Maktabgacha ta’lim muassasalarida axloqiy tarbiyaning o’rni va olib borilishi


Download 20.09 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi20.09 Kb.
#1192944
Bog'liq
TEZIS SITORA BAXRIYEVA


MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA AXLOQIY
TARBIYANING O’RNI VA OLIB BORILISHI
Baxriyeva Sitora Akramovna
Nordik xalqaro universiteti
Maktabgacha ta’lim fakulteti
Email: tora.yahoo.com.
Telefon raqam:

ANNOTATSIYALAR: Bu tezisda ota-onaning bola tarbiyasidagi o’rni, maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanayotgan bolalarni axloqiy tarbiya turlari va medotlari xaqida bayon etiladi.


KALIT SO’ZLAR; Axloq, tarbiya, ta’lim, muassasa, odob, metod, bolalar, maktab.
KIRISH
Siz odob axloq haqida bog’chada maktabda televideniya matbuotda eshitgansiz. Axloq o’zi nima Nimaga keng miqyosli, keng qamrovli U shunchalik zarur narsami ‘ Axloq’ [lotincha-xulq-atvor] ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, ijtimoiy shakllaridan biri bo’lib ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir. Barkamol avlodni odob-axloq, ta’lim tarbiya fazilatlari bilan voyaga yetkazishdir. Qadim zamonlardan beri faylasuflar, olimlar, ota-onalar, yozuvchilar va o’qtuvchilar kelajak avlodni axloqiy tarbiyalash masalasiga qiziqishgan. Doimiy ravishda tobora yangi tavsiyalar ishlab chiqilmoqda, ularning maqsadi odob-axloq darajasini ko’tarishdir.

Odob axloq tarbiyasi avvalo oiladan boshlanadi. Avvalo ota-ona farzandiga o’rnak bo’lishi kerak. Odobsizlik va axloqsizlik namunalarini farzandlariga aslo kursatmasligi kerak. Chunki farzandning ko’zida dunyodagi eng ulug’ odam uning ota-onasi bo’ladi. Ota-ona uchun farzandiga meros qoldiradigan eng qimmatli narsa bu odob va axloq tarbiyasidir. Maktabgacha ta’lim muassasalari va ota-onalar birgalikda harakat qilish orqali ajoyib natijalarga erishishlari mumkin. Bolaning bog’cha va maktabda olayotgan bilimlarini, aqliy qiziqishlarini hisobga olganimizdagina oilaviy tarbiya ishi samaradorligini ta’minlashimiz mumkin. Bolalardagi yomon odatlarni oldini olish,jamiyatda qabul qilingan ma’daniy axloqiy meyorlarini turli animatsiyalar,o’yinlar,rasmlar bilan mashg’ulotlar olib borish maqsadga muvofiqdir. Axloqiy fazilatlarni shakllantirish uchun ham bir qancha yondoshuvlar qo’llaniladi.Har qanday yondoshuv uning shakllarining butun majmuasiga ya’ni; vatanparvarlik tuyg’ulari,shaxsiy fazilatlari,jamoadagi munosabatlariga ta’sir qiladi .


Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalardagi tarbiyaning asosiy turlari va vazifalari;

  1. Axloqiy tarbiya - Ijtimoiy axloqiy me’yorlar xabardor etish axloqiy ongni shakllantirish

  2. Aqliy tarbiya - bolalarda ilm fan va texnika, texnologiya va erishayotgan yutuq va kashfiyotlardan boxabar etish,ijtimoiy bilimlarni berish orqali taffakkur va dunyo qarashini shakllantirish.

  3. Mexnat tarbiyasi – tashkil etishda mehnatning quyidagi turlaridan foydalanadi ; o’quv mehnati, ijtimoiy – foydali mehnat, o’z –o’ziga xizmat ko’rsatish mehnati.

  4. Jismoniy tarbiya – bolalardagi barcha tana a’zolarni tabiiy sog’lom o’sishini ta’minlash, gigiyena amallariga rioya qilish.

  5. Huquqiy tarbiya – shaxslar huquq va burchlaridan to’g’ri foydalana olishlari va erkin fikr yuritish, fikrni erkin bayon eta olishi, huquqlarini burchlaridan ajrata olish ko’nikmalarini rivojlantiradi.

  6. Estetik tarbiya – estetik his tuyg’u, estetit didni shakllantirish ularda estetik qobiliyatni rivojlantirish estetik madaniyatni rivojlantiradi.

  7. Ekologik tarbiya – tabiatni asrash undan oqilona foydalanish ekologik ta’lim tarbiyani uzluksiz o’rgatish tabiatga bolalarda mehrni uygotish jarayonlarini olib borish.

Ta’lim muassasalarida metodlardan xam foydalanishda bolaning axloq-odob, ta’lim tarbiya tushunchalarini rivojlantirishda yaxshi samara beradi. Tarbiya metodi [yunoncha-metodis-yo’l]-tarbiya maqsadiga erishishning yo’li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi,tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullari.Ta’limning amaliy metodlari; o’qitishning og’zaki va kursatmali metodlari bilan uzviy birlikdaqo’llanadi. Ta’limning amaliy usullariga yozma mashqlar tajriba – laboratoriya tipidagi mashqlar,mehnat topshiriqlarini bajarish usullsri kiradi. Tarbiya metodlari so’z orqali ifodalash amaliy metodi, namuna metodi, rag’batlantirish va ko’rgazmali metodi. Axloqiy tarbiya metodlari - bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarini egallab olishiga, ularda ma’daniy xulq va ijobiy munosabatlarni ,shaxsning axloqiy xis tuyg’ulari va sifatlarini tarbiyalshga qaratilgan faoliyat xisoblanadi.

Odob – bu qalbni yomon so’zlardan va nojo’ya xulqdan saqlay olish, o’zini va o’zgalarni xam xurmat qila bilishdadir.



  1. NAVOIY

Foydalanilgan adabiyotlar.



  1. ABDULLA SHER DARSLIK AXLOQSHUNOSLIK




Download 20.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling