Maktabgacha ta'lim metodikasi kafеdrasi bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi
Download 1.25 Mb.
|
Bolalar psix. majmua 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ish topshiriqlari
- TEST SAVOLLARI
NAZORAT SAVOLLARI:
Chaqaloqlik va go’daklik davrida “Jonlanish” komplekisi qanday namoyon bo’ladi? Go’dakda muloqot qo’lamining kengayishi va nutqning vujudga kelishi to’g’risida fikringiz? 3. Go‘daklik davrida psixik taraqqiyot to’g’risida fikringiz? Mustaqil ish topshiriqlari: Chaqaloqlik va go’daklik davrida his-tuyg’uning o’sishi. Go’dak va muloqot. 3.Go’dakda muloqot qo’lamining kengayishi va nutqning vujudga kelishi. FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR: 1. Jalilova S.X., Aripova S.M. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi (o’quv qo’llanma). Toshkent: «Faylasuflar» nashriyoti, 2017. — 496 b 2. Nishonova Z., Alimova G. Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi. Adabiyot nashriyoti. T., 2006y. 3. Otavaliyeva O’. Bolalar psixologiyasi. (O’quv qo’llanma).1-2qism. Samarqand, 2003yil. 4.G’oziyev E. Ontogenez psixologiyasi. Toshkent. Noshir. 2010.-360 b. TEST SAVOLLARI 1.Bola bir oyga to’lgach o’zini parvarish qilayotgan odamga intiladigan, talpinadigan bo’ladi va buning misoli tariqasida uning kishilar orasidan "o’z" kishisini tanishi va ajratishini aytish mumkin. Ushbu holatni olimlar nima deb nomlagan? A. Reaksiya B.Adaptatsiya C. Jonlanish* D. Javob 2. Chaqaloqlar bir oyga to’lgach o’zini parvarish qilayotgan odamga intiladigan, talpinadigan holatni “ jonlanish” deb baholagan va o’rgangan olimlarni belgilang? A. Uruntayeva va Afonkina B. N.L.Figurin va M.P.Denisova* C. Ushenskiy va Davletshin D.Leontev va Miyasishchev 3. Bolaning tashqi ta’sirga javob bildirishini tadqiq qilib, unda odamlar va jismlarga munosabat bir xilligini ta’kidlagan olim? A. N.L.Figurin B. E.K.Kaverina * C. M.P.Denisova D. Miyasishchev 4. Katta yoshdagi odamlarning chaqaloq bilan muloqotda bo’lishi unga o’yinchoq qo’rsatishi, termulishi, erkalashi unda nimani hosil qiladi? A. tashqi ta’sirga javob reflekslarini faollashtiradi* B. tashqi ta’sirga moshlashadi C. tashqi ta’sir to’g’risida ma’lumot oladi D. onasini tanib oladi 5. Go’dakning hayotiy faoliyati nimaga bog’liq? A. o’ziq moddalarga B. katta yoshdagilarga * C. organizimini normal o’sishiga D. o’zini anglashiga 6. "Go’daklik davri" nomli asarni kim yozgan? A. D.B.Elkonin B. A.V.Yarmolenko C. Anri Vallon D. L.S.Vigotskiy* 7. M.Yu.Kistyakovskaya bir yoshgacha bolalarda kattalar bilan muloqotga kirishishning murakkablashib borishini o’rganib, bolalar psixologiyasi fani uchun eng zarur materiallar to’plagan va ularni atroflicha izohlagan. Olimaning fikricha, 3 oylikdan 6 oylikkacha bolada qanday xususiyat paydo bo’ladi? A. qo’l xarakati orqali muloqot qilish B. katta yoshdagi odamlar bilan tanlab munosabatda bo’lish* C. javob reaksiyasi D. onaga moslashish xususiyati 8. Bolaning faolligi ortishi uchun psixologik negiz nimada? A. o’sishini ta’minlovchi sub’ektiv sharoitlar yaratilishi B. o’sishini ta’minlovchi ob’ektiv sharoitlar yaratilishi C. o’sishini ta’minlovchi ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlar yaratilishi* D. jismoniy o’sishning sekinlashishi 9. Qo’zg’atuvchi 10 marta namoyon bo’lishida ko’ruv analizatorlarining yo’nalishi 86 foiz bolada saqlangan, eshituv analizatori esa 60 foiz sinaluvchilarda yo’qola boshlagan. Qo’zg’atuvchining 20 marta ta’sir ko’rsatishi natijasida ko’ruv analizatorining ta’sirlanish orientirovkasi 18 foiz bolada so’ngan, eshituv analizatori xuddi shu paytda umuman batamom so’nib bo’lgan. Ushbu ma’lumotlarni qaysi olim tadqiq qilgan? A. D.B.Elkonin B. G.L.Rozengart-Pupko C. F.I.Fradkina D. Z.I.Barabanova * 10. Inson zotining bir yoshgacha davrini qanday davr deb atash mumkin? A. harakatsiz davr B. nutqgacha davr * C. ongsiz davr D. jismoniy o’sish davri Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling