Maktabgacha ta'lim muassasalarida loydan buyum yasashga o'rgatish kichik guruhda loydan buyum yasashga o'rgatish
Ikkinchi kichik guruhda loydan buyum yasashga o'rgatish
Download 36.81 Kb.
|
bmi mavzu loy va aplikatsiya
Ikkinchi kichik guruhda loydan buyum yasashga o'rgatish. Ikkinchi kichik guruh bolalari loy ishlariga nisbatan ancha tayyor bo'ladilar. Ularning ko'pchiligi loy ishlari, loy va uning xususiyati bilan tanish bo'ladilar. Loydan narsalar yasashning oddiy texnik usullarini biladilar. Lekin shu bilan birga, bu guruhda bolalar hali qo'l harakatlari, shuningdek, o'ylagan fikrlarini ro'yobga chiqarishda qat'iylik bo'lmaydi. Loy bilan ishlashda malakaviy texnik ko'nikmalar yetarli rivojlanmagan bo'ladi. Shu
sababli bu guruhda tarbiyachi bolalar egallagan tasviriy uquv va malakani mustahkamlash ustida ishlashadi. Bu guruhda bolalarni loy ishlariga o'rgatish vazifalari 1 yarim yillik qilib berilgan. Bu vazifalarga quyidagilarni kiritish mumkin: bolalarda loydan narsalar yasash xohishini uyg'otishni, shu bilan bog'liq ravishda, estetik sezgilarini o'stirish loy bilan ishlash vaqtida diqqatlarini predmetning shakliga va katta-kichikligiga tortishga yoki qaratishga o'rgatish va shu kabilar. Bolalarni oddiy predmetlarni, masalan, tayoqcha, qalamchalar yasashga o'rgatiladi, bu predmetlarni yasash jarayonida bolalar ikkala kaft, qo'l barmoqlari bilan ishlashga o'rganadilar. So'ng asta-sekin bolalar bilan keyingi bosqichga o'tiladi, bunda bolalar o'zlariga tanish bo'lgan predmetni o'zgartirib, boshqasini yasashga o'rganadilar. Masalan, tayoqchani buklab, halqacha hosil qilish yoki tanish predmetlarni yasashda qo'l kaftlari bilan ishlashdan, qo'l barmoqlari bilan ishlashga o'tadilar, shu bilan birgalikda, loy bilan ishlash qoidalariga o'rganib boradilar: stolni va o'z kiyimini iflos qilmaslik, loy bilan ishlaganda yengni shimarib olish, doskacha ustida ishlash, ishdan so'ng qo'lni yuvish va hokazo. Bolalar halqacha va tayoqchasimon predmetlarni yasashni o'zlashtirib olishgach, dumaloq shakldagi predmetlarni yasashga o'rgana boshlaydilar, ya'ni loy bo'lagini qo'l kaftlari orasida dumaloq yoki aylanaviy harakat qilishga o'rgatiladi. Masalan, shar, olma, apelsin, olcha, koptok. Bolalar disksimon predmetlarni yasashga o'rganadilar, ya'ni oldin loyni ikki kaft orasida sharsimon shaklga kiritib, so'ng ikki kafti orasida yapaloqlaydilar. Download 36.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling