Мактабгача таълим муассасаларида бошқарув фаолияти алгоритми


Download 32.93 Kb.
bet1/4
Sana17.10.2023
Hajmi32.93 Kb.
#1706042
  1   2   3   4
Bog'liq
MAKTABGACHA TA\'LIMNI BAHOLASH




21.18 guruh talabasi Aliyeva Rayxona
MAKTABGACHA TA'LIMDA BAHOLASH MAVZUSIDA TAQDIMOT YARATISH
REJA:


I. Kirish
II. Asosiy qism.Maktabgacha ta`lim muassasalarida boshqaruv faoliyati algoritmi
2.1. Maktabgacha ta`lim muassasalarida boshqaruv tizimi
2.2. Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida qaror va uning ahamiyati
2.3.Maktabgacha ta`lim baholash.
2.4. Boshqaruv usullari.
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar



«O‘tgan davr mobaynida sog‘lom va har tomonlama rivojlangan o‘sib kelayotgan avlodning shakllanishini ta'minlashga qaratilgan samarali maktabgacha ta'lim tizimini tashkil qilish bo‘yicha kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi va shu bilan birga, mavjud tizimli kamchiliklar maktabgacha ta'lim sohasida davlat siyosatini to‘liq amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda», — deyilgan qaror matnida va kamchiliklar birma bir sanab berilgan.


Maktabgacha ta'limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o‘quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta'lim muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha ta'lim sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilgan.
Qarorga ko‘ra belgilab qo‘yilmoqdaki, 2018 yil 1 yanvardan boshlab Toshkent, Nukus shaharlarida, viloyatlar markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutgan holda yangi maktabgacha ta'lim muassasalari tashkil etiladi:

  • zamonaviy ijtimoiy-hammabop maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish maqsadida investorlarga yer uchastkalari, bo‘sh turgan binolar, shu jumladan, faoliyat yuritmayotgan va tarbiyalanuvchilar soni kam bo‘lgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalarini beg‘araz ajratish;

  • investorlarga maktabgacha ta'lim muassasalarini, ayniqsa shunday muassasalarga yuqori ehtiyoj mavjud va infratuzilmasi rivojlanmagan hududlarda tashkil etish uchun zarur bo‘lgan soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalarni, shuningdek, imtiyozli kreditlarni taqdim etish imkoniyati;

  • investorlar tomonidan vakolatli davlat organlari bilan 50 yil muddatga tuziladigan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv asosida loyihani amalga oshirish;

  • investorlar tomonidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvda nazarda tutilgan shartlarga, maktabgacha ta'lim sohasidagi davlat talablariga, sanitariya-gigiyena normalariga qat'iy rioya etish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yo‘nalishini saqlab qolish bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilish, shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasalari xizmati narxining ijtimoiy hammabopligini ta'minlash;

  • davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv shartlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda ularni bekor qilish mexanizmlari.

 Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga tadbirkorlik sub'yektlari bilan sifat talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruxsat berilsin.
Qarorga ko‘ra, maktabgacha ta'lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) tashkil etilmoqda va quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilanmoqda:

  • maktabgacha ta'lim sohasidagi qonunchilikni undagi bo‘shliqlarni, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi normalarni aniqlash nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilish va tahlil etish;

  • maktabgacha ta'lim sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirishga, shu jumladan, zarur infratuzilmani yaratishga, xodimlarning mehnatini moddiy rag‘batlantirishga, pedagogik kadrlarni sifatli tayyorlash va malakasini oshirishga, shuningdek, maktabgacha ta'limning xususiy sektorini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks o‘rganish;

  • maktabgacha yoshdagi bolalarni uyg‘un rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda sifatli maktabgacha ta'limni tashkil etishga davlat talablarini qayta ko‘rib chiqish;

  • maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qabul qilishning amaldagi tartibini, vakolatli davlat organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi holatini tanqidiy o‘rganish;

  • mavjud amaliyot va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish, ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

  • maktabgacha ta'lim muassasalarini o‘quv-tarbiyaviy adabiyotlar bilan ta'minlash tizimini tahlil qilish;

  • maktabgacha ta'lim muassasalarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash tartibini o‘rganish hamda sifat talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlar yetkazib berishning shaffof hamda soddalashtirilgan tizimini yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

  • maktabgacha ta'lim sohasida qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish.


Download 32.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling