Maktabgacha ta’lim metodikasi


Download 14.4 Kb.
Sana23.09.2023
Hajmi14.4 Kb.
#1685719
Bog'liq
Tashqi taqriz.


Toshkent amaliy fanlar universiteti “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsenti, PhD X.I.Yusupova va katta o`qituvchi, PhD S.Ch.Muratovalar tomonidan tayyorlangan “Maktabgacha pedagogika” fan Dasturi va Sillabusiga

T A Q R I Z


Ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘quvchi-tarbiyachi bilish faoliyatini yo‘lga qo‘yish muhimdir. Mustaqil O’zbekiston Respublikasining kelajagi ko’p jihatdan yosh avlodning qanday tarbiyalanishiga bog’liqdir. Bu o’z navbatida ta’lim tizimining samarali va serqirra usullarini belgilash va ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarni boshlang’ich maktab ta’limiga talab darajasida tayyorlash muammosini ijobiy hal etish vazifasini qo’ymoqda.
Har tomonlama bilimli, yetuk yoshlarni tarbiyalash butun jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy va ma`rifiy, madaniy sohalarda amalga oshirilgan islohotlar ta`limni va kadrlarni tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash hamda rivojlantirishni talab etmoqda.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi talabalarga tug‘ilgandan to yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarga har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlari hamda maktabgacha ta’lim muassasasi sharoitida ta’lim-tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, shakl, metod va vositalar hamda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan.
Fan dasturi va sillabusining ijobiy tomonlari shundan iboratki, uni talabalarga o‘qitishda bola ta’lim-tarbiyasi va rivojlanish bosqichlari, ta‘lim tashkilotlarida tarbiyaning nafaqat ijobiy balki zamonaviy talablari hamda ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarning mavzularining uyg’unligi talabalarga beriladigan bilimlarda samaradorligiga erishiladi.
“Maktabgacha pedagogika” fani mavzulari asosidagi dastur va sillabus zamon talablariga va Davlat ta`lim standartiga javob beradi hamda undan ta`lim jarayonida foydalanish tavsiya etiladi.

Toshkent amaliy fanlar universiteti
Pedagogika kafedrasi professor v.b.,
p.f.n. M.K.Xashimova
Download 14.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling