Maktabgacha ta`lim kafedrasi


Download 322.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana04.06.2018
Hajmi322.82 Kb.
  1   2   3   4

O`ZBeKISTON ReSPUBLIKASI XALQ TA`LIM VAZIRLIGI 

AJINIyoZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PeDAGOGIKA INSTITUTI 

 

 



 

 

 



 

Maktabgacha ta`lim   kafedrasi 

 

 

 

 



 

 

 

QIyoSIY PeDAGOGIKA  fani bo`yicha  

 

 

M A ` R UZ A  M A T N L AR I 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

NUKUS 2013 

Qiyosiy pedagogika fani predmeti, vazifalari, ilmiy-tadqiqot metodlari 

 

Joba 



1.

 

Qiyosiy pedagogika  fanining  tadqiqot ob`ekti, maqsadi, vazifalari.  



2.

 

Pedagogik taqqoslash fanining rivojlanish  bosqichlari. 



3.

 

Fanning ilimiy-tadqiqot metodlari. 



 

 

Adabiyotlar 



1. Karimov I.A. Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotning poydevori. T., 1997. 

2.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T., 1997. 

3. Ta`lim tөg`risidagi qonun. T., 1997. 

4. Gaybullaev N.R., Yodgorov R., Jdarkin L.P., Toshmurodova F. va boshq. Pedagogika, 1999. 

5. Inog`omov R., Toshmurodova F. Pedagogika fani XXI asrda. T.,2000. 

6. Tursunmetov K., Ahmedov Sh. O`quvchilar bilimini sinashning ba`zi bir muammolari. 

7. Jdarkin L.P. Pedagogicheskie obuchenie texnologii. 1992. 

 

 



Kelajagi  buyuk  davlatni  qurayotgan  kishining  tafakkuri,  axloqi  yangi  iqtisodiy 

munosabatlarni  tiklashga,  moddiy  ne`matlar  ishlab  chiqishga  astoydil  kirishib  doimo  yonib 

yashash  hissi  bilan  sug`orilgan  bo`lishi  lozim.  Mana  shunday  ijobiy  xislatlarga  boy  insonlarni 

tarbiyalash pedagoglarning vazifasi hisoblanadi. 

Pedagogik  taqqoslash  fani  Өzbekiston  Respublikasi  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi» 

va  «Ta`lim  to`g`risida»gi  Qonun  talablari  asosida  oliygohlarda  bo`lg`usi  өqituvchilarni  jahon 

pedagogikasi,  ayniqsa  rivojlangan  davlatlarda  ta`limning  өziga  xos  jihatlari  haqida 

ma`lumotlarga ega bөlish va ta`lim-tarbiyada qotib qolgan va eskirgan өz dolzarbligini  yөqolib 

borayotgan  ish  shakli  va  uslublaridan  xolos  etish,  ta`limni  munosib  tarzda  yaxshilashda  va 

yangilashda ustuvor fanlardan biri sifatida xizmat qiladi. 

Pedagogik  taqqoslash  fanining  maqsadi-bөlg`usi  өqituvchilarni  fanning  nazariy 

metodologik  muammolari,  taraqqiyot  bosqichlari,  chet  el  ta`limi,  uning  mazmuni,  tuzilishi, 

rivojlanishi,  өziga  xos  xususiyatlari,  ta`lim-tarbiya  orasidagi  uzviyliklar,  ilg`or  g`oyalar  va 

tajribalar  xususidagi  bilimlar  bilan  tanishtiradi.  Shu  orqali  ta`lim  mazmunini  rivojlantirish,  uni 

jahon  talablari  darajasiga  olib  chiqish,  pirovard  natijada  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlab, 

mustaqil Respublikamiz iqtisodiy, ma`naviy qudratini oshirishga xizmat qildirishdan iboratdir. 

Tarbiya jamiyat vazifasi bөlib u faqat ishlab chiqarish munosabatlari ta`sirida emas, balki 

turli  tarixiy  davrlarda  ilgari  surilgan  u  yoki  bu  tarbiya  nazariyasining  g`oyalari  ta`sirida  aniq 

shaklga ega bөladi. 

Jamiyatda  tarbiya  jarayonida  tөplangan  tajribani  umumlashtirish  ehtiyoji  tug`ilib,  өsib 

kelayotgan  yosh  avlodni  hayotga  durustroq  va  rejali  tarzda  tayyorlash  imkonini  beradigan 

maxsus  өquv  yurtlarini  ochish  zaruriyati  paydo  bөlishi  bilan  birga  ta`lim  nazariyasi  ham  fan 

sifatida rivojlanib boshladi. 

Pedagogikaning  fan  sifatida  shakllanishi  buyuk  chex  pedagogi  Yan  Amos  Komenskiy 

nomi  bilan  bevosita  bog`liq.  Uning  mashhur  G`Buyuk  didaktikaG`  asari  pedagogika  nazariyasi 

va amaliyoti sohasida birinchi muhim pedagogik asar hisoblanadi. 

Pedagogika  fanining  ob`ekti  tarbiyaviy  munosabatlar  natijasida  rivojlanuvchi  inson 

hisoblanadi. 

Pedagogika-bu  insonni  qanday  qilib  tarbiyalash,  unga  qanday  qilib  ma`naviy  boylikka 

erishish mumkinligini, ijodiy faol hamda hayotdan zavqlana olishi, jamiyat va tabiat bilan tөg`ri 

munosabat өrnata olish haqidagi fan. 

Pedagogika  atamasi  qadimgi  Yunonistondan  kelib  chiqqan.  Bu  erda  quldorlar  bolalarini 

maktabgacha  kuzatib  qөyadigan,  olib  boradigan  odamlarni  G`pedagogG`  deb  atashgan. 

Keyinchalik  bu atamaning ma`nosi birmuncha өzgardi.  



Oldingi  bolalar  tarbiyasi  kattalar  tomonidan  bevosita  mehnat  faoliyatida  amalga 

oshirilgan  bөlsa,  jamiyat  rivojlanib  borgan  sari  tarbiya  bilan  bilimdon,  tajribasi  etarli  odamlar 

shug`ullana  boshlagan.  Mashg`ulotlar  tobora  tashkiliy  shakllarga,  kөrinishlarga  ega  bөlib,  asta-

sekin maktablar paydo bөldi. 

Pedagogika  fani  өz  mazmun  mohiyatini  boyitichda,  yangilashda  mavjud  pedagogik 

xodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan өrganadi.  

Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot usullari degnada yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va 

ө

qitishning real jarayonlarga xos bөlgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish yөllari, 



uslublari  va  vositalari  majmuyi  tushuniladi.  Pedagogika  fanining  ilmiy  tadqiqot  usullari 

qanchalik  tөg`ri  tanlansa,  ta`lim  tarbiya  mazmunini  yangilash  va  takomillashtirish  shu  darajada 

yuksaladiҮ  Ammo  shuni  ta`kidlamoq  lozimki,  ilmiy  tadqiqot  metodlari  tizimi  hali  hozirgacha 

fanda  tөla  yaratilgan,  hal  etilgan  emas.  Mavjud    va  ishlab  chiqilgan  quyidagi  ilmiy-tadqiqot 

usullariga tayanib fikr yuritish mumkin.  

1.

 



Pedagogik kuzatish usuli. 

2.

 



Suhbat usuli. 

3.

 



Bolalar ijodini өrganish usuli. 

4.

 



Sөrovnoma, test usuli. 

5.

 



Maktab hujjatlarini tahlil qilish usuli. 

6.

 



Eksperiment, tajriba-sinov usuli. 

7.

 



Statistika ma`lumotlarini tahlil qilish usuli. 

8.

 



Matematika-kibernetika usuli. 

Pedagogik 

kuzatish-odatda 

tabiiy 


kuzatish 

orqali 


ө

quvchilarning 

fanlarni 

ө

zlashtirishlari,  ularning  xulq  atvori  va  ularning  muomaladagi  өzgarishlarini  hisobga  olish  va 



tegishli  ta`limiy-tarbiyaviy  ta`sir  kөrsatish  yөllarini  belgilash  uchun  qөllaniladi.  Bu  metod 

tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va xodisalarni biror maqsadni kөzda 

tutib  idrok  etish  tashkil  etadi.  Bunda  kuzatishlar  tezligi  va  soni,  kuzatish  ob`ekti,  vaqti, 

pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratiladigan xarakteristika va hakozolar hisobga olinadi. 



Suhbat  metodi-  sөrashning  bir  turi  bөlgani  holda,  tadqiqotchining  jiddiy  tayyorgarlik 

kөrishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita alohida bөlish vaqtida og`zaki 

suhbat tarzida, suhbatdoshning javoblarini yozmasdan erkin muomala shaklida qөllaniladi.  

Suhbat  metodida-maktab  өqituvchilari  va  өquvchilar  jamoasi  bilan  ota-onalar  va  keng 

jamoatchilik bilan, yakka va guruhli tartibda ish olib borilganida qөllaniladi.  

Pedagogik  sөrash  metodi-  tadqiqotchining  boshqa  kishilardan  pedagogik  tajribaning 

biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayoni bu metodning asosini tashkil qiladi.  



Test,  sөrovnomalar-  bu  sөrovnoma,  ya`ni  anketa  usuli  qөllanganda  yaratilgan  ilmiy 

farazning  yangiligini  bilish,  aniqlash  өquvchilarning  yakka  yoki  guruhli  fikrlarini,  qarashlarini, 

qanday  kasblarga  qiziqishlarini,  kelajak  orzu-istaklarini  bilish  va  tegishli  xulosalar  chiqarish, 

tavsiyalar  berish  maqsadida  өtkaziladi.  Test  savollaridan  kөzlangan  maqsad  oz  vaqt  ichida 

ө

quvchilarning bilimlarini yoppasiga baholashdir. 



Test sinovlar metodi- bu yozma javoblarning ommoviy ravishda yig`ib olish metodidir. 

Test  sinovlarini  (anketalarni)  ishlab  chiqish  murakkab  ilmiy  jarayon.  Pirovard  natijada  tadqiqot 

natijalarining  ishonchliligi  anketalar  mazmuniga,  berilayotgan  savollar  shakliga,  tөldirilgan 

anketalar  soniga  bog`liq  bөladi.  Odatda  test  savollarining  ma`lumotlarini  komp`yuterda 

matematik statistika metolari bilan ishlashga imkon beradigan qilib tuziladi. 

Maktab  hujjatlarini  tahlil  qilish  usuli-  bunda  өquvchilarning  umumiy  miqdori  uning 

ө

sishi  yoki  kamayish  sabablari  tavsifi,  өquvchilarning  fanlar  bөyicha  өzlashtirish  darajasiga, 



sinfdan  qolishning  oldini  olish,  rag`batlantirish  va  jazolash  choralari  turlariga  maktabning 

moddiy bazasiga e`tibor beriladi. 



Eksperiment,  tajriba-sinov  metodlari-ushbu  tajriba  asosan  ta`lim-tarbiya  jarayoniga 

aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqiy jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida 

ө

tkaziladi.  



Statistika  ma`lumotlarini  tahlil  qilish  usuli-xalq  ta`limi  sohasidagi,  jumladan, 

ajratilgan  mablag`larning  doimiy  өsib  borishi,  darslik  va  өquv  qөllanmalari,  kөrgazmali 

qurollari,  өqituvchi  kadrlar  tayyorlash,  maktab  qurilishi,  hөjalik  shartnomalari  va  ulardan 

tushayotgan mablag`lar statistika usuli orqali aniqlanadi. 



Matematika  va  kibernetika  usullari-өqitish  nazariyasi,  amaliyotida  hisoblash 

matematikasi  va  kibernetikasi  mashinalari  yordamida  bir  tildan  ikkinchi  tilga  tarjima,  dasturli 

ta`lim va uni mashina orqali boshqarish, өqitishni mustahkamlash, baholash orqali ta`lim-tarbiya 

samaradorligini  oshirish  diferentsial  va  individual  ta`lim  berish,  maktab  hisobotini  mashinalar 

yordamida tuzish kabi jarayonlardir. 

 

 



Mustaqil Өzbekiston Respublikasida ta`lim tizimi, I.A.Karimov asarlarida barkamol 

avlod tarbiyasi 

 

RejaҮ 



1.

 

Mustaqil Өzbekistonda pedagogika fanining ravnaq topishi. 



2.

 

Ta`lim tizimini isloh qilish -davr talabi. 



3.

 

Ta`lim tizimini isloh qilishdagi asosiy yөnalishlar. 



4.

 

Ө



zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 

5.

 



Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy yөnalishlari. 

6.

 



I.A.Karimov  asarlarida,  nutq  va  risolalarda  pedagogik  tadqiqotlar  ularning  asosiy 

yөnalishlari va natijalari. 

7.

 

Ө



zbek xalqining ma`rifiy qadriyatlardan ta`lim-tarbiyada foydalanish. 

 

Adabiyotlar 



1.

 

Uzbekiston Respublikasi Ta`lim tugrisidagi Konuni, 1997 yil. 



2.

 

Uzbekiston Respublikasi G`Kadrlar tay§rlash milliy dasturiG`. 1997. 



3.

 

I.A.Karimov. Buyuk kelajak sari. T., G`UzbekistonG` 1998. 



4.

 

I.A.Karimov. Barkamol avlod-Uzbekiston tarakki§tining poydevori.T, 1998. 



5.

 

I.A.Karimov. Uzbekiston kelajagi buyuk davlat.T., 1992. 



6.

 

I.A.Karimov. Uzbekiston XXI asrga intilmokda.T., 1999. 



7.

 

M.A.Sakalova. Ki§siy pedagogika. T., 1984. 



8.

 

Bokieva  G.-Pedagogik  tadkikotlar  bugungi  talab  va  yangi  vazifalar.-Ma`rifat  gaz.,  10 



noyabr, 1999. 

 

 



Respublikamiz  mustaqilligi  e`lon  qilingan  1991  yil  31  avgust  nafaqat  Өzbekiston  uchun 

balki tinchlik tarafdori bөlgan barcha demokratik davlatlar uchun ahamiyatli voqea sifatida qabul 

qilindi.  Shu  yildan  boshlab  Өzbekiston  har  yili  1  sentyabrni  mustaqillik  kuni  bayramini 

nishonlaydi.  

Avvalom bor islohatlarning tamoyillari ishlab chiqiladi. Ular quyidagilardan iborat 

1.

 



Iqtisodiyotning siyosatdan ustivorligi. 

2.

 



XXI asrga өtish davrida davlatning boshqaruvchilik roli. 

3.

 



Qonunning ustuvorligi. 

4.

 



Aholining manfaatlarini himoya qiladigan kuchli ijtimoiy siyosat. 

5.

 



Islohatlarni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi. 

 Ushbu  besh  asosiy  tamoyil  albatta  pedagogika  fanining  ham  keyingi  rivojini  belgilab 

beruvchi yөnalishlar sifatida qaralishi kerak. Chunki ana shu tamoyil Өzbekiston Respublikasini 

mustaqil,  demokratik  davlat  sifatida  shakllanishi  va  keyingi  rivojlanishin  ta`minlovchi  kuchga 

ega. Demak, pedagogika fani өz oldiga qөygan maqsadlaridan ana shu tamoyillariga hamohang 

bөlishi lozim.  



Pedagogika  fani  ta`lim-tarbiya  ishini  shunday  uyushtirishi  kerakki,  bu  jarayonda  quyidagi 

xususiyatlar tarbiyalansin  

-milliy  qadriyatlarga  xurmat,  insonparvarlik,  vatanparvarlik,  birodarlik  va  hamkorlik, 

iymon  va  e`tiqod,  halollik,  axloqiy-poklik,  ijodkorlik  va  tashabbuskorlik,  tadbirkorlik  va 

ishbilarmonlik. 

Mustaqillik  tarbiyasining  shu  yөnalishlari-milliy  axloq  odobning  tarkibiy  qismidir. 

Shuningdek,  ular  mustaqillik  tarbiyasining  asosini  tashkil  qiladi.  Zikr  qilingan  pedagogik 

asoslari  xalq  xөjaligining  barcha  sohalarini  rivojlantirishda,  xalqni  tarbiyalashda  muhim  rol` 

ө

ynashi  tabiiy  holdir.  Milliy  istiqlol  mafkurasini  yoshlar  qalbi  va  ongiga  singdirish  ta`lim-



tarbiyaning  turli  shakllari  orqali  amalga  oshiriladi.  Bunda  quyidagi  vazifalarni  nazarda  tutish 

lozim:  


-ta`lim  muassasalarida  bolalar  va  talabalarning  yoshiga  mos  ravishda  milliy  istiqlol 

mafkurasini singdirishning diferentsial pedagogik-psixologik dasturini yaratish; 

-kadrlar tayyorlash milliy  dasturi asosida o`quvchi-talabalar ongida milliy  g`oya va milliy 

istiqlol mafkurasini shakllantirish ishlarini uzluksiz tarzda olib borish; 

-өquv  dasturlari,  darslik  va  qөllanmalarda  milliy  istiqlol  mafkurasi  g`oyalarini  terang  aks 

ettirish; 

-maktab, litsey, kollej, institutlarda milliy istiqlol mafkurasi g`oyalarini terang aks ettirish; 

-pedagogik kadrlarning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish. 

Respublikamizning istiqlolga erishuvi jamiyat hayotining barcha jabhalarida shu jumladan 

ta`lim-tarbiya  sohasida  ham  өz  aksini  topdi.  Өzbek  pedagogikasi  tarixida  burilish  davri, 

yangilanish davri boshlanda.  

Ө

zbekiston  Respublikasidagi  mustaqil  huquqiy,  demokratik  davlat,  erkin  fuqarolik 



jamiyatini qurish  yөlida  ulkan ishlar inson mohiyatini  yangidan kashf qilishga, uni intellektual-

amaliy rivojlanishi uchun yangi shart-sharoitlar yaratib berdi. Bu өz navbatida insoniyat yaratgan 

ma`naviy-ilmiy boyliklarga, insonning өziga yangicha munosabat, yondoshuvni yuzaga keltirdi. 

Endi pedagogika fani faqat ta`lim-tarbiya jarayonini nazariy, metodik-amaliy ta`minlovchi emas, 

komil insonning shakllanishini, rivojlanishini ta`minlovchi keng sohalarni өz ichiga ola boshladi.  

Endilikda  pedagogika  fani  өz  oldiga  yangicha  fikrlash,  yangicha  tafakkur,  milliy  mafkuraning 

keng  qamrovli  sifatlarini  shakllantirish  vazifalarini  qo`ydi.  Shuning  uchun  ham  yangi  ta`lim 

kontseptsiyasi  qabul  qilindi  va  unda  keyingi  rivojlanishlarning  barcha  yөnalishlari  qayta  ko`rib 

chiqildi.  

Rivojlangan  mamlakatlarning  tajribasi  shuni  kөrsatmoqdaki,  qaerda  ta`lim  va  tarbiyaga 

e`tibor  katta  bo`lsa,  өsha  erda  tarqqiyot  yuksalish  bor.  Shuning  uchun  respublikamizning 

istiqboli uzluksiz ta`limni qay darajada amalga oshirilishiga bog`liq.  

Uzluksiz  ta`lim  kadrlar  tayrlash  tizimining  asosi,  O`zbekiston  Respublikasining  ijtimoiy-

iqtisodiy, ijtimoiy-ilmiy-texnikaviy va ma`daniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohalar.  

Uzluksiz ta`limning faoliyat kөrsatish printsiplari quyidagilardan iborat:  

-ta`limning  ustuvorligi-uning  rivojlanishining  birinchi  darajali  ahamiyatga  ega  ekanligi, 

bilim, ta`lim va yuksak intellektning nufuzi; 

-ta`limning demokratlashuvi-ta`lim va tarbiya uslublarining tanlanishida өquv  yurtlarining 

mustaqilligining kengayishi, boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga өtilishi; 

-ta`limning insonparvarlashuvi-inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta`limga nisbatan 

bөlagn turli-tuman ehtijlarning qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining 

ta`minlanishi, inson jamiyat va atrof-muhit өzaro munosabatlarning uyg`unlashuvi; 

-ta`limning  ijtimoiylashuvi-ta`lim  oluvchilarda  estetik  boy  dunyoqarashni  hosil  qilish 

ularda yuksak ma`naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlarni shakllantirish; 

- ta`limning milliy  yөnaltirilganligi- ta`limning milliy tarix, xalq an`analari va urf-odatlari 

bilan uzviy uyg`unligi, Өzbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta`limni 

milliy  taraqqiyotning  өta  muhim  omili  sifatidan  e`tirof  etish,  boshqa  xalqlarning  tarixi  va 

madaniyatini xurmatlash; 



-ta`lim  va  tarbiyaning  uzviy  bog`liqligi,  bu  jarayonning  har  tomonlama  komil  topgan 

insonni shakllantirishga yөnaltirilganligi; 

-iqtidorli  yoshlarni  aniqlash,  ularga  ta`limning  eng  yuqori  darajasida,  izchil  darajasida 

fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar.  

Uzluksiz  ta`lim  tizimining  faoliyat  olib  borishi  davlat  ta`lim  standartlari  asosida  turli 

darajadagi  ma`lum  dasturlarning  izchilligi  asosida  ta`minlanadi  va  quyidagi  ta`lim  turlarini  өz 

ichiga oladi: 

-maktabgacha ta`lim; 

-umumiy өrta ta`lim; 

-өrta-maxsus kasb-hunar ta`lim; 

-oliy ta`lim; 

-oliy өquv yurtidan keyingi ta`lim; 

-kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 

-maktabdan tashqari ta`lim. 

Kadrlar tayyorlash milliy modelining o`ziga xosligi mustaqil ravishda 9 yillik umumiy өrta 

ham  q  yillik  өrta  maxsus  kasb-hunar  ta`limini  joriy  etishdan  iboratdir.  Bu  esa,  umumiy  ta`lim 

dasturlaridan өrta maxsus, kasb-hunar ta`limi dasturlariga izchil өtilishini ta`minlaydi. Umumiy 

ta`lim  dasturlari:  maktabgacha  ta`lim,  boshlang`ich  ta`lim(1-4  sinf),  umumiy  өrta  ta`lim(1-9 

sinflar)  өrta  maxsus,  kasb-hunar  ta`limini  qamrab  oladi.  Kasb-hunar  ta`limi  dasturlari  өrta 

maxsus,  kasb-hunar,  oliy  (bakalavriyat,  magistratura)  ta`lim  va  oliy  өquv  yurtidan  keyingi 

ta`limni, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni qamrab oladi. 

Maktabgacha  ta`lim  Өzbekiston  xalq  ta`limi  tizimidagi  birinchi  bosqichdir.  Bu  bosqichda 

xilma-xil  toifadagi  turlicha  muassasalarni  kөrish  mumkin.  Ya`ni  yaslilar,  bolalar  bog`chalari, 

sog`lomlashtirish  bog`chalari,  aqliy,  jismoniy  jihatdan  nuqsonli  bolalar  bog`chalari,  xonadon 

bog`chalari mavjud.  

Umumiy ta`lim uzluksiz davlat ta`limi tizimida asosiy bo`g`in bo`lib, ta`lim oluvchilarning 

ilmiy bilimlar olishini, mehnat ta`limi, boshlang`ich kasb kөnikmalari, ishbilarmonlik asoslarini 

egallashlarini,  shuningdek  өz  ijodiy  qobiliyatlari  va  ma`naviy  fazilatlarini  rivojlantirishlarini 

ta`minlaydi.  

Umumiy ta`lim «Ta`lim to`g`risidagi» Qonunning 9-bandiga muvofiq 3 bosqichdan iborat: 

-boshlang`ich ta`lim (1-4 sinflar); 

-tayanch ta`limi (5-9 sinflar); 

-o`rta ta`lim (10-11-12 sinflar). 

Ta`lim  haqidagi  davlat  siyosatining    asosiy  mohiyati  tayanch  ta`limining  (9  yillik) 

majburiyligidir. 

Ө

rta  maxsus  ta`lim  (akademik  litsey,  kasb-hunar  kollejlari)  3  yillik  muddatini  o`z  ichiga 



oladi. 

Oliy ta`lim tabaqalashtirilgan bөlim; 

Birinchi bosqich-bakalavr; 

Ikkinchi bosqich-magistraturadan iborat. 

Oliy  өquv  yurtidan  keyingi  ta`lim:  aspirantura,  doktorantura,  tadqiqotchi  kadrlarning 

malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmog`i. 

Ө

tish  davri  juda  murakkab  jarayon  bөlib,  bu  davrda  ayniqsa  uyushqoqlik  va  bir 



yөnalishdagi  harakatlar  talab  etiladi.  Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta`kidlashicha  «O`tish  davrida 

davlat  jilovini  qөldan  bermaslik  kerak.  Shundagina  u  davlat  bөla  oladi.  Jilov  qo`ldan  ketgan 

joylarda ahvol qanday ayanchli ekanligini hammamiz kөrib turibmiz». 

Prezidentimiz  I.A.Karimovning  iqtisodiyot  haqidagi,  davlatning  bosh  islohatchilik  roli 

tөg`risidagi dono fikr va mulhazalarini pedagogik jihatdan tahlil va talqin etish hozirgi kuch  va 

kelajak  uchun  muhim  ahamiyatga  egadir.  Chunki  yaratilajak  shu  pedagogik  ruhdagi  tadqiqotlar 

yoshlarni  yangi  mustaqillik  iqtisodiyoti  talablari  asosida  tarbiyalashda  qөllanma  va  yөllanma 

vazifasini өtashi mumkin.  



Ө

quvchilarda  yangicha  moddiy  va  iqtisodiy  faravonlik  haqidagi  tuyg`ularni  tarbiyalashga 

ahamiyat  berish,  ezgu  maqsadga  erishish  malakalarini  vujudga  keltirish  va  takomillashtirish, 

halollik va fidoyilik odobini tarbiyalash masalalar bugungi kunda pedagogika fani oldida turgan 

asosiy masaladir.  

Bu masalalarni hal etishda biz albatta ma`rifiy qadriyatlarga murojaat etishimiz va ulardan 

samarali  foydalanishimiz  lozim.  Өzbek  xalqi  asrlar  maboynida  avaylab  saqlanib,  sayqal  topib 

kelgan  өz  milliy  urf-odatlari,  rasm-rusumlari  va  an`analari,  g`ururi,  ijtimoiy-iqtisodiy  turmush 

tarzi,  huquqiy  ongi,  e`tiqodi,  bir  sөz  bilan  aytganda,  madaniy-ma`naviy  dunyosi  bilan  ajralib 

turadi.  Buyuk  ajdodlarning  umumbashariy  ma`rifatparvarligini  yaratishda  bevosita  ishtirok 

etganlar, ular jahon tsivilizatsiyasiga ulkan hissa qөshganlar. Mustaqillik poydevorining tayanchi 

xalqimizning  milliy  ma`naviy  poydevoriga,  ma`naviy  poydevori  esa  milliy  istiqlol  mafkurasini 

yaratishga  borib  taqaladi.  Bizning  ta`lim-tarbiya  an`analarimiz  tarixi  Avesto  davriga  borib 

taqaladi.  Bu  davrda  ham  tarbiyaning  өziga  xos  gөzal  xususiyatlari,  tajribalari  mavjud  bөlgan, 

albatta.  Lekin  ularning  barchasida  halollik  odobi  birinchi  darajaga  kөtarilgan.  Halol  insonlar 

uchun ruhsat qilingan ishlar, xatti-harakatlar majmuasi, qolaversa, mehnat evaziga topilgan. 

 

  


Каталог: lektions -> mektepke%20shekemgi%20tarbiya
lektions -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
lektions -> O`zbekistan Respublikasi Xalk Bilimlendiriu minstrligi Ajiniyaz atindag`i Nokis mamletlik pedagogikalik institut
mektepke%20shekemgi%20tarbiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
mektepke%20shekemgi%20tarbiya -> Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim kafedrasi
mektepke%20shekemgi%20tarbiya -> A`jiniyaz atindag`i No`kis Ma`mleketlik Pedagogikaliq Instituti
mektepke%20shekemgi%20tarbiya -> 2 YoSh davrlari psixologiyasi fanining vazifalari va tadqiqot usullari. ReJA
mektepke%20shekemgi%20tarbiya -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika
mektepke%20shekemgi%20tarbiya -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
mektepke%20shekemgi%20tarbiya -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
mektepke%20shekemgi%20tarbiya -> O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling