Maktabgacha ta’lim muassasalari psixologik xizmat tashkillashtirish


O ’rta guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari


Download 456.96 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi456.96 Kb.
#1583720
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI PSIXOLOGIK XIZMAT TASHKILLASHTIRISH.

O ’rta guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari. O‘rta guruhda bolalarga tanish bo‘lgan qismlarni (kubik, g‘ishtcha, plastilin) nomlash bilan birga, uni bir-biridan farqlashga ham o‘rgatiladi. Bolalar qurilmalarni mustaqil tahlil qilishni o‘rganadilar: uning asosiy qismlarini ajratish, uni katta kichikligi, tuzilishini farqlash, narsalarni qanday joylashganligini o‘rganadilar. Bolalar kichik guruhda tarbiyachini namunasi asosida ko‘rgan bo‘lsalar, o‘rta guruhda esa, mavzuni nomlanishi, o‘zlari o‘ylaganlari bo‘yicha quradilar. Shuning uchun bolalar diqqati qurilmani oldindan rejalashtirib, unga kerakli bo‘lgan shakllarni tanlashga qaratiladi. O‘rta guruhda qurish yasash predmetlarini farqlash, ularni xususiyati bilan tanishish, shu xususiyatiga asoslanib predmetlarni guruhlarga ajratishni o‘rganadilar.
Qurilmalarni qurish ishning ketma-ketligini rejalashtirishga bolalarni oldindan qismlarni shakliga, katta-kichikligiga va mustahkamligiga qarab tanlashga o‘rgatilib boriladi. Bularni qurish jarayonida bolalar silindr nomini to‘g‘ri aytishga uni o‘z o‘rnida to‘g‘ri foydalanishga o‘rganadilar.
Bolalarning har bir konstruksiyasini o‘zlashtirib olishlari uchun bir necha mashg‘ulot o‘tkaziladi. Birinchisida bolalar namunaga qarab qurishga o‘rganadilar, keyingi mashg‘ulotlarda esa, bu namunani o‘zlari mustaqil xal qilishga ya’ni konstruktiv masalani xal qilishga o‘rganadilar. Masalan: bolalar namuna asosida ko‘proq, qurishni o‘rganib olishgach, masalan, ko‘prikning tayanch qismini, ko‘prik qurilamlarini va mashinalar uchun plastik qismi, ya’ni tushuvchi qismini bilib olishgach, uni qurish uchun qanday qismlardan foydalanish kerakliginio‘rgatish orqali bolalarga shu usulda ko‘prik, ammo baland yoki keng ko‘prik qurish tavsiya etiladi. Keyinchalik, bolalar o‘zlarida bor bo‘lgan qurilish materiallaridan keng foydalanib, o‘zlari yangi ko‘prik konstruksiyasini o‘ylab topadilar. Tarbiyachining rahbarligida bolalar bitta konstruksiyani bir necha murakkablashgan ko‘rinishlarda qurishga o‘rganadilar. Bu esa bolalarda qurishning turli yo‘llari haqidagi tasavvurlarini shakllantiradi, fikrlash qobiliyatlarini o‘stiradi.
Yilning ikkinchi yarmidan boshlab bolalarga yuqoridagi vazifalardan tashqari, bolalarga o‘z ixtiyorlari bo‘yicha qurish yasashlar beriladi. Bu ixtiyoriy qurish mashg‘ulotlari davomida bolalar qurish bo‘yicha olgan bilim malakalari rivojlanadi, mustaqillik va tashabbuskorliklar o‘sadi. O‘z maqsadlarini va qurish yasash ishlarida amalga oshirish o‘quvlari shakllanadi. Mashg‘ulotlarini uyushtirganda turli-tuman mayda o‘yinchoqlardan (odamlar, hayvonlar, o‘simliklar, transport) foydalanadilar. Bu esa bolalar qurilish o‘yinlarini yanada boyitadi, uni maqsad sari yo‘naltiradi va o‘yin faoliyatlarini yanada rivojlanishiga olib keladi.

Download 456.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling