Maktabgacha ta'lim metodikasi kafеdrasi bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi
Download 1.25 Mb.
|
Bolalar psix. majmua 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ish topshiriqlari: Bolada maxsus qobiliyatlarning rivojlanishi Tavsiya etiladigan adabiyotlar 1
- 20- mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda individual xususiyatlarning rivojlanishi.2soat Dars o’quv maqsadi
- Asosiyo’quvmatеrialiqisqachabayoni.
Nazorat savol va topshiriqlari
1.Shaxs haqida umumiy tushuncha? 2.Bog’cha yoshidagi bolalarda ehtiyoj va qiziqishlarning tarkib topishi to’g’risida fikringizni bildiring? 3.Bog’cha yoshidagi bolalarda qobiliyat va iste’dodlarning shakllanishi haqida fikringiz? Mustaqil ish topshiriqlari: Bolada maxsus qobiliyatlarning rivojlanishi Tavsiya etiladigan adabiyotlar 1. «Psixologiya» E. Goziеv. Toshkеnt «Oqituvchi» 1994 y. 2. «Maktabgacha tarbiya psixologiyasi» M.Voxidov. Toshkеnt «O’qituvchi» 1996y. 3. «Psixologiya» F.I. Gonobolin. Toshkеnt «O’qituvchi» . 4. “Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish mеtodikasi”.Z. Nishonova, G. Alimova. Toshkеnt “O’zbеkiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi. 2006 y 20- mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda individual xususiyatlarning rivojlanishi.2soat Dars o’quv maqsadi: Talabalarga maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda individual xususiyatlarining rivojlanishi to’g’risida bilimlar berish. Tushunchalar va tayanch iboralar: Individ, individuallik, shaxs, temperament, xolerik, sangivinik, flegmatik, melanxolik, xarakter. Asosiy savollar: 1.Bog’cha yoshidagi bolalarda temperamentning xususiyatlarining namayon bo’lishi. 2.Bog’cha yoshidagi bolalarning xarakter xususiyatlari. Asosiyo’quvmatеrialiqisqachabayoni.Odamlar qadim zamonlardan boshlab bir-birlaridan o`zlarining temperamentlari bilan ham, ya`ni hissiyot va turli harakatlarning qanchalik tez qo`zg`alishi, qanchalik uzoq davom etishi bilan ham farqlanib kelganlar. Odamlar o`rtasidagi ana shu farqni birinchi marta batavsil o`rganib, ma`lum bir ta`limot sifatiga solib bergan kishi qadimgi yunon vrachi Gippokrat bo`lgan. Gippokrat ta`limotiga ko`ra, barcha odamlarni 4 xil temperament turiga bo`lish mumkin: xolerik, sangivinik, melanxolik va felegmatik. Bu yerda temperamentning o`zi nima degan savoil tug`iladi. Temperament lotincha < Gippokrat 4 xil temperament turiga kiruvchi odamlarning ko`zga tashlanib turuvchi hususiyatlarini quyidagicha tushuntirib bergan. Xolerik temperamentiga ega bo`lgan odamning xissiyotlari tez qo`zg`aladigan, uzoq muddatgacha davom etadigan, tez va keskin harakatli bo`ladi. Bundan tashqari, xolerik temperamentidagi odam juda ko`p ishlaydigan g`ayrati zo`r, juda ko`p narsalarga qiziqadigan, tinib-tinchimaydigan odam bo`ladi. Sangivinik temperamentiga ega bo`lgan odamning ham hissiyotlari tez qo`zg`aladigan, lekin tez almashinib turadigan, serharakat bo`ladi. Sangivinik jo`shqin, serharakat, har narsadan tez tasirlanuvchi, har bir ishga tez va g`ayrat bilan kirishuvchan bo`ladilar, lekin ishdan tez zerikuvchan bo`ladilar. Bir qancha ishni bo`yinlariga oladilar, lekin tez oxirigacha yetkazmaydilaz tez qaytadilar. Melanxolik temperamentdagi odam xissiyotlarining juda sekin qo`zg`alishi, lekin kuchli bo`lishi va uzoq davom etishi hamda sustkashligi bilan farq qiladi. Flegmatik tempramentdagi odam hissiyotlarining sekin va bilinear-bilinmas qo`zg`alishi nihoyatda kam harakatchanligi bilan harakterlanadi. Flegmatik temperamentdagi odamda hissiyot sekin, kuchsiz sust qo`zxg`aladi bu xil odamlar nixoyat og`ir, bosiq salmoqli bo`ladi, boshlagan ishini davom ettiradilar. Gippkratning ana shu 4 xil temperament turiga bergan harakteristikasi va har bir temperamentning nomlari hozirgi kunda ham saqlanib qolgan. Lekin odamlarning u yoki bu temperament turiga kirishlari Gippokratning fikricha, odamlarning organizmidagi suyuqliklar miqdorining (qon, safro, qora safro, shilimshiq modda) nisbatiga, ya`ni bulardan qaysi biri ustun chiqishiga bog`liqdir. Temperamentning moxiyatini birinchi marta ilmiy asosda I. P. Pavlov tushuntirib bergan. I.P. Pavlovning ta`limotiga ko`ra temperament oily nerv faoliyatining uch xil hususiyati bilan bog`liqdir. Ulardan birinchisi- nerv sistemasining kuchi bo`yicha, ikkinchisi- qozg`alish va to`rmozlanish jarayonlarining muvozanatlashgan yoki muvozanatlashmagani (ya`ni birinchining ikkinchisidan ustunligi yoki zayifligi) bilan, va nixoyat, uchunchisi- qo`zg`alish qo`zg`alish va to`rmozlanish jarayonlarining qanchalik tez hosil bo`lishi (harakatchanligi) bilan bog`liqdir. I.P. Pavlovning talimotiga ko`ra temperament turlarini quyadigicha harakterlash mumkin. Xolerik temperamentidagi odam kuchli, muvozanatlashmagan (tormozlanishga qaraganda qo`zg`alish ustunlik qiladi) va harakatchan bo`ladi. Sangivinik temperamentdagi odam kuchli, muvozanatlashgan (ya`ni qo`zg`alish va to`rmozlanish jarayonlari bir-biriga mos) va harakatchan bo`ladi. Flegmatik temperamentdagi odam kuchli, muvozanatlashgan, lekin nihoyatda harakatsiz bo`ladi. Melanxolik ham o`ziga hos hususiyatlarga ega bo`ladi. Shu narsani takidlab o`tish kerakki, ana shu temperament turlari sof xolda, ya`ni sof xolerik, sof flegmatik tarzida deyarli uchramaydi. Ko`pchilik odamlar aralashgan temperament turiga ega boladilar. Odamlarni qaysi xildagi temperamentning hususiyatlari ortiqroq namoyon bo`lsa, shunga qarab u yoki bu temperament turiga ega bo`lamiz. Masalan, juda tinib-tinchimagan, serharakat, serg`ayrat, xamma narsalar bilan qiziqadigan bo`lsa, xolerik temperamentidagi; juda beparvo, beg`am, kam harakat, sustkash bo`lsa flegmatik temperamentidagiodam deymiz. Ana shu 4 xil temperament turning birini yaxshi, birini yomon deb bo`lmaydi. Har bir temperamentning o`z ijobiy va salbiy tomonlari bo`ladi. Masalan, xolerik temperamentidagi odamning salbiy tomonlari shundan iboratki, unda tormazlanish jarayoni sust bo`ladi, ayrim nojo`ya yoki unga taaluqli bo`lmagan harakatlardan o`zini tiyib tura olmaydi. Flegmatik tempramentidagi odam juda sustkash, beparvo bo`ladi. Xolerik tempramentidagi odamning ijobiy xislatlari uning kuchliligida, serxarakat, g`ayratli, qat`iyligida namoyon bo`ladi. Flegmatik temperamentidagi odamning ijobiy fazilatlari uning kuchliligida (albatta nerv sistemasi kuchliligida), vazminligida namoyon bo`ladi. Odamning temperament hususiyatlari oliy nerv faoliyatining tiplari bilan bog`liq bo`lgani uchun odamga tug`ma ravishda, ya`ni nasliy yo`l bilan beriladi. Lekin bundan temperament hususiyatlari o`zgarmas narsa bo`ladi degan ma`no kelib chiqmaydi. Odamning u yoki bu temperament hususiyatlari yosh ulag`ayishi, yashash sharoitining vat a`lim-tarbiyaning tasiri natijasida o`zgarishi mumkin. Bolalarning ijobiy temperament hususiyatlarini yoshlikdan boshlab tarbiyalab borishi kerak. Buning uchun albatta dastavval u yoki bu bolaning qaysi temperament turiga taaluqli ekanini to`g`ri aniqlash lozim bo`ladi. Bolalarning temperament hususiyatlari ularning hatti- harakatlarida nomoyon bo`ladi. Bog`cha yoshidagi bolalarning tempramentlariga oid hususiyatlari ularning o`yin faoliyatlarida nomoyn bo`ladi. Xolerik tempramentdagi bolalar harakatli o`yinlarni yoqtirsalar, flegmatik temperamentdagi bolalar bir joyda o`tirib, o`yinchoqlar bilan o`ynashni yoqtiradilar. Ayrim hollarda bog`cha yoshidagi bolalarning qaysi bir temperament turiga kirishlarini aniqlash qiyin bo`lib qolsa, maxsus o`yinlar tashkil qilish orqali ularning temperament hususiyatlari aniqlanadi. Masalan, shunday o`yin tashkil qilish mumkin: guruh honasining har ikki tommoniga bittadan stol qo`yib, stollardan birining ustiga 20 tacha kichik kubikchalar va bitta belkurakcha qoyiladi, bolalarga belkurakchaning ustiga ana shu kubiklardan taxlab (ustma-ust qo`yib) bir stoldan ikkinchi stolga to`kmay olib borish o`yini o`ynatiladi. Ana shu o`yinni amalgam oshirishda har bir bolaning temperament hususiyatlari yaqqol namoyon bo`ladi. Chunonchi, xolerik temperamentiga mansub bola bu ishni hammadan oldin bajaraman deb shoshib qolib, belkurakchadagi taxlangan kubiklarni sochib yuboradi, ana shu tariqa urinib yotaveradi. Melanxolik tempramentiga mansub bola esa, birinchi muvaffaqiyatsizlikka uchrashi bilan < Bog`cha yoshdagi bolalarning temprerament hususiyatlari aniqlangandan so`ng ulargas nisbatan individual munosabatda bo`lib, ayrim salbiy tomonlarini yo`qotishiga va ijobiy tomonlarini mustaxkamlashga harakat qilish lozim. Chunki temperament hususiyatlari bolalarda xarakter hislatlarining tarkib topishida juda katta axamiyatga egadir. XARAKTER VA UNING BOLALARDA TARKIB TOPISHI . Inson shaxsiy hususiyatlardan biri xarakterva uning xislatlaridir. Odamlar bir-biridan xarakter xislatlari jixatidan keskin farq qiladilar. Xarakter deb, har bir shaxsning yashash sharoiti va talim-tarbiyaning tasiri ostida tarkib topgan hamda uning tevarak-atrofdagi narsalarga, boshqa odamlarga va o`ziga bo`lgan munosabatlarida nomoyon bo`ladigan individual xususiyatlariga aytiladi. Odatda shaxsning xarakteriga doir hususiyatlarini xarakter xislatlari deb yuritiladi. Xarakter xislatlari odamning xulq atvori va hatti-harakatlarida bazan uchrab qoladigan epizodik hususiyatlari bo`lmay balki nihoyatda mustaxkam, doimiy hususiyatlari bo`ladi. Xar bir odamning xarakter xislatlari konkret tarixiy sharoitida ijtimoiy munosabatlarning taraqqiyoti bilan bog’liq xolda yuzaga kelgan. Ana shu jixatidan olganda, xar bir tarixiy davirda yashagan odamlarning ana shu davridagi ijtimoiy tuzum mafaatlari biln bog`liq bo`lgan harakter hislatlari bordir. Masalan, sinfiy jamiyatda xarakterning sinfiy hislatlari tarkib topgan. Ijtimoiy tuzum, ijtimoiy munosabatlarning o`zgarishi bilan u yoki bu sinfga xos xarakter xislatlari ham o`zgargan. Masalan, harakter hislatlarining tubdan o’zgariyatganlini mustaqil O’zbekiston misolida yaqqol kurish mumkin. Kishilarimizdan yangichan xaraktir xislatlari tarkib topa boshladi. Chunonchi, mehnatga ijobiy munosabatda bo’lish, vatan parvarlik, gumanizm, jamoatchilik, fidokorlik kabi sifatlari yuzaga kelmoqda. Ayrim xarakter xislatlari, yani prinsipsizlik, laganbardorlik, xushomadgo`ylik, takabburlik, shaxsiyatparastlik kabi hislatlar kun sayn yo`qolib bormoqda. Odatda har bir shaxsning xarakteriga xos bo`lgan xislatlar juda ko`p bo`lib, ulardan xarakterning irodaviy sifatlari (xislatlari) va xarakterning axloqiy xislatlarini ko`rsatish mumkin. Xaraterning irodaviy xislatlariga- iroda kuchi, mustaqillik, prinspiallik, qat`iylik, chidamlilik, matonat, o`zina tuta bilish kabi xislatlar kiradi. Xarakter va uning ana shu yuqorida ko`rsatib o`tilgan xislatlari odamga tug`ma ravishda berilmaydi. Masalan, yangi tug`ilgan chaqaloq bolada qanday xarakter xislatlari tarkib topishini oldindan aytib berib bo`lmaydi. Biroq ayrim olimlar xarakter va uning xislatlarini odamga tug`ma ravishda, ya`ni nasliy yo`l bilan tayyor xolda beriladigan narsa deb tushuntiradilar. Ularning fikricha, odam qanday xarakter bilan tug`ilgan bo`lsa, xuddi shunday xarakter bilan qolaveradi. Ular xarakter xislatlarini o`zgartirish mumkin emas -< Ana shuning uchun bolalarning ilk yoshlik davrlaridan boshlab, ularning harakter hislatlarini jiddiy etibor bilan tarkib toptirib borish lozim. Xarakter xislatlarini tarkib toptirishda ibratning ro`li g`oyat kattadir. Bolalar o`z tabiatlari jixatidan g`oyat taqlidchan bo`ladilar. Ularning shu hususiyatlaridan foydalanish lozim. Tarbiyachi va ota- onalarning o`zlari har jixatdan namuna bo`lishlaridan tashqari, bolalarga turli ibratli kitobchalar o`qib berish, ajoyib, oliyjanob odamlar haqida suxbatlar o`tkazish katta axamiyatga egadir. Shunday qilib hozirgi kunda o`sib kelayotgan yosh avlodda xarakter xislatlarini tarkib toptirish naqadar masuliyatli ish ekanini har bir tarbiyachi va har bir ota- ona doim sezib turishi kerak. Jamiyatimizning kelajagi yoshlarga bog`liq ekan, ana shu yoshlarda xarakterning ijobiy xislatlarini, ya`ni axloq kodeksiga to`la mos keladigan xislatlarni tarbiyalash zamonimizning birinchi darajali vazifasidir. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling