olishadi, turgan joyidan uzoqlikka va balandlikka sakray olishadi. Bolalarda o‘zi hamda shaxsiy jismoniy imkoniyatlari to‘g‘risida tasavvurlari kengayadi.

Download 33.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling